Ishlab chiqarish – hududiy tamoyil favqulodda vaziyat hududidan ishchilar, xizmatchilar, talabalar, o‘quvchilarni korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini esa yashash joyidan transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Hududiy tamoyil ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini yashash joyidan mahalla qo‘mitalari orqali olib chiqishni ko‘zda tutadi.
Ayrim hollarda evakuatsiya hududiy tamoyil asosida, ya’ni evakuatsiya e’lon qilingan vaqtda bevosita aholi qaerda bo‘lsa, o‘sha erdan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |