Okeaniyada kokos palmazori.
Ko‘tarilmalar oraligida chuqur (4 km dan 7 km gacha) soyliklar joylashgan. Soyliklarning yuzasi tekis bo‘lib, ustini g‘ovak cho‘kindilar qoplagan bazaltdan tuzilgan. Bunday tipdagi soyliklar okean plitalari yoki talasso sineklizalar deb ataladi.
Tinch okean platformasining yuzasini chuqur yoriqlar kesib o‘tgan, eng serharakat va vulkan faoliyati aktiv erlar ana shu yoriqlar bilan bog‘liqdir.
Erning eng katta okeani o‘rtasida, tropiklar oraligida joylashgan bu orollar iqlimi issiq va sernam, fasliy hamda sutkalik temperaturalar farqi kam. YOg‘inlarning taqsimlanishiga yonbag‘irlarning hukmron bo‘lgan passat shamollariga nisbatan qanday joylashganligi katta ta’sir ko‘rsatadi: tog‘larning passat shamollariga ro‘para yonbag‘irlariga yog‘in ayniqsa ko‘p tushadi.
G‘arbiy Okeaniya umuman olganda SHarqiy Okeaniyaga qaraganda ancha sernam; sharqda shamolga ro‘para va unga teskari yonbag‘irlarning nam olishidagi farq ko‘zga keskin tashlanadi. Tinch okeanning ekvatoryoni rayonlarida siklonlar paydo bo‘ladi, jala yomg‘irlar, dovullar, quyunlar ana shu siklonlar bilan bog‘liq.
Okeaniyaning orollardan iborat ekanligi organik dunyosining umuman kambag‘alligiga va juda endemikligiga sabab bo‘lgan, bu xusueiyat g‘arbdan sharqqa tomon kuchayib boradi. Masalan, Gavay orollarida o‘simlik turlarining 90% i endemik. Polineziya faunasi tarkibida yirtqichlar, sudralib yuruvchilar vasuvda quruqda yashovchilar deyarli butunlay yo‘q. Dengizdan oson uchib o‘ta oladigan qushlar ko‘proq tarqalgan.
Orollarga ko‘p hayvon va o‘simliklar keltirilgan, ularning bir qnsmi mahalliy organik dunyo bilan aralashib yovvoyilashib ketgan. Madaniy o‘simliklar va xonaki hayvonlarning ham deyarli hammasi materiklardan keltirilgan, hamma orollarda kokos palmasn tarqalgan, uning yong‘og‘ini oqimlar butun Tinch okeanga tarqatadi.
Tarixi.
Okeaniyaning eng qad. aholisi Okeaniyaga bundan 20—30 ming yillar avval Jan.-Sharqiy Osiyodan borib oʻrnashgan. Keyinroq kelgan Tarixi qabilalarning papuaslar bilan qoʻshilishidan melanezlar paydo boʻlgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida koʻchib borgan. 16-asr boshida Okeaniyada yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida boʻlgan. Yevropaliklar uzoq vaqt Okeaniyaga qiziqmadilar. Koʻpgina orollar yevropaliklarga 18- asrning 2-yarmida maʼlum boʻldi. Okeaniya orollarini dastlab Gʻarbiy Yevropa davlatlari, keyinroq AQSH egallay boshladi. Birinchi jahon urushi (1914—18)dan keyin Okeaniyada siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida Okeaniya urush harakatlari maydoniga aylandi. Okeaniyada rivojlangan davlatlarning harbiy bazalari koʻpaydi. Urushdan keyin Okeaniya xalqlarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy tus oldi. Koʻpgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |