Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fakulteti


Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-madaniy oqibatlar



Download 59,12 Kb.
bet7/8
Sana08.01.2022
Hajmi59,12 Kb.
#329969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Otajonova Gulshoda

Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-madaniy oqibatlar


Turizm mahalliy aholi va uning madaniy modellariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, salbiy ta’sir ham ko‘rsatishi mumkin. Har qanday bosqichda turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning sabablarini albatta hisobga olish zarur.

Zarur darajada rejalashtirilgan, rivojlantirilgan va boshqarilganda turizm quyidagi ijtimoiy-madaniy foydalar keltiradi:



  1. mahalliy aholining turmush darajasini oshirish va kommunal ob’ektlar va xizmatlarni yaxshilash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishiga ko‘maklashadi;

  2. tegishli turistik rayonning madaniy merosini saqlab qolish, musiqa, raqs, xalq og‘zaki ijodiyoti, san’at va hunarmandchilik, turmush tarzi, iqtisodiy faoliyatning an’anaviy turlari va arxitektura usullari bilan bog‘liq madaniy modellarning rivojlanishiga yordamlashadi;

  3. turistik faoloiyat mablag‘lari tomonidan ta’milanadigan, lekin ulardan mahalliy aholi ham foydalanishi mumkin bo‘lgan muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat ob’ektlarining yaratilishi va qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi;

  4. turistlar tomonidan yuqori baho berilishi tufayli mahalliy aholining o‘z madaniyati uchun faxr tuyg‘usini kuchaytiradi, ba’zan qayta tiklaydi ham;

  5. turistlar va mahalliy aholi o‘rtasida madaniyat sohasidagi almashishlarni ta’minlaydi. Bunga ko‘pincha turizmning bilib olish uchun borish, qishloq turizmi va mahalliy aholining xo‘jaligini borib ko‘rish dasturlari kabi turlari yordamlashadi.

Ijobiylari bilan birga ijtimoiy-madaniy tusdagi salbiy ta’sirlar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ayniqsa mavsum avjiga chiqqan paytida turistlarning haddan ortiq to‘planishi. Bunday paytlarda diqqatga sazovor joylar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, restoranlar, magazinlar, transport vositalari turistlar bilan to‘lib-toshgan bo‘ladi va bu mahalliy aholi uchun katta o‘ng‘aysizliklar keltirib chiqaradi.

So‘ngi yillarda turizmning tez sur’atlarda o‘sishi va ta’sir doirasining kuchayishi dunyo mamlakatlari o‘rtasida aloqalarning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, turizm jahon va milliy iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Turizm mintaqaviy daromadning o‘sishi, infrastrukturaning shakllanishi, yangi ish joylarini yaratish orqali bandlik muammosini hal qilish, davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirgan holda, mintaqaviy rivojlanishning barcha tamonlariga ta’sir etadi. Shunday ekan oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda mintaqaviy turizmni rivojlantirishdir.

Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi.

Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantrish evaziga o‘z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko‘payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko‘payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli shou dasturlarda qatnashadilar. Bularning hammasi naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini ta’minlaydi. Shu sababdan turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy mazmuni oshib boradi.

Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o‘zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar. Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minlash tadbirlari qo‘llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug‘diradi, suv, havo, o‘rmonlarning tabiiy holda saqlanishi uchun harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi.

Turizm sohasi hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta’sir etib kelmoqda, shu bilan bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Turizm sohasining mahalliy aholi hamda xorijiy fuqorolarning mazkur mamlakat(mintaqa)larning tarixi, tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, an’analari bo‘yicha intellektual salohiyatini oshirishi, ularning dam olish, davolanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga bevosita ijobiy ta’sir etib kelmoqda. Turizm xizmat sohasi iqtisodiyot, jamiyat hamda tabiat bilan hamohang tarzda rivojlanib kelmoqda.

Hozirgi paytda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi funksiyalarda ifodalash mumkin:


  • milliy foydani yaratish;

  • yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;

  • davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;

  • aholi farovonligini oshirish;

  • iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;

  • investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;

  • tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.

Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda.

Turistlarga sifatli xizmat ko’rsatishni tashkil qilish - dunyoning deyarli barcha shaharlarida joylashgan yirik turistik firmalar va turagentliklar tizimining faoliyati vazifasi hisoblanadi. Xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish va xizmat ko’rsatish dasturini ishlab chiqishda majmuali yondashuv to’g‘ri loyihalashtirishni taqozo etadi.

Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, mamlakatimiz hududlaridagi ko‘pgina turistik firmalarda turizm faoliyatiga jiddiy munosabatda bo’lmaslik holatlari va rivojlanish umuman yo’qligi bilan birga yil davomida turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmining pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda. Shuningdek, ayrim turistik resurslardan foydalanish darajasi ham unchalik yaxshi emas. Mamlakatimizda turistik resurslar, ulardan foydalanish va umuman turizm sohasi yetarli darajada yaxshi rivojlanishiga erishish uchun birinchi navbatda ushbu sohani mintaqalar darajasida rivojlanishga erishmog‘imiz lozim.

Mintaqaviy turizmning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:



  • Mintaqaviy turizm mavsumiylik xususiyatga ega bo‘lib, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga qisqa muddatda harakatining sodir bo‘lishi bilan belgilanadi. Bunda odamlar yakka bo‘lib emas, balki guruh-guruh bo‘lib harakatlanadi. Mintaqaviy turizmning bu xususiyati, ta’kidlanganidek, qisqa muddatliligi. Ko‘p hollarda bu 2-3 kun, asosan, dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi. Ta’til davrida bir haftalik, o‘n kunlik turistik sayohatlar ham bo‘lishi mumkin. Uning mavsumiyligi shundaki, ko‘p hollarda tabiat qo‘yniga sayohat qilish bahor, yoz va kuz oylarida amalga oshiriladi. Ayrim turistik yurishlar qish manzarasini tomosha qilishga qaratilgan bo‘ladi. Umuman olganda bahor, yoz oylari sayohat uchun qulay fasllar bo‘lib hisoblanadi. Yana shuni ta’kidlashimiz kerakki, mamlakatimizning ayrim mintaqalaridagi turistik resurslaridan kunlarning juda sovib yoki isib ketishi nuqtai nazaridan foydalanish darajasi pasayadi yoki umuman yo‘qoladi;

  • Turistlarning doimiy yashash joyidan boshqa joyga borishi tushuniladi. Ishlab pul topish maqsadidagi harakati bunga kirmaydi. Bu harakat bitta hudud, bir mamlakat ichida va mamlakatlararo ham bo‘lishi mumkin;

  • Mintaqaviy turizmga faqat bo‘sh vaqtida dam olish, uni faol o‘tkazish usuli sifatida qaralishi ham uning o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Ko‘p hollarda boshqa hududlarda sayr qilish, tomosha, o‘rganish kabi holatlar odamlarni xizmat safariga jo‘natganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerda maqsad ma’lum ishni bitirishga qaratilganligi tufayli uni turizmga kiritib bo‘lmaydi;

  • Mintaqaviy turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma’naviy, ruhiy va intelektual ahamiyati ham juda katta. Bu ham mintaqaviy turizmning o‘ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi;

Mintaqaviy turizm mintaqalar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mintaqaga daromad keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, mintaqa aholisini ish bilan ta’minlash darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalar qiladilar. Hammasiga naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini ta’minlaydilar.

Turistlar oqimining haddan ortiqligi muhim arxeologik va tarixiy yodgorliklar holatining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, haddan ortiq tijorat faoliyati mahalliy odatlar, rasm-rusumlar, musiqa, raqslar, hunarmandchilik va boshqa madaniy modellarning o‘ziga xos xususiyati yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy aholida, ayniqsa, yoshlarda bunday vaqtlarda turistlarning xulq-atvori va kiyinishiga taqlid qilishga qiziqish uyg‘onadi. Bundan tashqari, turistlar va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘pincha til va xatti-harakat o‘rtasidagi farqlar tufayli tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishi mumkin; turizm giyohvandlik, alkogolizm, jinoyatchilik va fohishabozlik bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ham mumkin.

Mamlakatimizda sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqilqan:


  • an’anaviy yo’nalishlar: Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Toshkent va Toshkent-Samarqand-Buxoro-Shahrisabz-Toshkent. Bu yo’nalishlar mamlakatimizdagi eng qadimiy yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog’liq;

  • ekologik turizm yo’nalishlari: Orol dengizi va Orolboyi ekologik regioni, Chimyon-Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Kitob geologik qo’riqxonasi va Zomin qo’riqxonasi kabi mamlakatimizdagi qo’riqxonalar. Bu yo’nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog’liq;

  • arxeologik turizm yo’nalishlari: Qoraqalpog’iston, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand hududdari bo’ylab, mazkur yo’nalishda yurtimiz tarixiga oid o’zida uzoq o’tmishning sir-sinotlarini yashirgan eng qadimiy arxeologik yodgorliklar bilan tanishishni maqsad qilib qo’yadi;

  • ekstremal turizm yo’nalishlari: Chimyon, Farg’ona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo’ylab;

  • diniy turizm yo’nalishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Termiz-Dalvarzintepa-Termiz-Toshkent kabi mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog’liq.

O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qal’a majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo merosi” ning maxsus royxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol oynaydi.

Toshkent turistik mintaqasiga Toshkent sahri va Toshkent viloyatidagi muhim dam olish maskanlari joylashgan hududlar kiritiladi. Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri va o’zining 2200 yilligini nishonlagan azmi Toshkent zamonaviy ishlab chiqarish markazidir, ayni paytda tarixiy yodgorliklar va zamonaviy osmono’par binolarning o’zaro uyg’unligida zamonaviy qiyofadagi betakror shahardir.

Bugungi kunda O’zbekistonda yuzga yaqin muzeylar ishlab turibdi va ularning yarmi mamlakatning poytaxtida joylashgan. Ularning har biri o’zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiradi. Poytaxt markazida Temuriylar tarixi Davlat Muzeyi joylashgan bo’lib, uning ulkan ko’k gumbazi Samarqandning qadimiy gumbazini eslatadi. Uning eksponatlari O’zbekiston hududida o’rta asrlardagi davlatchilik shakllarini shakllanishidan guvohlik beradi va Amir Temur davridagi fan, madaniyat va san’atning rivojlanishini aks ettiradi.

Shuningdek, poytaxt viloyatda ham dam olish uchun qulay bir qator maskanlar tashkil qilingan, misol tariqasida Chimyon tog’ sport kompleksi, Chorbog’ dam olish markazi, Toshkent dengizi (Tuyabo’g’iz suvombori) kabi dam olish mumkin bo’lgan rekrasion manzillar kiritilgan bo’lib, aynan ushbu maskanlardan mahalliy va chet el sayyohlari dam olish, davolanish hamda boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.

O’zbekiston durdonasi hisoblangan Farg’ona vodiysi o’zining maftunkor maskanlari bilan alohida o’rin egallaydi. Qadimiy Qo’qon va Marg’ilon shaharlari bilan birga so’lim Shohimardon, Chortoq va mashhur Chust, Rishton o’ziga kishilarni jalb qilganidek, zamonaviy qiyofadagi Andijon, Namangan va Farg’ona nafaqat mahalliy, balkim xorijlik mehmonlarni ham o’ziga tortadi.

Asrlar mobaynida O’zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo’li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol oynadi. Birgina Samarqand esa “Buyuk Ipak yo’lining yuragi”deb nom old. Hozirgi kunda Samarqand aholisining soni ko’pligi jihatidan mamlakatimizda ikkinchi o’rinda turuvchi maftunkor shahar bo’lib,qadimda u “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko’zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan dunyoning ko’pgina Rim, Afina va Vavilonga teng bo’lgan Samarqand o’zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand - buyuk davlat hukmdori Amir Temur davrida temuriylar davlati poytaxti etib tanlangan keyin o’zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi. Amir Temurning nevarasi Ulug’bek bobosini an’analarni davom ettirdiva shahar beqiyos darajada gullab yashnadi. Bugungi Samarqand yanada go’zal va maftunkor, shahardagi qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralar orqali har qanday kishi qadim tarixning nafasini his etish va undan ma’naviy oziqa olishi mumkin.

Shahardagi Registon maydoni takrorlanmas me’moriy obidalar majmuasi bo’lib, qadimda bu maydon savdo va ijtimoiy markaz vazifasini bajargan. Bu yerdagi Ulug’bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari yaxlit uyg’unlikda kishilarni o’ziga yanada rom aylaydi. Go’ri-Amir maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug’bek qabrlari joylashgan. Havorang lolalarning yaproqlari tig’iz qilib joylashtirib chiqilgan g’unchaga o’xshash Go’ri-Amir maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy. Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar jumladan: Registon maydoni, Go’ri-Amir, Bibi-Xonim, Shoxi-Zinda maqbaralari, Ulug’bek rasadxonasi va shuningdek yana bir qancha tarixiy yodgorliklar, shaharga tashrif buyuruvchilarni o’ziga maftun qilayotgan bo’lsa, ushbu manzilning zamonaviy qiyofasi hamda namunali turistik xizmatlarning a’lo darajada yo’lga qoyilganligi sayyohlarda mamlakatimiz haqida ijobiy fikrlar uyg’onishiga sabab bo’lmoqda.

Mazkur turistik mintaqaga yana Shahrisabz shahridagi tarixiy obidalarni, Kitob qo’riqxonasi, imom Buxoriy maqbarasi (Chelak qishlogidagi) hamda bir qator tabiiy rekrasion dam olish maskanlarni kiritish mumkin.

Mamlakatimizning eng janubiy o’lkasi Surxondaryo o’ziga xos tabiatga va ko’pgina tarixiy obidalarga ega. Subtropik iqlim va baland tog’lar o’lka tabiatida uhim o’ziga xoslikni shakllantirgan. Rang-barang tabiat mo’jizalariga monand ravishda viloyatning ming yillik tarixidan boxabar qiluvchi ko’hna arxeologik obidalari ichida At-Termiziy maqbarasi, Jarqo’rg’on minorasi, Dalvarzintepa yodgorligi sayyohlarni o’ziga keng miqyosda jalb qilib kelmoqda. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga oyilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashhur joy. Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashhur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud. Boysun qirlarida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Boysun bahori” nomli folklor-etnogragfik jamoalar festivali nafaqat mahalliy, balkim chet ellik mehmonlarni ham o’ziga jalb qilmoqda.

Qadimiy ushbu shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo’lib, o’zida 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro mahalliy va chet ellik sayyohlarning eng sevimli joylaridan biridir. Buxoro amirlarining mustahkam qarorgohi Ark, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi yodgorliklar bilan birga mustaqillik yillarida bunyod qilingan Buxoroning ming yillik tarixini aks ettituvchi shahar monimenti, muqaddas Buxoroning tengi yo’q marvaridlaridir.

Mintaqaning ikkinchi kichik markazi Karmanadir, unda ajdodlarimiz tomonidan bunyod qilingan tarixiy obidalari bilan birga, ming yillik tarix sir-sinoatlarini o’zida jamlagan Sarmishsoy qoyatoshlaridagi rasmlar, Qizilqum bag’ridagi geologiya toshloq o’rmoni ham ko’pchilikni o’ziga jalb qiladi.

Ushbu turistik rekratsion mintaqa Xorazmshohlar davlatchiligining boy tarixiy obidalari hamda Amudaryo sohillaridagi to’qayzorlarida tashkil qilingan “Amudaryo rezervati”, shunigdek Orolboyi ekologik mintaqasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Buyuk ipak yo’li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. Xiva “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko’plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo’lining chorrahasida oylashganligi va bu yerdan karvon yo’li o’tganligi sababli Ichan-Qal’aga dunyoning to’rt tomoniga qaragan to’rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi xuddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko’rinish beradi.

Xivada O’zbekistondagi eng baland minora Islom-Xo’ja minori joylashgan bo’lib aksariyat sayyohlar ushbu tarixiy obidaga chiqishni orzu qiladilar hamda unda turib butun shaharni tomosha qilish imkoniga ega bo’ladilar. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo’lib, ulardan eng nomdori marosimlar o’tkaziladigan, xon dam oladigan va xon haramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-hovli saroyidir. Ichan-Qal’a baland devor bilan o’rab olingan-ki, mazkur devor balandligi 10 metrdan ortiq va kengligi 2 ta ot arava bir vaqtning o’zida harakatlangudek qilib ishlangan. Shahardagi o’nlab muzeylar qadim tarixdan boxabar qilib turadi.

Qoraqolpog`iston mazkur turistik mintaqaning ikkinchi ajralmas qismidir, yohud bu hududdagi mungli qal’alar hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtadir. Bu yerda joylashgan Ayozqal’a, Tuproqqal’a, Guldursinqal’a, Katqal’a, Shilpiqqal’a, Yanboshqal’a, Hozlimxon-Suluv tarixiy yodgorliklari hamda Sulton Uvays maqbarasi, shuningdek Nukus shahridagi Savetskiy nomidagi muzey mahalliy va chet ellik sayyohlarnio’ziga jalb qilib kelmoqda. Yuqoridagi turistik mintaqalarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadga keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish lozim.

О‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga kо‘tarish borasida, avvalo kо‘hna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bо‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini hayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos kо‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat qiluvchi har bir inson bu shaharlarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish orzusida yashaydilar. Kо‘p mamlakatlarda О‘zbekiston о‘zining ana shu shaharlari bilan mashhurdir. О‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol “Sharqning javohirlari” deb atash mumkin. О‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirishda viloyatlardagi imkoniyatlarni о‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.

О‘zbekiston tabiati boy va rang-barang bо‘lib, mamlakatning turli hududlarida 200 dan ortiq shifobaxsh yerosti mineral suvlari hamda balchiq manbalari aniqlangan. Ushbu yerosti suvlari kimyoviy tarkibi, tibbiy-biologik va boshqa xususiyat­lariga kо‘ra turli-tuman bо‘lib, ular asosida fizioterapevtik shifoxonalar, sanatoriy-kurortlar va boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari tashkil etilgan. Masalan, Zomin, Chim­yon, Oqtosh, Chortoq, Sitorai Mohi Xosa, Turon, Chinobod kabilarni qayd etish mumkin. Hozirgi payt­da respublikamizda 56348 tadan ziyod о‘ringa mо‘ljallangan joylar bо‘yicha nomer fondiga ega bо‘lgan maxsus sanatoriy, profilaktoriy va dam olish uylari faoliyat kо‘r­satmoqda. О‘zbekistonda nafaqat yilning is­siq vaqtlarida, shuningdek, qish va kuz mavsumida ham faol dam olishni tashkil etish mumkin. Chimyondagi qishki sport-dam olish majmuasi bu­ning yorqin dalilidir. Ya’ni, Beldir­soy oromgohida 1800-2000 m baland­likda kuzdan kech bahorgacha qor spor­ti bilan shug‘ullansa bо‘ladi. Xud­di shunday sport oromgohla­rini Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ham tashkil qilish uchun barcha tabiiy shart-sharoitlar mavjud. 


Xulosa

Turizmning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilayotgan vaqt davomida jonli va buyumga aylangan mehnatni eng kam sarf qilgan va atrof-muhitni optimal darajada saqlab qolgan holda mamlakat va xorijiy turistlarning tegishli talabiga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarning eng katta hajmini yaratish va realizatsiya qilish uchun ishlab chiqarish va turistik resurslardan foydalanish darajasi bilan baholanadi. Turizm ob'ektlari mamlakatning faqat bir yoki bir nechta tumanlarida jamlanganda ham iqtisodiy buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda yuqoriroq ish haqi va yaxshi mehnat sharoitlari hisobiga turizm iqtisodiyotning boshqa sektorlaridan juda ko`p xodimlarni jalb qiladigan bo`lsa, bandlik nuqtai nazaridan salbiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, tez rivojlanayotgan turistik zonalarda inflyatsiya va yerga, boshqa mahsulotlar va xizmatlarga narx oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bunday salbiy hodisalar turistik faoliyatni rejalashtirish va uning samaradorligini baholashda hisobga olinishi kerak.




Download 59,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish