ESLATMA YOdda tuting:Odamlarning uy sharoitida og‘ir gazlardan zaharlanishi – kanalizatsiya va hojatxonalarda to‘planib qolgan og‘ir gazlarning tashqariga chiqib ketishi yoki kanalizatsiya va hojatxonalarga odamlarning tushib ketishi oqibatida qisqa vaqt ichida ro‘y beradi. Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: -xonadonlar isitish tizimlariga tabiiy gazning ulanishida me’yoriy talablarga rioya etilmasligi;
-tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi;
- nostandar va qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanish;
- qishki isitish qurilmalarining nazoratsiz qoldirish;
- yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
-isitish uchun mo‘ljallangan pechkalar hamda mo‘rilarning soz holatda emasligi, yaxshi tozalanmaganligi va boshqalar.
- nostandart va sertifikatsiz gaz isitish asboblarini xarid qilmang va ulardan foydalanmang;
- bino xonalaridan chiqish eshiklarini har xil narsalar bilan to‘sib qo‘ymang va qulay ochilishini ta’minlang;
- o‘zboshimchalik bilan gaz maromlash punktlari (GRP) va gaz berkitgichlar (zadvishka)ga tegmang va ularga shikast etkazmang;
- er osti gaz quvurlari o‘tgan joylarda shahar va tuman gaz filiali ruxsatisiz noqonuniy ravishda binolar qurmang;
- bino va inshootlarni qayta qurish davrida gaz jumraklari va gaz quvurlarini devor orasida qoldirmang yoki ustini g‘isht va plastik materiallar bilan qoplamang;
Gaz asboblariga rezina shlang va shunga o‘xshash qo‘lbola vositalarni ulash va ochiq olovli gaz plitalaridan xonani isitish maqsadida foydalanish qat’iyan man etiladi.
E’tiborsizlik oqibatida gazdan zaharlanish fojiali oqibatlarga olib kelishi, gaz isitish asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish tufayli chiqqan yong‘in esa insonlar o‘limi hamda jamiyatga moddiy zarar etkazishi mumkin.
Tabiiy gazlardan zaharlanish va gaz isitish asboblaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishga nafaqat mavsum davomida, balki butun umr davomida e’tibor qaratmog‘imiz lozimdir.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalariga rioya qilsangiz o‘zingizni va oila a’zolaringizni gazdan zaharlanishdan va turli xil noxush hodisalardan saqlab qolgan bo‘lasiz.