Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish va ularni ishlatish bo’yicha odamlar
bir qancha geokimyoviy jarayonlarni yaratdilar. Bu jarayoni akademik A.E. Fersman “texnogenez” termini bilan atagan.
Texnogenezning birdan-bir belgisi Er shari sirtini temir bilan boytishdir. Akademik A.E.Fersman XIX asrda metallar qazib
chiqarish qanchalik o’sganligini h’isoblab chiqdi. Uning h’isobiga qaraganda, chuyan sanoati (Fe, Mn, Mo, NiCr), elektrotexnika
va h’avoda uchish (AL, Cu va kamchil elementlar), oziq-ovqat sanoati (N,P, K elementlari) juda tez sur’atlar bilan o’sgan.
Og’ir metallarga ftor, vanadiy, xrom, marganets, kobalt, nikel, mis, rux, mishyak, molibden, kadmiy, simob, qo’rg’oshin,
volfram, vismut, temir, surma va boshqalar kiradi. Atrof-muh’it uchun xavflilari simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, selen, ftor
elementlari bo’lsa, bular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy h’isoblanadi.
Og’ir metallar tuproqqa yana biotsidlar va mineral o’g’itlar bilan h’am tushadi. Og’ir metallar tuproqda asosan o’simlikka,
undan oziqlanish zanjiri buylab odam va h’ayvonga zararli ta’sir qilish mumkin. Zah’arli kimyoviy elementlar ichida xavflisi
simob bo’lib, uning metilsimob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalardan anaerob sharoitida organik moddalar ishtirokida
h’osil bo’lishi mumkin.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalari asosan metall ishlab chiqarish sanoati chiqindilari, turli
yokilgilarning yonish maxsuloti, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va
boshqalardir. Xisoblarga qaraganda metallurgiya sanoati h’ar yili juda ko’p miqdorda mis, rux, qo’rg’oshin, nikel, moibden,
kobalt, simobni atrof-muh’itga chiqarib yuboradi.
Simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, ftor, rux va boshqalar bilan tuproqning ifloslanishi.
Zah’arli kimyoviy elementlar ichida eng xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob tabiatdagi anorganik birikmalardan
anaerob sharoitda organik moddalar ishtirokida h’osil bo’lishi mumkin. Simob atmosferaga toshko’mir yoqishdan h’osil bo’lgan
dud va simob bilan zah’arlangan suv h’avzalari suvini bug’lanishida chiqadi. Bunda simob h’avo oqimi bilan ko’p joylarga
66
tarqalishi va ba’zi erlarga o’tirib qolishi mumkin. Simob birikmalari, jumladan metilsimob suv, tuproq, o’simlik va boshqa
oziqlanish zanjirlari orqali o’tib borib, oxiri odam organizmiga tushishi mumkin.
Odam organizmdagi simob miqdori ruxsat etilgan miqdordan oshib ketsa, u vaqtda buyrak, jigar va h’atto miyaga kuchli
ta’sir qilib asab kasalini keltirib chiqishi va bu kasallik h’atto o’limga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |