O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI
FIZIKAVIY VA KOLLOID KIMYO KAFEDRASI
KIMYO YO’NALISHI
ANALITIK KIMYO FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:MIS(II)NI KULONOMETRIK ANIQLASH.
Bajaruvchi: 2 A – Kimyo yo’nalishi talabasi Berdishukurova B.
Qabul qiluvchi: Fizikaviy va kolloid kimyo dosenti Uzakbergenova Z.
Nukus-2021
MUNDARIJA
KIRISH
|
3
|
I.Asosiy qism
|
5
|
I.1.Kulonometriya
|
5
|
I.2.Kulonometrik analiz usulining mohiyati
|
9
|
I.3.Kulonometrik tahlil usulining nazariy asoslari
|
18
|
II.Tajriba qismi
|
21
|
II.1.Kulonometrik asbob va qurilmalar
|
21
|
II.2.Mis(II) miqdorini kulonometrik aniqlash
|
23
|
II.3.Mis(II) kationining analitik reaksiyalari
|
24
|
III.Natijalarni tahlil qilish
|
25
|
Xulosa
|
26
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
27
|
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir.Analitik kimyo fani biologiya, meditsina,geologiya,minerologiya,atrof muxitning muxofazasi kabi turdosh tabiiy fanlarni o’rganishda katta axamiyat kasb etadi.Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha maxsulotlari,qazilma boyliklar va xususan dori xom ashyosi, hamda dori preparatlar sifatlarini nazorat etishni analitik kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Turli xil birikmalarni analiz qilishga keng miqyosda qo’llaniladigan elektrokimyoviy usullardan biri kulonometrik analiz usulidir. Uning negizida, odatda, tekshiriladigan modda eritmasining elektroliz jarayoniga uchratilishi yotadi. Bunda elektr toki ta’sirida qarama-qarshi zaryadli ionlarga parchalanadigan muayyan kimyoviy birikmaning oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga uchrashi kuzatiladi.Tajribada hosil bo’ladigan yangi tur moddalar bilan birgalikda, elektroliz jarayoni vaqtida sarf bo’lgan elektr toki miqdori aniqlanadi. Kulonometrik analiz ishlarini bajarishda Faradey qonuniga binoan yaratilgan.
Kulonometrik usul vositasida xilma-xil elektrokimyoviy jarayonlarni tahlil qilish mumkin. Ko’p analizlarda, moddalarning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga uchratib, ayniqsa, metal kationlari qaytarilishi bilan, sof metallar hosil qilinadi, aniqrog’i ajratib olinadi. Mazkur usul bilan amalda mis (Cu), qo’rg’oshin (Pb), kadmiy (Cd), vismut (Bi) kabi ko’plab turdagi metallarni tutgan birikmalar analizlari samarali amalga oshiriladi. Bunda, simobli elektrodlardan (katod) ko’p foydalaniladi.Chunki simob amalgamasining hosil bo’lishi bir talay metallarning elektrolitik ajratilishini ancha osonlashtiradi.
Ikkinchi tomondan esa, sof simob metalida vodorod gazi (H2) ning ajralishi nihoyatda qiyinligi sabab, suvli eritmalarda suv molekulalari elektrolizi (parchalanishi) ham amalga oshmaydi. Kulonometrik analiz paytida elektrokimyoviy jarayon va bunda amalga oshgan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar tufayli, 4 valentli seriy (Ce+4) 1 ta electron qabul qilib, 3 valentli holatgacha qaytariladi: Ce4+ + e = Ce3+.
Reaksiya davomida Ce4+ uzluksiz kamayib, shu bilan bog’liq tok o’tishi ham qiyinlasha boradi.Tekshirilayotgan eritmada Fe3+bo’lishi muqarrar. Aks holda, katodda analiz natijasiga salbiy ta’sir qiluvchi vodorod ionining qaytarilish reaksiyasi amalga oshirilishi mumkin:2H+ + 2e =H2
Buning oqibatida esa, eritmadan o’tgan tok orqali eritmadan mavjud bo’lgan Seriy (Ce) ionlarining aniq miqdorini analiz qilish imkoni bo’lmaydi.
Demak, sistemada Fe3+ bo’lishi shart. Shuni ta’kidlash kerakki HJ+ ga qaraganda, Fe3+ ionlar ancha yengil qaytarilish reaksiyasiga uchraydi.Natijada,suvning parchalanishi (elektroliz) va vodorod gazi ajralishi kuzatilmaydi, demak, reaksiyaga ortiqcha elektr toki sarf ham bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |