Kimyoviy analiz usullari hamma vaqt ham murakkab moddalarning tarkibini aniqlashga yaroqli bo‘lavermaydi, chunki ayrim hollarda moddani toza holda ajratib bo‘lmaydi. Bu hollarda fizik-kimyoviy analiz usullaridan foydalaniladi. Fizikkimyoviy analiz usuli sistemaning tarkibi uzluksiz o‘zgartirilganda uning fizikaviy xossalari (suyuqlanish harorati, bug‘ bosimi, elektr o‘tkazuvchanligi, dielektrik konstantasi) qay tarzda o‘zgarishini tekshirishdan iborat. Natijalar holat diagrammalari ko‘rinishida ifodalanadi
Tarkib-xossa” diagrammasida uchraydigan maksimum yoki minimum chiziqning sinishi yoki uning bukilishi sistemaning komponentlari orasidagi o‘zaro ta’sirni aks ettiradi. Masalan, Kurnakov ta’limotiga ko‘ra, tekshirilayotgan sistemaning komponentlari o‘zaro kimyoviy birikma hosil qilsa, uning “tarkibxossa” diagrammasida singulyar (cho‘qqisimon) yoki distektik (yoysimon) nuqtalar hosil bo‘ladi.
Tarkib-xossa” diagrammasidagi o‘zgarishlar sakrashlar bilan sodir bo‘lsa, ya’ni singulyar nuqtalar hosil bo‘lsa, bunda individual kimyoviy birikma hosil bo‘lishi mumkin. Bunday kimyoviy moddaning hosil bo‘lganligini bir necha usullarda isbotlash lozim
Termik analiz Fizik-kimyoviy analizning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlaridan biri termik analizdir. U qattiq va suyuq fazalar orasidagi muvozanat haroratini aniqlashga asoslangan
Shaffof bo‘lmagan va yuqori haroratlarda suyuqlanadigan moddalardan iborat sistemalarni tekshirishda “harorat-vaqt” diagrammalaridan foydalaniladi. Ushbu diagrammalarni sovish egrilari yoki sovish diagrammalari deb ham nomlanadi
Ikki komponentli suyuq sistemadan kristallar ajralib chiqqan vaqtda murakkab xodisalar ro‘y beradi va “harorat–vaqt” diagrammasi ancha murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Termik analizda termoparalar yoki termometrlardan foydalaniladi
Ikki komponentli sistema holat diagrammalarining asosiy turlari: evtektikaga ega bo‘lgan diagrammalar, kongruent (barqaror kimyoviy birikma hosil qiluvchi) va inkongruent (beqaror kimyoviy birikma hosil qiluvchi) ravishda suyuqlanuvchi kimyoviy birikmali diagrammalar, qattiq va suyuq fazalarda chekli va cheklanmagan eruvchanlikka ega bo‘lgan diagrammalar