I.3.Elektrodlarning tasniflanishi. Vodorod elektrodi va standart elektrod
Elektrodlarni tasniflashda termodinamik nuqtai nazardan qarash qulaydir, bunda fazalar soni va qaytarlikning turi hisobga olinadi. Termodinamik jihatdan elektrodlar quyidagicha tasniflanadi:
a.) Birinchi tur: ikki fazali, kation yoki anionga nisbatan qaytar;
b.) Birinchi tur: uch fazali, gaz elektrodlar;
v.) Ikkinchi tur: uch fazali, kationga hamda anionga nisbatan qaytar;
g.) Redoks: oksidlangan va qaytarilgan ko‘rinishlar bitta – suyuq fazada bo‘lgan elektrodlar;
d.) Ion almashinuvchi (ionselektiv) elektrodlar.
Uchinchi tur – to‘rt fazali, biologik va fizikaviy elektrodlar ham mavjud.
Standart yoki solishtirish elektrodlariga misol tariqasida vodorod elektrodi
kalomel elektrodi, xingidron elektrodi va umuman, elektrod potensiali doimiy qiymatga ega bo‘luvchi, harorat va boshqa ta’sirlarga chidamli bo‘lgan, konstruktiv jihatdan qulay va arzon elektrodlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |