2.4. Elektron asboblarning dinamik ish rejimi
Elektron asboblar ishlatilganda ularga biror yuk—nagruzka ulanadi. Uni Zn ekvivalent qarshilik sifatida belgilanadi. Umumiy holda ekvivalent qarshilik kompleks kattalik bo’lib, u elektron asbobning elektrodlaridan birortasiga ulanadi. Elektron asbobning nagruzka ostida ishlashi uning dinamik ish rejimi deb ataladi. Dinamik rejim dinamik xarakteristika va parametrlar orqali ifodalanadi. Ular statik xarakteristika va parametrlardan farq qiladi va harbir xususiy hol uchun alohida aniq- lanadi. Misol uchun unipolyar tranzistorning ish rejimi bilan tanishaylik. Qulaylik uchun nagruzka qarshiligini sof aktiv qarshilik deb hisoblaymiz. U tranzistorning stokiga ulangan R c rezistordan iborat (5. a-rasm). Lekin dinamik ish rejimni tekshi- rish uchun tranzistorning xarakteristikasidagi ishchi soxasi ham ko’rsatilishi kerak. Faraz qilaylik, ishchi soha chiqish xarakteristikasining turli chiziqli qismida tanlangan bo’lsin. Maʼlumki, bu soha zatvor kuchlanishining manqiy qiymatlariga to’g’ri keladi (5-rasm). Shuning uchun bu sohaga erishish uchun tranzistorning zatvor — istok oraligiga manfiy qutbi zatvorga ulangan E3 manba ulanadi. Uning zatvorga beradigan kuchlanishi manfiy siljitish kuchlanishi deb ataladi. Uning qiymati stok toki va stok kuchlanishining o’zgarmas tashkil etuvchi qiymatlarini ifodalovchi nuqtani belgilaydi: A (Is0, Us0). Bu nuqta boshlang’ich ishchi nuqta deb ataladi (5.b-rasm).
5-rasm. Unipolyar tranzistorning dinamik ish rejimi
Agar zatvorga o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, stok tokining o’zgaruvchan tashkil etuvchisi hosil bo’ladi va stok kuchlanishi quyidagicha ifodalanadi:
Us=Es- IsRs va Is= Is0+ Is⁓
Bu koordinat boshidan o’tmaydigan to’g’ri chiziq, tenglamasidir. Uning og’ish burchagi (a) Rs rezistorning kattaligiga borliq bo’ladi. Rs = 0 bo’lganda, bu to’g’ri chiziq kuchlanish o’qiga perpendikulyar bo’lsa, Rs = ∞ da tok o’qiga perpendikulyar bo’ladi. Rs ning chekli qiymatida esa, bu to’g’ri chiziq kuchlanish o’qini Us = Es nuqtada, tok o’qini E Ime = Es/ Rs - nuqtada kesib o’tadi. Uni nagruzka chizigi deb ataladi. Nagruzka chizig’ining ishchi soxada yotadigan qismi dinamik xarakteristikadir. 5- rasmdan zatvor kuchlanishi bilan stok kuchlanishi o’zaro qarama-qarshi faoada o’zgarishi, yaʼni tranzistor = faza siljishi xosil qilishi ko’rinadi.Tranzistorning dinamik ish rejimi dinamik parametrlar orqali xarakterlanadi. Ularni aniqlash uchun unipolyar tranzistorning xarakteristik tenglamasi va dinamik rejim tenglamasidan foydalanamiz ifodadan stok kuchlanishining orttirmasini aniqlab qo’ysak, undan
Sdn=dIs/dU3= /Ri(1+Rs/R1)= S/1+Rs/Ri
xosil buladi. Bunda Sdn tranzistorning dinamik qiyalik koeffitsiyenti deb ataladi va hamma vaqt statik qiyalik koeffitsiyentidan kichik bo’ladi. Agar stok toki orttirmasini qo’ysak, quyidagi koeffitsiyent xosil bo’ladi:
dn=dUs/dU3= /1+Rs/Ri= Rs/Rs+Ri
Uni tranzistorning dinamik kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi. Uning kattaligi xam statik kuchaytirish koeffisiyentidan kichik bo’lib, miqdori Rs nagruzka qarshiligi bilan xarakterlanadi. Nagruzka qarshiligi qancha katta bo’lsa, u statik kuchaytirish koeffitsiyentiga intilib boradi (Rs = 0 bo’lsa, ( = 0). Bu tranzistorning kuchaytirish xususiyatlaridan faqat nagruzka qarshiligi ulangandagina foydalanish mumkinligini ko’rsatadi (Minus ishora tranzistorda hosil bo’ladigan faza siljishi = ni ifodalaydi). Umumiy holda nagruzka qarshiligi kompleks kattalik bo’lgani uchun dinamik kuchaytirish koeffitsiyenti ham kompleks miqdor bo’ladi:
K= - Zs/Zs+Ri
Agar Ri > Zs shart bajarilsa, soddalashib,
K= - SZs
ko’rinishga keladi. Elektron asboblarning dinamik ish rejimini bilgan holda,
Do'stlaringiz bilan baham: |