Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika kafedrasi radioelektronika


SIGNALLAR 1.1. Elektr signali va uning turlari



Download 2,06 Mb.
bet15/70
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#229423
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
Radio uzbek-лекция (2)

SIGNALLAR

1.1. Elektr signali va uning turlari
Voqea, hodisa yoki ma’lum bir narsa (predmet) haqidagi ma’lumpt-xabarni tashuvchi har qanday fizik kattalik signal deb ataladi. Xabarlar haq xil bo’lishi mumkin. Masalan, odam tovushi,musiqa, ko'rinishlar, kosmik nurlanishlar va boshqalar. Radioelektronik qurilmalar ularni elektr toki , kuchlanishi yoki quvvati ko'rinishida tasvirlangan elektr tebranishlariga aylantirib beradi. Shunga qarab bunday tebranishlar videosignallar deb ataladi. Videosignallar to’g’ridan-to’g’ri yoki yuqori tebranishlarga aylanganidan keyin (modulyatsiyalangan), uzatilshi mumkin. Yuqori chastotali modulyatsiyalangan signallar-radiosignal, qolganlari esa boshqaruvchi signal deyiladi.

Shuni aytish kerakki, har qanday elektr tebranishlari signal bo’lavermaydi. Masalan,turg’un holdagi o’zgaruvchan tok, signal emas, biroq uning amplitudasi, chastotasi yoki fazasining vaqt bo’yicha o’zgarish qonuni-funksiyasi aniq bo’lib, hech qanday xabarga ega emas. Demak, signal vaqt bo’yicha to’satdan o’garuvchi funksiya orqali aniqlanadigan kattalik ekan.

Signallar odatda aniqlangan (ma’lum) ham to’satd (kutilmagan) signallarga ajratiladi.

O’zgarishi vaqt bo’yicha analitik funksiya ko’rinishida berilishi mumkin bo’lgan signallar annalitik-aniqlangan signal deb, aksincha bo’lsa, tasodifan bo’lgan signal deb yuritiladi. Aniqlangan signallarga tok kuchi, kuchlanish,elektr zaryadi va boshqalarning gormonik yoki impuls ko’rinishidagi o’zgarishi misol bo’ladi.

Sababi ularning ko’rinishi,kattaligi vaqt bo’yicha aniq qonun bo’yicha o’zgaradi. So’z musiqa,telegraf,belgilari va boshqalarni aniqlaydigan elektr tebranishlari to’satdan bo’ladigan signallar.

Signallar davriy va davriy emas-uzlukli bo’ladi.

Agar signalning funksiyasi- oraliqda uzluksiz o’zgarsa (T-davr, m-ixtiyoriy butun son), bunday signallar davriy signal deyiladi,aksincha holatda u davriy bo’lmaydi. Xuddi gormonik qonuni bo’yicha o’zgaradigan signal monoxromatik signal deb ataladi.

Signallar uzluksiz va uzlukli-diskret signallarga bo’linadi. Uzluksiz signallarga mikrofonga so’z tasir etgan vaqtda hosil bo’ladigan tokning uzluksiz o’zgarishini, diskret signalga esa,vaqt oralig’ida uzatiladigan impulslar ketma-ketligini ko’rsatish mumkin.

Signallarni uzatishda ularni vaqt oralig’i yoki amplituda qiymatlari bo’yicha bo’laklarga ajratish-darajalashdan foydalaniladi. Ham vaqt, ham qiymati bo’yicha sathlarga ajratilgan (darajalangan) diskret signal sonli signal deb ataladi.

Signalning har bir turi juda ko’p fizik kattaliklar-parametrlar orqali xarakterlanadi. Ulardan eng asosiylari bo’lib impulsning davom etish vaqti,

dinamik-diapazoni va spektr kengligi hisoblanadi.

Ma’lumki, har bir signal vaqt bo’yicha bo’ladigan jarayonni xarakterlaydi. Shuning uchun uning boshlanish va tugash vaqti bor. Signalning ta’siri bor bo’lgan vaqt oralig’I signalning davom etish vaqti deb ataladi.

Signal quvvatining eng katta qiymatining uning eng kichik qiymatiga nisbati uning dinamik diapazoni deb ataladi. Uchinchi parameter spektr kengligi-signalning o’zgarish tezligini xarakterlovchi kattalik. U signal tuzuvchilarining chastotaga bog’liq o’zgarishini xarakterlovchi spektrlal funksiyadan aniqlanadi. Spektr kengligi signal uzatiladigan zanjirning o’tkazgich polosasini tanlash uchun xizmat qiladi.

Signal real radioelektron qurilmadan o’tishda albatta o’zgarishga uchraydi. Natijada qurilmaning chiqishidan olingan xabar boshlang’ich qiymatidan farq qiladi. Buning sababi, bir tomondan radioelektron qurilma kiritadigan buzilishlar bo’lsa, ikkinchi tomondan, signalga bo’lgan zararli ta’sirlar. Foydali signalga qo’shilib uning qabul qilinishini qiyinlashtiradigan har qanday zararli ta’sir to’siq deb ataladi.

To’sqinlikka qo’shni radiostansiyalarning ta’siri, atmosferadagi elektr hosialari (chaqmoq), sanoat ve transport elektr tarmoqlaridagi tok kuchining keskin o’zgarishlari, radioelektron qurilma elementlaridagi tok kuchi va kuchlanishlarning o’rtacha qiymatlaridan chetlanishi-fluktuatsiyalar kiradi.

Fluktuatsiyalardan hosil bo’ladigan to’sqinliklar to’satdan bo’lgan funksiyalar orqali xarakterlanadi va ehtimollik nazariyasi usullari (taqsimot funksiyasi, korrelyatsiya funksiyasi, dispersiya va boshqalar) orqali tekshiriladi.

Shuni aytish kerakki, elektr signali bir tomondan foydali signal, ikkinchi tomondan esa, to'’iq va aksincha bo’lishi mumkin. Uning qanday bo’lishi ko’rilayotgan xususiy holat bilan belgilanadi.


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish