Tuproqni radiatsiyadan nazorat qilish va uning muh’ofaza. Geografik muh’itni va tuproqni radioaktiv chiqindilardan
saqlash bugungi kunning eng muh’im muammosiga aylanib qolmoqda. Chunki keyingi yillarda atom energiyasidan tinch
maqsadda ko’proq foydalanib, juda ko’p atom elektr stantsiyalari, atom energiyasi bilan ishlovchi atom muzyorar kemalar
qurilmoqda. Ayniqsa, atom elektrostantsiyalarining salmog’i ortib bormoqda. Agar 1970 yili AESlari quvvati 22 mln. kVt bo’lsa,
1977 yili 83 mln. kVt ga etdi. Bu butun dunyoda ishlab chiqariladigan energiyaning 50% ga yaqinini tashkil etadi. Bu bir
tomondan arzon, qulay elektr energiyasi bo’lib, atmosferaga chang, tutun, zah’arli gazlarning chiqishiga chek qo’ysa, ikkinchi
tomondan, radioaktiv chiqindilarni, xususan radioaktiv shlaklarning miqdorini oshib borishiga sabab bo’ladi, binobarin, uni
saqlash muammosi vujudga keladi. Chunki chiqindilari uzoq vaqt o’z xusuiyatini saqlab turadi. Shu sababli radioaktiv
chiqindilarni qanday va qaerda saqlab, geografik muh’itga, asosan tuproqqa zarar etkazmaslik butun dunyo bo’yicha muammoga
aylanib qolmoqda.
Yaqin vaqtgacha radioaktiv chiqindilarni okeanning 7 km dan chuqur qismiga konteynerlarga solib cho’ktirilar, buning
uchun Tinch okeaning Tonga cho’kmasi tanlab olingan edi. Faqat 1967 yili 5 davlat 11 ming dona konteynerni okeanga
cho’ktirgan. Lekin so’ngi vaqtlarda olib borilgan gidrologik tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, okeanlarning eng chuqur qismida
h’am suvning vertikal va gorizontal h’arakati mavjud. Shuning uchun radioaktiv chiqindilarni okeanning chuqur qismiga
tashlash xavflidir. Chunki vaqt o’tishi bilan h’arakatdagi suv radioaktiv chiqindi solingan konteynerlarni emirib, okeanning
boshqa qismlariga, qolaversa biosferaga tarqatib yuborishi mumkin.
Ma’lumki, xozircha AES chiqindilarini beton konteynerlarga yoki temir bochkalarga solib, maxsus omborlarda radioaktiv
xususiyati yo’qogunga qadar saqlanmoqda. Bu usul birinchidan, xavfli bo’lib, materiallar evolyutsiyasi nazariyasiga ko’ra vaqt
67
o’tishi bilan beton konteynerlari yorilib, atrofni ifloslaydi, ikkinchidan, juda katta h’ududga ega bo’lgan er osti omborlari
quriladi.
Shu sababli frantsuz olimi Jon-Per-Kopron AES chiqindilarini saqlashning yagona xavfsiz yo’li bu ulardan qayta
(ikkalamchi) foydalanishga o’tishdir deb xisoblanmoqda. Bunda AES reaktorlaridan chiqqan chiqindining radioaktivlik xususiyati
qisman kamayishi uchun o’sha joyda izolyatsiyalangan h’olda bir yil saqlanadi. So’ngra uni qayta ishlaydigan zavod omboriga
olib borib yana ikki yil ushlab turilgandan so’ng mexanik yoki kimyoviy yo’l bilan izolyatsiya qobig’idan ajratib, azot kislotasi
bilan eritiladi. Eritilgan azot kislotali uran va pluton tuzi maxsus ishlovdan o’tkazilib, qattiq moddaga aylantiradi, so’ngra qayta
foydalaniladi.
AQShda radioaktiv chiqindilar grunt suvi kam bo’lgan joylarda shaxtalar qazib, unga radioaktiv chiqindilar solingan
konteynerlar joylashtirilib, bekitib quyiladi.
Sobik
İttfoqda radioaktiv chiqindilar grunt suvlari yo’q bo’lgan eski tuz shtolniylarida maxsus konteynerlarga solib
saqlanadi. So’ngi vaqitlarda slanetsli tog’ jinslaridagi yoriqlarga kuchli bosim ta’sirida radioaktiv chiqindilarni tsementga
aralashtirib xaydab joylashtirib, berkitib quyilmoqda. Bu xavfsiz bo’lib, atrof muh’itni radioaktiv ifloslanishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |