Baxtsiz hodisa Baxtsiz hodisa deganda tibbiy amaliyotda tasodifan, tibbiy xodimlarga bog‘liq bo'lmagan, sodir bo‘lishini oldin bilish va bartaraf etish imkoni bo‘lmagan holatlar natijasida vujudga kelgan noxush oqibatlarga aytiladi. Aksariyat holatlarda bunday oqibatlar shaxsning hayotligida aniqlanmagan a’zolaming individual xususiyatlari natijasida yuz beradi.
Baxtsiz hodisalar quyidagi holatlarda kuzatilishi mumkin:
- ayrim odatdagi dori-darmonlarga idiosinkraziya;
bemor oldinlari qabul qilgan dori darmonlarga keyinchalik yuqori sezgirlikning vujudga kelishi; simptomsiz kechgan, oldin aniqlanmagan bosh miya qon tomirlari anevrizmasining odatdagi tibbiy muolajalami o‘tkazish vaqtida yorilishi angiografiya yoki gastrofibroskopiya o‘tkazish jarayonida yurakning reflektor to‘xtashi;
- jarrohlik amaliyotini o‘tkazish arafasida ruhiy-emotsional shok natijasida to‘satdan o‘lim holati.
Yatrogeniya “Yatrogeniya” atamasi (grekchadan Iatros - vrach, gennao - yuzaga keltiraman) 1925 yilda nemetspsixiatri О. В umke tomonidan taklif etilgan. Uzoq vaqtlar davomida yatrogeniya deganda vrach so‘zlari yoki harakatlarini bemor ruhiyatiga bevosita yoki bilvosita noxush ta’siri oqibatida yuzaga kelgan kasalliklar inobatga olingan.
I. A. Kassirskiy (1970) yatrogen kasalliklar sifatida nafaqat tibbiy xodim tomonidan bemor ruhiyatining bevosita yoki bilvosita shikastlanish holatlarini, balki mulojalami noto‘g‘ri bajarish, doridarmonlarni noto‘g‘ri qoilash kabi holatlami ham nazarda tutishni taklif etdi. So‘nggi vaqtlarda yatrogeniya tushunchasini yanada
kengaytirishga harakatlar kuzatilmoqda. Ayrim holatlarda yatrogeniya vrach emas, balki o‘rta tibbiy xodim tomonidan sodir etilishi mumkin. Shundan kelib chiqib, vengriyalik psixoterapevt I. Xardi (1972) yatrogeniya analogi sifatida tibbiy hamshiralar harakatlari natijasida yuzaga kelgan noxush oqibatlami tavsiflash uchun “sororigeniya” atamasini
(lotinchadan soror - hamshira) taklif etdi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR.
Shifokor huquqlari nimalarni o’z ichiga oladi?
Shifokorni burchlari va majburiyatlari to’liq amalga oshirilyaptimi?
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni sog’ligini saqlashga oid qonunida qanday majburiyatlar aks etgan?
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan qoidalar qanday?