46-modda. Fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash Fuqarolarning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar ko‘rgan zarar o‘rnini qonunchilikda belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shart.
G‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishga sarflangan mablag‘lar ularning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z kasb-kor vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
Zararning o‘rnini qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qonunga muvofiq intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
47-modda. Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat qilish huquqi Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Vrach xatosi. Errare humanum est (lat. ) - xato qilish insonga xos. Shu jihatdan tibbiy xodimlaming faoliyati bundan mustasno emas. Mos tarzda amalda xatodan xoli bo‘lish ehtimoli juda mushkul masala. “Vrach xatosi” jumlasi ilk bor N. I. Pirgov tomonidan mtaklif etilgan. Uning o‘zi vrachning o‘z kasbiy xatoliklariga munosabatining namunasi sifatida e’tirof etiladi. I. P. Pavlov fikricha N. I Pirogov jarrohlik sohasining professori sifatida ustoz
va vrach mutaxassisliklari uyg‘unligining noyob namunasi bo‘lgan, va uning professor sifatidagi birinchi jasorati “Imperatorlik Derpt universiteti klinikasi jarrohlik bo‘limining annallari” ni nashr etilishida namoyon bo‘lgan. Ushbu asarning birinchi nashriga
so‘z boshida 1837 yilda N. I Pirogov yozgan: “Men... o‘zimning vrachlik faoliyatim va uning natijalari haqida ochiq so‘zlashni muqaddas majburiyatim deb hisoblayman, zero har qanday vijdonli inson, ayniqsa o‘qituvchi, kamroq ma’lumotga ega bo‘lgan boshqa
insonlarni himoya qilish maqsadida o‘z xatoliklarini imkon darajasida tezroq oshkor etish bo‘yicha ichki zaruriyatga ega bo‘lmog‘i lozim” XIX asming ikkinchi yarmida S. P. Botkin qayd etgan: “Men o‘zimni yaxshi tashhisotchi deb hisoblayman, ammo agarda men aniqlangan tashhislaming loaqal 30% to‘g‘ri bo‘lganda o‘zimdan qoniqish his etardim” I. V. Davidovskiyning (1928) ta’rifi bo‘yicha “vrach xatosi - tibbiyot fani va uning usullarini nomukammalligi, yoki kasallikning atipik kechishi, yoki vrach tayyorgarliginmg lozim darajada emasligi oqibatida vujudga kelgan, va ayni paytda sovuqqonlik, e’tiborsizlik yoki tibbiy beparvolik elementlari boimagan holatda
vrachning vijdonan adashishidir”. “Xatolar - vrach faoliyatining muqarrar va qayg‘uli
intihosidir, xatolar - bu doimo yomon, va moddiylik dialektikasiga ko‘ra ulami kelgusida takrorlamaslik uchun boshqalarga yordam berish va o‘rgatish, vrach xatosi fojeasidan yuzaga keladigan birdan-bir optimal echimdir. Ular ular o‘z mohiyatida qanday qilib
xato qilmaslik haqidagi fanini mujassam etadi”.