Gidrodinamik avariya xavfi bo‘lganda qanday xarakat qilish kerakǵ Xalokatli suv bosishi xavfi va evakuatsiya to‘g‘risidagi xabarni olishingiz bilan belgilangan tartibda xavfli xududdan belgilangan xavfsiz joyga yoki turar joylardagi balandliklarga chiqing. O‘zingiz bilan hujjatlaringiz, pul, birinchi navbatda zarur bo‘ladigan buyumlar va 2-q kecha-kunduzlik oziq-ovqat zahirasini oling. Mol-mulkingizning olib ketolmaydigan qismini binoning chordog‘i, baland qavati, daraxt usti va h.k. joylarga olib chiqib qo‘ying.
Uydan chiqib ketishdan oldin elektr chiroqlari va gazni o‘chiring, deraza, eshik, shamollatish va boshqa tuynuklarni mahkam yoping.
Gidrodinamik avariyalar vaqtidagi toshqinda qanday harakat qilish kerakǵ To‘satdan suv bosishi xavfi paydo bo‘lganda yorish to‘lqini zarbida saqlanish uchun zudlik bilan oradagi balandlikdan joy oling, kattarok daraxtga yoki mustahkam binoning tepa qavatiga chiqib oling. Suvda bo‘lgan vaqtingizda esa yorish to‘lqini yaqinlashayotgan bo‘lsa to‘lqin asosining chuqur joyiga sho‘ng‘ing.
Suvda bo‘lgan vaqtingizda suzib yoki qo‘l ostidagi vositalar yordamida quruq joyga, yaxshisi suv bosmagan xududga etib olish mumkin bo‘lgan yo‘lga yoki damba ustiga chiqib oling.
Uyingizni suv bosgan bo‘lsa, elektr tarmog‘ini o‘chirib, uyda odamlar borligini bildirish uchun kuchduzi bo‘lsa oynadan tashqariga yorkin rangdagi matodan bayroq ilib, kechkurun bo‘lsa fonar yordamida signal bering. Ma’lumot olish radiopryomnikni avtonom tarmoq yordamida ishlatib qo‘ying. Qimmatbaho buyumlaringizni yuqori qavatlarga va chordoqqa joylashtirib qo‘ying. Oziq-ovqat va ichimlik suvi hisobini, ularning kelayotgan suv ta’siridan muhofazasini tashkil eting hamda ularni tejab ishlating.
Evakuatsiyaga tayorlanayotib, hujjatlar, birinchi navbatda zarur narsalarni, kiyim-kechak, suv o‘tkazmaydigan poyabzal, qo‘l ostida mavjud qutqaruv vositalari (havo bilan shishiriladigan to‘shaklar, yostiqlar)ni oling.
Uzingizcha mustaqil evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazmang. Bunday xarakat faqat suv bosmagan hududni qo‘rganda, sharoitning og‘irlashishi xavfi to‘g‘ilganida, tibbiy yordam zarur bo‘lganida, oziq-ovqat mahsuloti tugaganida va atrofdan yordam olishning iloji bo‘lmagan hollardagina amalga oshirilishi mumkin.
Gidrodinamik avariyadan so‘ng qanday harakat qilish kerakǵ Binoga kirishdan oldin to‘siq va devorlarning shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Xonalarni yig‘ilib qolgan gazdan xalos qilish uchun shamollating. Xonalarni to‘liq shamollatmaguncha ochiq olov manbalaridan foydalanmang, gaz ta’minoti tizimi sozligini tekshirib ko‘rishdan o‘zingizni tiying. Elektr simlari, gaz ta’minoti tizimi, ichimlik suv va maishiy chiqindi tarmoqlarining sozligini tekshiring. Ularning sozligi va ishga yaroqliligi to‘g‘risida mutaxassislar xulosa berganlaridan so‘nggina ulardan foydalanishga ruxsat etiladi. Barcha eshik va derazalarni ochib, xonalarni quriting. Suvda qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |