BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI QORAQALPOQ FILOLOGIYASI VA KAFEDRASI JURNALISTIKA FAKULTETI JURNALISTIKA JURNALISTIKA (faoliyat turlari bo’yicha) 2-G kurs talabasi Eshmamatov Azizbekning Axborot texnologiyalari fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Asosiy va atrf qurilmalarining ishlash prinsipi Bajardi: Eshmamatov Azizbek.
Qabul qildi: Orinbaeva Alima.
2022-yil.
Mavzu: Asosiy va atrf qurilmalarining ishlash prinsipi Reja: I. Kirish…………………………………………………………………………...3
II. Asosiy qisim:……………………………………………………………….....4
Kompyuterning asosiy qurilmalarining ishlash prinsipi…………………...4
Sistemalar bloki (prosessor)………………………………………………..5
Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari….12
III. Xulosa………………………………………………………………………..15
IV. Foydalangan adabiyotlar. ……………………………………………………16
Kirish Kadrlar tayyorlashning sifat bosqichiga o'tgan hozirgi davrda unga alohida e'tibor berilishi lozimligi o'z-o'zidan ravshan. Buning uchun o'quv jarayonining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni yaratish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida foydalanish, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini axborot bilan ta'minlash masalalari ham eng dolzarb muammolardan biridir. Ilm-fan jadal ravishda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta'lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda doimiy ravishda bilim izlash vazifasini ham qo'ymoqda. Bundan tashqari zamonaviy kompyuterlarning amaliy dasturlar paketidan foydalanishni o'rganish, bu esa o'z navbatida dars jarayonida zamonaviy texnikalarni qo'llash va ularning afzalliklari haqida keng bilimlarni egallashdan iborat.
Kompyuterlarning avvalgi chiqqan avlodlarini so`nggi chiqayotgan avlodlarini solishtiradigan bo`lsak yer bilan osmonchalik farq borligiga amin bo`lamiz. Ilk chiqqan kompyuterlarning ko`rinishi juda katta bo`lgan. Kompyuterni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan xona zarur bo`lgan. Avloddan avlodga kompyuterlar ko`rinishi ixchamlashib boravergan. Yildan yilga kompyuterlar uchun qo`shimcha qurilmalar soni ko`payib boravergan.
Hozirgi kun shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalarini turli xillari mavjud. Nafaqat xillari balki ularning bajaradigan jarayonlari jihatdan xam kuchli. Berilgan vazifalarni juda tez bajarishi bilan xam ajralib turadi. Ko`rinishi jihatdan ham ixcham turlari mavjud. Xatto kompyuterning qo`shimcha qurilmalarining ko`pligidan odam xayratlanadi. Shunday ekan bizning bugingi mustaqil ishimiz ham Asosiy va atrf qurilmalarining ishlash prinsipi haqida bo’lib mavzumiz davomida bunga alohida to’qtalamiz.