Evakuatsiya paytidagi xarakat. Evakuatsiyaga shaxsiy suhofaza vositalari,jumladan polietilen plyonkalardan tayorlangan plashlar, rezina etiklar, qo‘lqoplar, yopinchiqlarni tayyorlab qo‘ying. Jomadon yoki ryukzakka fasilga mos oyoq kiyimi va kiyim-kechaklaringizni, bir kunlik oziq-ovqat zaxirasi, hujjatlar, pul va boshqa zarur narsalarni joylang. Jomadon (ryukzok)ni poletilien plyonkaga o‘rang.
Evakuatsiya paytida uydan chiqishdan oldin barcha gaz va elektr asboblarini o‘chiring, tez ayniydigan mahsulotlarni chiqindi qutisiga olib tashlang. Eshikka «___ -sonli xonadonda hech kim yo‘q» yozuvini yopishtiring. Transportta o‘tirishdan oldin evakokomissiya vakili ro‘yxatidan o‘ting. Xavfsiz xududga kelgandan so‘ng dush qabul qiling, ichki va oyoq kiyimlaringizni zararsiziga almashtiring.
Gidrotexnik inshootlarda favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi asosiy sabablar va ularning salbiy oqibatlari.
Asosiy tushushchalar:
Gidrotexnik inshootlar (GTI).
GTIning funksional vazifalar bo‘yicha bo‘linishi.
GTIdagi avariya turlari va sabablari.
GTI buzilishi sabablari.
GTIdagi xarakatli avariyalar.
Zararlanish omillari va ularning o‘lcham (parametr)lari.
GTIlardagi avariya va halokatlar vaqtida sharoitni baholash va bashoratlash.
Zararni baholash tartibi.
GTIdagi avariya va halokatlarning sabablari, omillari va oqibatlari.
Bevosita zarar.
Bilvosita zarar.
Halokatli suv bosishi vaqtida sharoitni baholash tartibi.
Aholini va hududlarni xalokatli suv bosishidan muhofaza qilish tadbirlari.
GTI muhofaza tadbirlari.
Halokatli suv bosishi vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda aholining harakati.
Gidrodinamik avariya – bu gidrotexnik inshoot yoki uning bir qismi izdan chiqishi (buzilishi) va katta xududlarning boshqarib bo‘lmaydigan suv massasi ostida qolishi bilan bog‘liq favqulodda hodisadir.
Gidrotexnik inshootlarning buzilishi tabiat kuchlarining xarakati (zilzila, dovul, to‘g‘onlarning yuvib ketilishi) yoki inson ta’siri (yadroviy yoki oddiy qurol bilan gidrotexnik inshootlar, yirik tabiiy to‘g‘onlarga zarba berish), shuningdek, loyhalashdagi xatolar yoki qurilishdagi nuqsonlar tufayli yuzaga keladi.
Gidrodinamik avariyalarning oqibatlari:
- gidrouzellarning shikastlanishi va buzilishi hamda qisqa yoki uzoq vaqt davomida o‘z funksiyalarini bajara olmay qolishi;
- gidrotexnik inshootlar buzilishi natijasida yuzaga keladigan, baldligi 2 metrdan 12 metrgacha bo‘lgan va tuzligi q-25 km/s (tog‘li xududlarda 100 km/s gacha) bo‘lgan yorish tyalqinining odamlarga talafot etkazish va binolarni vayron qilishi:
- katta xududlarning 0,5-10 m va undan ko‘proq balandligidagi suv ostida qolishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |