АКТИВ СЫЗЫҚЛЫ БОЛМА”АН СИСТЕМАЛАР
5.1. Signallarni kuchaytirish. Elektron kuchlanishlar
Texnikada va energiya sarf qilgan holda tok ko’zining katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan.
Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me’yorda va o’zgarish qonuni saqlangan holda bo’lsa, uni kuchaytirish jarayoni deb ataydi. Uni amalga oshiruvchi qurilma esakuchlanish deb ataladi.
Energiya turiga qarab kuchlanishlar elektr, mexanik, issiqlik va boshqalarga bo’linadi. 5.1 -rasmda kuchlanish jarayonining asosiy bo’limlari ko’rsatilgan.
Kuchlanishning signal ta’ir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan
Qurilma bo’lsa, tashqi yuklama iste’molchi deb ataladi. Kuchlanishning (tashqi) yuklama ulanadigan zanjiri chiqishzanjiri yoki chiqish deb ataladi.
Kuchlanishlar ichida elektr signali kuchanishlari eng ko'p tarqalgan bo'lib, ukarda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat bo'ladi.
|
М
кири7 шы2ы7
С.Г. К Н
5.1- rasm. Kuchaytirish jarayonining umumiy tarkibi. М-tok ko’zi, С.Г.-signal generatori, К-kuchaytirgich, Н- yuklama (iste’molchi)
|
Bu kuchlanishlar electron, elektromexanik, magnit va bishqa tur kuchlanishlarga bo’linadi. Ulardan electron kuchaytgichlar universalligi, sifatli xarakteristiklarga ega bo’lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko’p radioelektron asboblarni ishlatishda qo’llaniladi.
Kuchaytirgich jarayoni 5.2 -rasmda ko’rsatilgan sxema yordamida tushuntirish mumkin. Bunday o’zgarmas Е tok ko’zi
Bilan ketma-ket qilib ikki qarshilik - Z8 (boshqaruvchi) va Zн (o’zgarmas) ulangan. Zн qarshilik yuklama qarshiligi deb ataladi Z8 chiziqli bo’lmagan aktiv qarshiligi bo’lib, zanjirning kirishiga (punktir chiziq) boshqaruvchi kuchlanish yoki tok ta’sir etganda kattaligi o’zgarib boradi. Bu o’zgarish juda
|
Zн
Е
кири7 шы2ы7
ZL
5.2-rasm. Kuchaytirish sxemasining tarkibi.
|
Keng oraliqda bo’lib, tok ko’zi energiyasi sarf bo’lmagan yoki juda oz miqdor sarf bo’lgan holsa sodir bo’ladi. Lekin Zн qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko’ra, boshqaruvchi elementning vazifasi o’zgarmas tok ko’zi energiyasini Zн yuklama qarshiligiga uzatilishini tartibga solishdan iborat. Odatda bu jarayon juda katta tezlikda o’tadi.
Shunday qilib, kuchaytirish fizik jarayon bo’lib, kam quvvatlli tok ko’zi energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli tok ko’zi energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko’ra kuchlanish katta quvvatli tok ko’zining energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir.
Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda , chiziqli bo’lmagan kuchlanish deb ataladi.
Shuni yodda tutish kerakki, kuchaytirish ta’sir etuvchi tebranish amplitudasini oshirib beradigan juda ko’p qurilmalardan tubdan farq qiladi. Masalan, yuksaltiruvchi transformatorning ikki yoqlma chulg’amining kuchlanishi bir yoqli chulga’mining kuchlanishidan katta bo’ladi. Lekin ularda chiqish quvvati kirish quvvatidan hamisha kichik bo’ladi. Shuning uchun ularni kuchaytirgich deb atash mumkin emas.
Har bir kuchlanish uch asosiy bo’limga ega:
1. Boshqaruvchi (kuchaytiruvchi) inversion bo’lmagan element;
2. O’zgarmas tok ko’zi;
3. Yuklama-iste’molchi.
Qolgan barcha bo’limlar yordamchi. Bunda yuklama kuchayib chiqqan signalni ajratib olsa, yordamchi bo'limlar kuchlanishning u yoki bu ish rejimini hosil qiladi.
Boshqaruvchi element turiga qarab, kuchlanishlat lampalar yoki yarimo’tkazgichli(tranzistorli), yuklamaning turiga qarab esa, aperiodic yoki tanlovchi kuvhlanishlarga ajratiladi.
Tanlovchi kuchlanishlarda yuklama vazifasini tebranish konturlari bajaradi.
Aperiodik kuchlanishlarda yuklama vazifasini rezonans xussiyatiga ega bo’lmagan elementlar-rezistor, drossel, transformator va boshqalar bajaradi.
Kuchaytiriladigan signal chastotasining absolyut bo’lagiga qarab kuchaytirgichlar past chastotali, yuqori chastotali va o’zgarmas tok kuchaytirgichlariga bo’linadi.
Past chastotali kuchaytirgichlar tovush diapazonidagi tebranishlarning fқ - fю ishchi chastota oralig’ini bir me’yorda kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Bundaylarga aperiodic kuchlanishlar misol bo’ladi.
Yuqori chastotali kuchaytirgichlar yuqori chastotali signallarning yolg’iz yoki chastotalarning kichik oralig’ini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ularga misol:rezonans yoki o’zgarmas sohali kuchaytirgichlar.
O’zgarmas tok yoki kuchlanish kuchaytirgichlari past chastotali kuchlanishning bir ko’rinishi bo’lib, ularda kuchaytilriadigan signal chastotasi nolga yaqin bo’ladi
Umuman olganda barcha kuchaytirgichlar signalning quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |