Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 108,7 Kb.
bet4/4
Sana27.09.2021
Hajmi108,7 Kb.
#186726
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy qtt

Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.

Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).

Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.

Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.

O‘zbek tilida so‘z tarkibida tovushlarning qo‘shaloq qo‘llanishi asosan o‘zlashma so‘zlar ta’sirida paydo bo‘lgan hodisadir. Chunki o‘zbek tilidagi so‘zlar tarkibida tovushlar aksariyat hollarda unli+undosh yoki aksincha undosh+unli tarzida joylashadi. Xususan, o‘zbek adabiy tilida bir xil unlilarning yonma-yon kelishi, asosan, so‘z o‘zlashtirish orqali vujudga kelgan bo‘lib, so‘zning quyidagi o‘rinlarida uchratish mumkin:

1.So‘z o‘rtasida: manfaat, badiiy, murojaat, taajjub; 2. So‘z oxirida: mudofaa, matbaa, mutolaa.

Har xil unlilarning yonma-yon kelishi ham tilimizdagi o‘zlashma so‘zlarga xos bo‘lib, so‘zning barcha o‘rinlarida uchraydi: oila, aorta, qoida, jamoat, jamoa, qanoat kabi.

Adabiy tilda har xil va bir xil unlilarning yonma-yon ishlatilishiga nisbatan undoshlarning ana shunday qo‘llanishi kengroq tarqalgan. Masalan, bir xil undoshlarning yonma-yon kelishi o‘z va o‘zlashma so‘zlarda so‘z o‘rtasida kuzatiladi: sakkiz, ikki, ellik, chappa, to‘qqiz, o‘ttiz, sodda, mudarris, Muzaffar, Izzat, gijja, hamma kabilar. So‘z oxirida esa bu hodisa faqat o‘zlashma so‘zlarda uchraydi: progress, kilovatt, gramm, matall kabi.

Har xil undoshlarning yonma-yon kelishi: stol, spravka, shtrix, traktor kabi o‘zlashmalarda so‘z boshida; qavart, yugurt, muzey, do‘st, qand, past, baland, baxt kabi o‘z va o‘zlashma so‘zlarda esa so‘z oxirida uchraydi.

Turkiy xalqlarning yozuv madaniyati ko‘hna tarixga ega. Arab xatini qabul qilmaslaridan burun ham ajdodlarimizning bir qancha mukammal alifboli yozuvlari bo‘lgan. Ana shulardan biri hozir fanda «uyg‘ur yozuvi» deb yuritiladi. Mazkur yozuvga nisbatan qo‘llanilgan bu nom shartli bo‘lib, o‘zini to‘liq oqlamaydi. Chunki, eski yozma manbalarda u turlicha nomlar bilan tilga olingan. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk»ida uni «turkcha yozuv», «turk xati» deb ataydi. Alisher Navoiy ham uni «turk xati» nomi bilan tilga oladi. Arab-fors manbalarida «uyg‘ur xati», «mo‘g‘ul xati» degan atamalarga duch kelamiz. «Uyg‘ur xati» nomining kelib chiqishi XIX asrda Sharqiy Turkistondan ana shu yozuvda bitilgan turkiy yodgorliklarning ko‘proq topilishi bilan bog‘liq.

Bu davrda Sharqiy Turkistonga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida budda ibodatxonalari va turar joy xarobalaridan qadimgi turklarning juda ko‘p yodgorliklari topildi. Shu davrdan e’tiboran ushbu bitiklarni «qadimgi uyg‘ur yodgorliklari», xatini esa «uyg‘ur yozuvi» deb atash Yevropa sharqshunosligida rasm bo‘ldi.

Ma’lumki, ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo qadimiy xalqlaridan bo‘lgan so‘g‘dlarning qo‘shni xalqlar bilan madaniy, savdo aloqalari kuchli edi. Shu tufayli ularning oromiy alifbosiga asoslangan «so‘g‘d yozuvi» deb ataluvchi yozuvlari ham keng yoyilgan edi. So‘g‘dlar va turkiy xalqlarning madaniy aloqa-aralashuvi natijasida eramizning VI asrlarida uyg‘ur yozuvi shakllandi.

Uyg‘ur xati turkiy xalqlarning o‘tmishda qo‘llangan boshqa alifbolaridan, jumladan arab xatidan farq qiluvchi, tamoman mustaqil yozuvdir. Uyg‘ur alifbosida harflar soni ko‘p emas — jami 18 ta, turli shakllar bilan 23 tagacha boradi. Alifbodagi harflar ozligining sababi bir belgi bir qancha tovushni ifoda eta olgan. Ba’zan ularga qo‘shimcha belgilar ham orttirilgan. Turli orfografik usul va qo‘shimcha grafik vositalar yordamida tilning murakkab tovush qurilishini aks ettirishga erishilgan. Shu kabi omillar natijasida uyg‘ur xatidan turkiy xalqlar hech bir qiyinchiliksiz foydalana olganlar.

Odatda, arab yozuvida unlilar doimo ifoda etilavermagan. Uyg‘ur xatining afzalligi shundaki, unda unlilar har qachon ifoda etilgan. Yozuvning bu kabi xususiyatlari uning turkiy singarmonizm (unlilar uyg‘unligi) qonuniga bo‘ysunganligidan dalolat beradi. Undoshlarning ifodalanishida ham o‘ziga xos tomonlari bor. Unda qator harflar bir qancha undoshni ifoda etgan (b-p, t-d, k-g, q-g‘-h, s-z kabi).



Uyg'ur alifbosi

Uyg‘ur yozuvi turkiy xalqlar orasida keng qo‘llanildi. Mahmud Koshg‘ariy uning qadimiyligi va tarixda tutgan o‘rnini ta’kidlab yozadi: «Barcha hoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha, Koshg‘ardan Chingacha — hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritilgan» (Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk, 1-tom, Toshkent, 1960, 50-bet.).

X asrga kelib qoraxoniylar davlatida islom rasmiy din sifatida qabul qilindi. Natijada arab yozuvi keng ommalashdi. Bu davrga kelib har ikki yozuvdan foydalanila boshlandi. Shunisi xarakterliki, uyg‘ur xati keyingi bir qancha asr mobaynida ham asosiy yozuvlardan biri bo‘lib keldi. Mo‘g‘ullar imperiyasi davrida ham rasmiy idora ishlarida keng qo‘llanildi. U boshqa yozuvlarning shakllanishiga ham asos bo‘ldi. XIII asrda undan mo‘g‘ul yozuvi, mo‘g‘ul xatidan esa manjur yozuvi ajralib chiqdi.

Oltin O‘rda davlatida uyg‘ur xatiga e’tibor kuchli bo‘lgan. Yozuv an’anasi davom etib, XIV-XVasrlarda temuriylar o‘zlarining davlat-idora ishlarida ushbu yozuvni keng qo‘lladilar. Movarounnahr va Xuroson madaniy muhitida bu yozuvning o‘rni katta bo‘ldi.

Uyg‘ur yozuvi O‘rta Osiyoning turkiy xalqlari orasida XV asr oxirlariga qadar arab xati bilan yonma-yon qo‘llanildi. Keyingi asrdan boshlab uning o‘rnini tamoman arab yozuvi egalladi. Islom ta’siri hali to‘la yetib bormagan joylar — Turfondagi budda ibodatxonalarida XVII asrda ham undan foydalandilar.

Uyg‘ur xatidagi yodgorliklarning eng qadimgilari VI-X asrlarga mansub. Bu davrga oid budda, moniy, xristian diniy-falsafiy asarlari, yuridik hujjatlar va boshqa turdagi bitiklar bizgacha yetib kelgan. Buddizm afsona va rivoyatlaridan tashkil topgan «Oltin yorug‘» sutrasi, qadimgi turkiy adabiyotning dramatik namunasi bo‘lgan salkam 600 sahifaga yaqin «Maytri sitim» asari, moniylik mazhabining muqaddas kitobi «Xuastuanift» asari shular jumlasidandir.

XI-XVasrlarda uyg‘ur xatida bitilgan yodgorliklar ham oz emas. Bu davrda uyg‘ur va arab yozuvlari yonma-yon qo‘llangani sababli bir qator asarlar har ikki yozuvda ko‘chirilgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Xorazmiyning «Muhabbatnoma», Xo‘jandiyning «Latofatnoma», Yusuf Amiriy yozgan «Dahnoma» asarlarining har ikki yozuvdagi nusxalari bor. Turkiy xalqlar og‘zaki adabiyotining eng qadimgi namunalaridan biri «O‘g‘uznoma» dostonining eng eski varianti ham uyg‘ur xatida bizgacha yetib kelgan.

Lutfiy, Sakkokiy va boshqa bir qator klassik shoirlarimizning uyg‘ur xatida ko‘chirilgan g‘azal, qasidalari bor. Mir Haydarning «Mahzan-ul-asror» asarining uyg‘ur yozuvidagi nusxasi ma’lum. Shuningdek, «Siroj-ul-qulub», «Rohat-ul-qulub», «Me’rojnoma», «Tazkirai avliyo» kabi bir qator diniy-falsafiy, axloqiy asarlarni bilamiz.

Yuqorida uyg‘ur xati rasmiy-idora ishlarida ham qo‘llanilgani aytib o‘tildi. Bu davrdan bizgacha bir qator yorliqlar va epigrafik matnlar (toshga bitilgan yozuvlar) saqlangan. To‘xtamishxonning 1393 yilda polyak qiroli Yag‘aylaga yo‘llagan yorlig‘i, 1397 yilda yozilgan Temur Qutlug‘ yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning 1469 yilda Marg‘ilonda bitgan yorlig‘i shular qatoriga kiradi.

Uyg‘ur xatida harflar o‘rxun-enisey yozuvidagi kabi alohida-alohida emas, balki bir-biriga ulab yozilgan. Shuningdek, yozuvning turli xil shakllari bo‘lgan. Yozuvning bu xususiyati kitobatchilik ishida juda qo‘l kelgan. Ma’lumki, XIV-XVasrlar O‘rta Osiyo kitobat san’atining gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Bu davrda arab xatida g‘oyat ajoyib qo‘lyozmalar bitilganligini juda yaxshi bilamiz. Kitobatchiligimiz tarixida uyg‘ur xatining ham o‘rni kam emas. Movarounnahr va Xurosonda uyg‘ur xatidagi asarlar asosan Yazd, Hirot, Samarqand kabi madaniy markazlarda ko‘chirilgan. Bu davr madaniy muhitida maxsus uyg‘ur xatida ko‘chiruvchi kotiblar maktabi ham vujudga keldi. Bizga bunday kotiblardan bir qanchasining nomlari ma’lum. Ularni o‘sha paytlarda «baxshi» deb ataganlar. Jumladan, Yazd shahrida Mansur baxshi, Hirotda Abumalik baxshi, Hasan Qora, Sayil Shams, Samarqandda Zaynul Obidin baxshilar yashaganlar. Istambulda yashab ijod etganlardan Abdurazzoq baxshining nomi ma’lum.

Uyg‘ur xati bilan ajoyib qo‘lyozma kitoblar bitilgan, majmualar tuzilgan. Majmuaga misol qilib Yazdda 1432 yilda Mansur baxshi tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmani ko‘rsatishimiz mumkin. Unga «Rohat-ul-qulub», «Masala kitobi», «Siroj-ul-qulub» kabi nasriy asarlar, Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si, shuningdek, qo‘lyozma kotibining bir qasidasi, Lutfiyning to‘rtta g‘azali, Qambar o‘g‘lining uchta, Javhariy, Sayyid, Qosimning bittadan g‘azali va beshta to‘rtlik kiritilgan, Hoshiyada esa Rashididdin Vatvotning «Sad kalimayasidan bir qismi, undan tashqari arab xati bilan Kamol Isfahoniyning forsiy devoni ko‘chirilgan. 1480 yilda Istambulda Abdurazzoq baxshi tuzgan qo‘lyozma majmuaga «Hibat-ul-haqoyiq», «Mahzan-ul-asror» asarlari, shuningdek, Lutfiy va Sakkokiy g‘azallaridan namunalar kiritilgan.

XIV-XVasrlarga kelib O‘rta Osiyoda arab yozuvi uyg‘ur xatini tobora siqib chiqara boshladi. Natijada kotiblar uyg‘ur xatini ommaga kengroq yetkazish zaruratidan kelib chiqib, ayrim kitoblarda arab yozuvini ham qo‘shib ishlatishga majbur bo‘ldilar. Shuning uchun bu davrda uyg‘ur xati bilan ko‘chirilgan matnlar orasida har bir satr ostida arab yozuvi bilan izohlab chiqilganlarini, shuningdek, uyg‘ur xatida yozilib, ayrim o‘rinlari arab xatida yozib qo‘yilganlarini ham uchratamiz. Tarixda turli til namoyandalari talabini nazarda tutib, ikki tilda ikki xil yozuv bilan bitilgan yodgorliklar bor. Lekin uyg‘ur xatidagi kitoblarda ikkinchi yozuv turk xatidagi matnni izohlab borish, ma’lum o‘rinlarni ajratib ko‘rsatishga xizmat qilgan. Yoki baxshi o‘z davri udumiga ko‘ra ayrim satrlarni (masalan, arabcha hadis, oyat va b.) arab xatida berishni lozim topgan. Har ikki yozuv bir-biri bilan uyg‘unlashib, kitob ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan.

Uyg‘ur xatidagi qo‘lyozma kitoblar e’tiborli shaxslar tomonidan maxsus buyurtirilgan bo‘lib, ular qunt bilan tayyorlangan. Kitob sahifalari miniatyuralar, turli geometrik shakllar hamda boshqa xildagi naqshlar bilan bezatilgan. Uyg‘ur xatidagi matn esa ana shu geometrik shakllar orasiga yoki naqshlarga moslab ko‘chirilar edi. Yozuv bilan naqshlar o‘zaro uyg‘unlashib, umumiy ohangdoshlik kasb etgan. Kitobat san’atining eng go‘zal namunalari qatoriga Britaniya muzeyidagi Orient 8193 nomerli majmuani, «Hibat-ulhaqoyiq»ning Samarqand nusxasini, «Me’rojnoma» kabilarni kiritishimiz mumkin. Bu qo‘lyozma kitoblar o‘zining nafisligi, sharqonaligi, takrorlanmas bezaklari bilan ko‘rgan kishini hayratga soladi. Turk yozuvidagi kitoblarda uning xatiga alohida e’tibor berilgan. Turli siyohlar ishlatilgan. Zarur o‘rinlarda zarhal rangdan ham foydalanilar edi.

Odatda, arab xatidagi qo‘lyozmalarda asarning nomi matn orasiga kiritilgan. Bu borada turkiy xatdagi bitiklarning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ularda dastlab asarning nomini yirik harflarda ajratib yozib, undan keyin bitik ko‘chirilar edi.

Ko‘rinadiki, hozir shartli ravishda «uyg‘ur yozuvi» deb ataladigan umumturkiy yozuv ajdodlarimizning qadimiy bitigi sifatida madaniyatimiz tarixida katta o‘rin tutadi. Uyg‘ur xatida bitilgan yodgorliklarni o‘rganish sohasida amalga oshirilgandan ko‘ra amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Bu yodgorliklarning adabiyotimiz, tilimiz, xalqimiz tarixini o‘rganishdagi ahamiyatini bir so‘z bilan aytib o‘tishning o‘zi mushkul. Ularni chuqur tadqiq etish, ajdodlarimiz yaratgan bebaho merosdan .xalqimizni bahramand etmoq lozim. Bunday xayrli ishlarning amalga oshuvi fanimizning faqat yutug‘i bo‘ladi, xolos.

"OLTIN YORUQ" — buddaviylikka eʼti-qod qilgan turkiy kavmlar orasida mashhur boʻlgan qad. yozma yodgorlik. Asl nomi "Suvarnaprabxasa" boʻlib, sanskrit tilidan kad. xitoy tiliga tarjima kilingan. 10-asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qad. turkiy tilga "Oltin yoruq" nomi bilan tarjima kilgan va eski uygʻur-turk yozuvida koʻchirgan.

Oʻnta afsonani oʻz ichiga olgan "Oltin yoruq" 675 sahifadan iborat. Barcha afsonalarda ham buddaviylikning asosiy taʼlimoti ("najot topish" taʼlimoti) birinchi oʻrinda turadi. Mazmuni turlicha boʻlgan afsonalarning hammasini birlashtirib, yaxlit asar holiga keltirilishining bosh omili ham ana shu taʼlimotdir. Unda aks etgan "toʻrt oliy haqiqat" bosqichi ham Oʻrta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi.

"Oltin yoruq"ning hozirgi turkiyshunoslar koʻp foydalanadigan nusxasi 18-asrda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Osiyo muzeyida sakdanadi.

"Oltin yoruq"ni 1910 yil Sharqiy Turkistonning Xansu viloyatidagi Vunshigu qishlogʻidan SE.Maloye topgan. Uning faksimile nusxasi V.V.Radlov va SE. Malov tomonidan nashr etilgan (1913— 17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 saxifasini xitoycha asl nusxasi bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov "Oltin yoruq"ning bir kismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat "Oltin yoruq"ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish nihoyasiga yet-magan. Yana bir turk olimi Cheval qoya yuqorida eslatilgan faksimile nashr asosida "Oltin yoruq"ni toʻliq transliteratsiya qilib chop ettirdi (Anqara, 1994).

Taniqli olim Nasimxon Rahmonning qadimgi turkiydan o‘zbekchaga tabdilida “Oltun yorug‘”ning birinchi (“Fan” nashriyoti, 2009) va ikkinchi kitoblari (“Mumtoz so‘z” ­nashriyoti, 2013) chop etildi. Har qanday qadimiy kitob tabdili, unga izohlar berish murakkab ijodiy ish bo‘lib, teran bilim, mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Aytish mumkinki, Nasimxon Rahmon buning uddasidan chiqqan. “Oltun yorug‘”ning ­birinchi kitobi haqida matbuotda iliq fikrlar aytilgan edi. Tabdil muallifi mana shu tajribalardan kelib chiqqan holda matnga yanada jiddiy yondashgani ikkinchi kitobda sezilib turibdi.

“Oltun yorug‘” asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi — Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘m podshohi nomli no‘m bitigi” deya nomlangan, hozirgacha “Oltun yorug‘” deb atalib kelinadi. Asarning sanskritcha nomi “Suvarnaprabxasa”dir. “Oltun yorug‘” “oltin singari nur” demakdir. Qadimgi turk­chadagi matni 710 sahifani tashkil etadi. Xitoy tilidan Sengi Seli Tudung o‘girgan. Asar qo‘lyozmasini 1913 yili rus olimi S.Malov Xitoyning Gansu viloyati Vinshgu qishlog‘idagi bir ibodatxonadan topgan.

Insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga, komillikka da’vat qiluvchi bu asar milodiy I asrdan boshlab XVIII asrgacha xitoy, mo‘g‘ul, tibet, yapon kabi bir qator Sharq xalqlari tillariga tarjima qilingan, turkiy tilda qayta-qayta ko‘chirilgan. “Oltun yorug‘” sudurlardan tashkil topgan. “Sudur” sanskritcha so‘z bo‘lib, “pand-nasihat, o‘git” ma’nolarini bildiradi. Bu asarni qadimgi turkiydan hozirgi o‘zbek tiliga professor Nasimxon Rahmon bir necha yil davomida tabdil qilib, dastlab “O‘zbek tili va adabiyoti”da, so‘ngra jurnal variantini qayta ishlab, ikki kitob holida chop ettirdi. Har ikki kitobga taniqli tilshunos olim, professor Hamidulla Dadaboyev mas’ul muharrirlik qilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Oltun yorug‘” — umumturkologik yodgorlik, ammo jahon turkiyshunosligida mukammal tarzda, izohlar va kattagina so‘z boshi bilan ilk bor O‘zbekistonda chop etildi. Bu adabiyotimiz, umuman, madaniyatimiz tarixiga qo‘shilgan katta hissadir.

“Oltun yorug‘”ni varaqlar ekanmiz, buddaviylikning aqidalari ilk bor paydo bo‘lgan davrda, jonzotlarning hammasi ham ulug‘ va sharaflidir, degan bir o‘gitni tuyamiz. Shu o‘rinda bir dalilni alohida ta’kidlashni istar edik: buddaviylik milodiy II asrda Janubiy O‘zbekiston hududiga keng yoyilgan va qadim ajdodlarimiz ma’naviyatining kamol topishiga xizmat qilgan.

Asarning har bir satrida inson har doim yaratilgan qonun-qoidalardan og‘ishmay yashasa komildir, degan aqidaga duch kelamiz. Shu bilan birga, komillikka erishishning shartlari tangrilar tangrisi Budda xonning savollarga bergan javoblarida bayon etiladi. Bu javoblar, aytish mumkinki, “Oltun yorug‘”ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Buddaning javoblari uning yuksak insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan: jonli mavjudotlarga hech qanday zarar yetkazmaslikka va’da beraman; agar o‘z xohishi bilan bermasa, hech kimdan hech narsa olmayman; er-xotin o‘rtasidagi vafodorlikka rahna solmayman; yolg‘on gapirishdan o‘zimni tiyaman; o‘z ustimdan nazoratni yo‘qotmaslik uchun mast qiluvchi ichimliklardan va giyohvandlikdan saqlanaman; mechkaylikdan voz kechaman va garchi mumkin bo‘lsa ham ko‘p taom yemayman va hokazo.

“Oltun yorug‘”ning so‘z boshisida N.Rahmon muhim masalalarni o‘rtaga tashlagan. Shulardan biri “Avesto” va “Oltun yorug‘”ning yaratilishida miloddan oldingi 2 ming yillikda O‘rta Osiyodan Hindistonga ko‘chib borgan oriylarning roli haqidagi o‘rinli fikrlardir. U dalillarga tayangan holda “Avesto”, “Oltun yorug‘” va hindlarning “Rigveda”si aloqalari haqida dalillar keltiradi. Bu chinakam izlanish, katta ilmiy bahslarga va ajdodlarimizning jahon madaniyati va ma’naviyati ­tarixiga qo‘shgan hissasini munosib baholash uchun ham bir turtki bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Qadimgi matnlar bilan hozirgi matnlarning gap tuzilishida farqlar katta va bu tabiiy. Ammo tabdilda mazmun to‘liq yetkazilishi shart. Aks holda matn va uning mazmuni mohiyatini yo‘qotadi. N.Rahmon mutaxassis sifatida “Oltun yorug‘”ning tub mag‘zini keng ommaga yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan va bu maqsadiga erishgan, deb o‘ylaymiz. O‘zbekcha tabdilda qo‘shilgan so‘zlar shundan dalolat beradi. Tabdilni o‘qiganimizda qoqilmasdan, uzoq o‘ylanmasdan ­silliq o‘qiymiz.

“Oltun yorug‘” matni xuddi turkiy dostonlar, jumladan, o‘zbek xalq dostonlari matni kabi tuzilishga ega. Nasriy va she’riy parchalar almashinib keladi. “Oltun yorug‘”ning she’riy parchalarini N.Rahmon baholi qudrat she’riy tabdil qilgan, “madhiya”, “she’r” kabi adabiyotshunoslik terminlari qo‘llangan o‘rinlarda shu holni kuzatamiz.

Qadimgi turkiy matnlarni tabdil va boshqa tillarga tarjima qilish murakkab jarayon. Hatto V.Radlovday yirik turkiyshunos ham “Oltun yorug‘”ni olmon tiliga tarjima qilib, ammo tarjimada xatolar ko‘pligi uchun chop ettirmagan ekan. V.Radlov bunday katta asar oldida mas’uliyatni his qilgani uchun ham shunday yo‘l tutgan bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday tabdillar g‘ayrat, mehnat, maqsad va bilim orqali yuzaga keladi.

“Qadimgi turkiycha matnni aynan ag‘darish yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish bilan natijaga erishib bo‘lmaydi. Matn tayyorlash uchun o‘sha davr tilini, madaniyatini, dini va boshqa ko‘p jihatlarini, ayniqsa, zamon kishilari ruhiyatini yaxshi bilish taqozo etiladi. Matn mazmuni bugungi kitobxonga to‘laroq yetib borishi, tushunarli bo‘lishi uchun tabdilda mazmuniga qarab so‘zlar, jumlalar ­N.Rahmon tomonidan to‘ldirilgan. Bu yerda olimimiz o‘zining sohada yetuk mutaxassis ekanligini namoyish eta olgan”, deb yozadi O‘zbekis­ton xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Oltun yorug‘”ning birinchi kitobi haqidagi “Oltin yorug‘” shu’lalari” maqolasida (Muhammad Ali. Tanlangan asarlar. Ikkinchi jild. “Sharq” NAMK Bosh tahririyati, 2012). Bu fikrni quvvatlab, uni ikkinchi kitobga ham tatbiq etish mumkin. Mana, ikkinchi kitobdan bir misol: “... jamiki jonzotlarni hursand qiladigan burxonlar (alohida) ajratib olgan ish-amallari kelajak zamonlarning boshidan (va) oxiriga yetguncha butunlay yo‘qolmaydi, barham topmaydi”.



“Oltun yorug‘” faqat yozma yodgorlik bo‘lib qolmay, balki insoniyatning sog‘lom hayot kechirishi uchun yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadigan pand-nasihatlar jamlangan kitobdir. Ochko‘zlik, xudbinlik va parokandalikka olib keladigan illatlardan ham jisman, ham ruhan tiyilish insoniylikdir. G‘azabning oldini olish, ko‘ngil kirlarini ketkazib, ruhan poklanish, mushohadalilik, qonunga itoatkorlik insoniyatning bezagidir, deya uqtiriladi asarda. “Oltun yorug‘” mohiyati haqida olimlarimiz tadqiqotlar olib boradilar, kitobning ommaviy nashrlari ham yaratiladi, deb umid qilamiz. Ana shunda asarning ma’nosi, mazmuni yana ham teranroq ochiladi. Bu asar turkiy tilga tarjima qilingan ilk asarlardan biri sifatida ham adabiyotimiz tarixi uchun ahamiyatli bo‘lsa, ikkinchidan asar yaratilishida turkiy qavmlarning ham hissasi borligi haqidagi N.Rahmonning qarashlari yangi izlanishlarga asos beradi. Uchinchidan, “Oltun yorug‘” o‘sha davr madaniy muhiti haqida ham ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. Mazkur nashrlarning muvaffaqiyati yana shundaki, N.Rahmon matnni uyg‘urcha va turkcha nashrlari bilan qiyoslab, izohlar bergan.



Download 108,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish