Ilmiy pedogogik ishni bajarish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Kafedraning tajribali professor-o’qituvchilarining darslarida qatnashish
Bakalavr bosqichida o’qitiladigan(ixtiyoriy tanlab olish orqali) mutaxassislik fanining na’munaviy o’quv rejasi bilan keng tanishib chiqish va alohida fikr bildirilgan matn tayyorlash
Magistrning qatnashgan darslari tahlilini yozma protokolini tayyorlash
Amaliy mashg’ulotlarni olib borish uni kengaytirish, reja va konspekt yozish
Mutaxassislik fanlardan 1 juft dars uchun leksiya matnini tayyorlash
Mutaxassislik fanlardan bitta belgilangan mavzu bo’yicha ma’ruza darsi va uni ommalashtirish bo’yicha reja, konspekt tayyorlash
Ixtiyoriy turda tanlangan mutaxassislik fanida o’tiladigan amaliy mashg’ulotga fikr yozish
Amaliy mashg’ulotlarni o’tish uchun metodik qo’llanma tayyorlash
Ilmiy rahbari o’qitadigan fanlarning biriga yakuniy nazorat imtixoni uchun topshiriq va variantlar tayyorlash
Ilmiy pedogogik ish bo’yicha yarim yillik hisobot yozish
Hisobotni kafedra majlisida himoya qilish
Bu vazifalar hisobot berish davrida to’liq bajarildi va ilmiy pedogogik ish hisobotda ko’rsatib o’tildi.
1. KAFEDRANING TAJRIBALI PROFESSOR-O’QITUVCHILARNING DARSLARIDA QATNASHISH. Ilmiy pedogogik faoliyatning bu bo’limida topshiriqqa muvofiq 2021-2022 o’quv yilining 3-semestrida kafedraning tajribali professor-o’qituvchilarining ma`ruza va amaliy mashg’ulot darslariga 7 marta qatnashish rejalashtirilgan edi. Shundan men sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida quyidagi darslarda qatnashdim.
2021-yilning 16-sentabr kuni kafedra datsenti Qurbonboev Ilhomning O’zbek filologiyasi fakultetining 3-bosqich talabalari uchun ma’ruza darslarida qatnashdim.
2021-yilning 22-sentabr kuni kafedra datsenti Abdullayev Xamroning O’zbek filologiyasi fakultetining 2-bosqich talabalari uchun ma’ruza darslarida qatnashdim.
2021-yilning 12-oktabr kuni kafedra datsenti Salayev Fayzullaning O’zbek filologiyasi fakultetining 4-bosqich talabalari uchun amaliy darslarida qatnashdim.
2021-yilning 21-oktabr kuni kafedra datsenti Yangibayeva Naziraning Jurnalistika fakultetining 1-bosqich talabalari uchun amaliy darslarida qatnashdim.
2021-yilning 3-noyabr kuni kafedra assisent o’qituvchisi Berdiboyev
Ulug’bekning Qoraqalpoq filologiyasi fakultetining 1-a guruh talabalari uchun amaliy darslarida qatnashdim.
2021-yilning 19-noyabr kuni kafedra stajyor o’qituvchisi Boltaboyev
Omonning O’zbek filologiyasi fakultetining 101- guruh talabalari uchun amaliy darslarida qatnashdim.
2021-yilning 1-dekabr kuni kafedra datsenti Salayev Fayzullaning O’zbek filologiyasi fakultetining 4-bosqich talabalari uchun amaliy darslarida qatnashdim.