Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika kafedrasi radioelektronika


Yarimo’tkazgichli triod. Bipolyar tranzistorlar



Download 2,06 Mb.
bet27/70
Sana31.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#229423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
Radio uzbek-лекция (2)

3.2. Yarimo’tkazgichli triod. Bipolyar tranzistorlar
Yarimo’tkazgichli triod electron asboblarning bir turi bo’lib transistor deb ataladi.

Tuzilishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajraladi.

Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n o’tish jarayoniga,unipolyar-yarimo’tkazuvchanlikning elektr maydoni yordamida boshqarishga asoslangan

Bipolyar transistor yarimo’tkazgich monokristalida yoki p-n sohasini hosil qilish asosida yasaladi.




а)

э к




х


b)

э к





х

3.11-rasm. Bipolyar tranzistorlar semasi va potensial to’siq.

Uni o’tkazuvchanligi almashib keladigan 3 sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning electron o’tkazuvchanlikka ega hajmi yoki yangidan ikki teshikcha o’tkazuvchanlikka ega hajm bilan chegaralangan bo’lsa,hosil bo’lgan tekis transiztor p-n-p turdagi tranzistor bo’ladi. Aksincha,kovak o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan electron o’tkazuvchanlik soha orasida esa n-p-n turdagi tranzistor hosil bo’ladi. Bu tranzistorlarning sxemada belgilanishi va potensial to’sig’ining belgilanishi potensial to’sig’ining ko’rinishi 3.11-rasmda ko’rsatilgan. Shuni aytish kerakki, kontakt soha kichik bo’lsa, nuqtaviy tranzistorlar hosil bo’ladi.



Aytaylik, triodning o’rtadagi kointaktiga nisbatan chap tomondagi kontaktiga kichik (voltning bo’laklariga teng) o'ng, o'ng tonmondagi kontaktiga esa, katta (bir necha o'n voltgacha) manfiy kuchlanish berilsin(3.12-rasm). Oson bo’lishi uchun elektr maydon faqat p-n o’tishlar sohasidagina bor deb hisoblaymiz.

Э К

б

Е1 Е2

3.12- rasm. Tranzistorga tashqi tok manbayini ulash.


Bunday ulashda chap tomondagi p-n o’tishning potensial to’sig’I kichrayib, o’ng tomondagi p-n o’tishniki ortadi. Shuning uchun kovaklar faqat chap tomondagi p-n o’tishdan o’tadi. Chap tomondagi p-sohadan o’rtadagi n-sohaga o’tgan kovaklarning bir bo’lagi bu sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiyalanadi. Qolgan bo’lagi esa, o’ng tomondagi p-n o’tishga yetib keladi. P-n o’tish maydoni ularga tezlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun kovaklar katta tezlik bilan harakatlanadi va Е1 va Е2 yok ko’zlar orqali o’tib, harakat yo’olini tamomlaydi(zanjir yopiladi).Bunda hosil bo’ladigan tok foydali tok bo’lib, uning qiymati chap tomondagi p-sohadan n-sohaga o’tadigan kovaklarning miqdoriga teng va ularning n-sohadagi yashash vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar kovaklarning n-sohasini bosib o’tish vaqti ularning yashash vaqtidan kichik bo’lsa, uning yonidagi p-n o’tishga yetib keladigan kovaklar soni yetarlicha ko’p bo’ladi. Shuning uchun juda oz bo’lagi n-sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiyalanib ulguradi.

Shuni aytish kerakki, tranzistoring p-n o’tishlarida kovak toki bilan bir qatorda electron toklari ham paydo bo’ladi. Chap tomondagi p-n o’tishning electron toki chap va o’rta sohalar orqali o’tib, Е1 tok ko’zi orqali o’z yo’lini tuyuqlaydi.U o’ng tomondagi p-n o’tish orqali o’tmagabnligi uchun hech qanday foyda keltirmaydi. O’ng tomondagi kuchlanish teskari ulangan (yopiq) р-n o’tishning electron toki esa, katta ta’sirga ega. Uni tranzistorning teskari toki deb ataladi.

To’g’ri tok asosida ishlovchi chap tomondagi p-n o’tish emitter o’tishi deb, p-qatlam esa, emiter deb ataladi. Teskari ulanadigan o’ng tomondagi p-n o’tish kollektor o’tishi, p-qatlami esa kollektor deb ataladi.

O’rtadagi n-qatlam baza yoki asos deb ataladi. Bu qatlamlardan metal kontakt orqali chiqarilgan tutashtirish uchlari-elektrodlar mos nomlar-emitter,kollektor va baza deb ataladi.Tranzistorni sxemada belgilashda (3.11-rasm) emitter elektrodiga ko’rsatkich til (strelka) qo’yiladi.Uning yo’nalishi tok tashuvchilar yo’nalishini ko’rsatib turadi.

p-p-n turdagi tranzistorning ishlash prinsipi p-n-p turdagi tranzistorlarnikidan farq qilmaydi. Bunda faqat Е1 va Е2 tok ko’zining ulanish qutbi aksincha o’zgartiriladi. Asosiy tok tashuvchilar kovaklae emas balki, elektronlar bo’ladi.


Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish