Suv transportidagi avariyalar. Suvdagi yirik halokatlar va avariyalarning ko‘pchiligi bo‘ron, dovul, tuman, muzlar sababli, shuningdek, kapitanlar, lotsmanlar va ekipaj a’zolarining aybi bilan sodir bo‘ladi. Avariyalar ko‘pincha kemalarni loyihalashtirish va qurilishdagi yanglishish va xatoliklar tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchini muhofaza qilishning dastlabki chorasi sifatida kemaning yuqori sahnidagi kutkaruv kemachalariga olib boradigan yo‘lni eslab qolishni tavsiya qilish mumkin. CHunki halokat paytida, ayniqsa, tutun ichra va kema yonboshga qiyshayib qolganda mo‘ljal olish qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |