Radioaktiv zararlanishda evakuatsiya yo mahalliy, yo mintaqaviy tarzda, hududiy tamoyil asosida, ayrim ob’ektlar (bolalar uylari, psixonevrologik tibbiyot muassasalari, internat va h.k.)larni istisno qilgan holda o‘tkaziladi. Evakuatsiya 2 bosqichda: 1 – transportg chiqqan joydan oraliq evakuatsiya punktigacha, 2 – oraliq evakuatsiya punktidan rejadagi joylargacha o‘tkaziladi. Oraliq evakuatsiya punktida «toza transport»ga o‘tkazish amalga oshiriladi.
Kimyoviy avariyada bevosita iqtisodiyot ob’ekti yaqinida yashovchi aholi vaqt tanqisligi bois, odatda, xavfli hududdan olib chiqib ketilmaydi, aksincha panajoylarda va germetiklangan xonalarda berkinadi. Qolgan aholi evakuatsiyasi yuzaga kelgan sharoitdan kelib chiqib, asosan piyoda eng qisqa muddatlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |