XULOSA
Bugungi kunda ilmiy-texnikaning zamonaviy yo’qlanishi elektronikaning rivojlanishi bilan chanbarchas bog`liqdir. Elektronika gaz, qattiq jism vakuum va boshqa muxitdagi elementar zaryadlangan zarrachalarga elektromagnit maydon ta`sir natijasida xosil bo’lgan elektr o’tkazuvchanlikni o’rganish va undan foydalanish masalalari bilan shugullanadigan fan sohasidir. Elektronika yutuqlari natijasi sifatida elektrovakuum va yarim o’tkazgichli asboblarning turli xil va ijobiy xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Zamonaviy elektornikani o’rganish uchun avvalam bor radioelektronika asboblarining tuzilishi, ishlash printsipi va fizikaviy asoslarini bilib olish kerak. Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo ulanishlarni ta`minlash bilan birgalikda, ularning kichik o`lchamlarini, energiya ta`minotini, massa va material hajmini ta`minlaydilar. Ko`p sonli chiqishlar va qobiqlarning yo`qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini kichraytiradi. Moddaning yarim o‘tkazgichlik xossasiga asoslangan elementlarda fizik jarayonlar mikronlar tartibidagi sohalarda yuz berib, zamonaviy mikrochiplarda kremniy kristalining kichik bo‘lagida bir-biriga ulangan millionlab diodlar, tranzistorlar, qarshiliklar, kondensatorlar joylashgan. Tranzistorlar konstruksiyasi bo‘yicha nuqtali va yassi bo‘lishi mumkin, biroq, garchi nuqtali tranzistorlar oldin paydo bo‘lishiga qaramasdan, ularning nostabil ishlashi shunga olib kelindiki, bugungi kunda faqat yassi tranzistorlar ishlab chiqariladi. Yassi tranzistor yarim o‘tkazuvchining monokristalli bo‘lib, unda ikki hudud bir tipdagi o‘tkazuvchanlikka ega, qarama-qarshi tipdagi o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan hudud bilan bo‘lingan. Bu asboblarni asosiy vazifasi elektr tebranishlarni kuchaytirish yoki generatsiyalashdan iborat. Oddiy p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan bipolyar tranzistorlar quyidagi rasmlarda o‘z aksini topgan. Tranzistor statik xarakteristikalari kollektor zanjiriga yo’qlama qo`yilmagan holda o`rnatilgan kirish va chiqish toklari va kuchlanishlar orasidagi o`zaro bog`liqlikni ifodalaydi. Har bir ulanish uchun statik xarakteristikalar oilasi ma`lumotnomalarda keltiriladi. Eng asosiylari bo`lib tranzistorning kirish va chiqish xarakteristikalari hisoblanadi. Qolgan xarakteristikalar kirish va chiqish xarakteristikalaridan hosil qilinishi mumkin. UB sxemasi uchun kirish statik xarakteristikasi bo`lib UKB = const bo`lgandagi IE= f (UEB) bog`liqlik, UE sxemasi uchun esa UKE = const bo`lgandagi IB=f(UBE) bog`liqlik hisoblanadi. Kirish xarakteristikalarining umumiy xarakteri odatda to`g`ri yo`nalishda ulangan p-n bilan aniqlanadi. Shu sababli tashqi ko`rinishiga ko`ra kirish xarakteristiklari eksponentsial xarakterga ega. Radioelektronika fan va texnikaning radio chastotali elektromagnit tebranishlar va to’lqinlardan foydalangan xolda axborotlarni uzatish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan sohalari umumiy nomi.Ulardan asosiylari- radiotexnika va elektronika, radioelektronika, telegraf, telefon, fototelegraf, aloqa, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya, radioastronomiya, electron avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashxis usullarni keng miqyosda qo’llash, kosmik qurilmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.20-asr boshlarida radiolampalarning takomillashishi, triod lampasining yaratilishi elektr tebranishlarni hosil qiluvchi va kuchaytiruvchi radioelektron qurilmalar yaratish imkonini berdi. Keyinchalik elektr tebranishlarning chastota sohasi oshiriladigan ko’p elektrodli- tetrod, pentod, geksod va geptod radiolampalari yaratildi. Vakuum texnikasining taraqqiyodi natijasida fotoelement yasaldi, uning yordamida esa ovozli kino paydo bo’ldi. 50-yillarga kelib, yarimo’tkazgichlar elektronikasi tez taraqqiy etishi bilan yarim o’tkazgichli asboblar- diod va triod (transistor)lar asosida ishlaydigan ixcham hamda qulay radioelektron qurilmalar yaratildi. Texnika taraqqiyoti va kosmik fazoni zabt etish vazifalariga oid ehtiyojlarni qondirish uchun yangi mikrosxemalar (Mikroelektronika) yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |