Havo transportidagi avariyalar. Aviatsiya halokatlari ko‘plab sabablar tufayli sodir bo‘ladi. Samolyot ayrim konstruksiyalarining buzilishi, dvigatellarning ishlamay qolishi, boshqaruv tizimi, elektr, aloqa, uchirish tizimining ishdan chiqishi, yoqilgi etishmasligi, ekipaj va yo‘lovchilar hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi uzilishlar og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Dekompressiya – bu samolyotning germetikligi buzilganda salondagi havoning siyraklashishidir. Tez dekompressiya odatda qattiq guvillash bilan boshlanadi (havo chiqib ketayotgan bo‘ladi). Salon chang va tuman bilan to‘ladi. Ko‘rinish birdan pasayadi. Odam o‘pkasidan havo tez chiqib keta boshlaydi va uni ushlab qolib bo‘lmaydi. Bir vaqtning o‘zida quloqlarda shang‘illash va ichakda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |