Qurilish konstruksiyalarining chizmalari. Ularning turlari va shartli
belgilari. Temir beton va metall konstruksiyalarining chizmasi. Shartli
belgilari. Yog‘och konstruksiyalarining chizmasi. Ularning shartli
belgilari.
1. Temirbetonli tom yopma plitalari.
Oralig'i 6 va 12 m bo‘lgan, eni 1,5 va 3,0 m bo‘lgan plitalar ko‘proq ishlatiladi. Asosiy bo‘ylama ishchi armatura oldindan zo‘riqtiriladi. Tokchasining qalinligi 2,5-3 sm qabul qilinadi va u payvand to‘r yordamida armaturalanadi. V 20 – V30 sinfli betondan ishlanadi.
Bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha plita bir oralig'li erkin tayangan kesimi tavr shaklidagi to‘sin kabi doimiy va vaqtinchalik yuklar ta'siriga hisoblanadi. Plita tokchasi ko‘ndalang qovurg'alari orasidagi masofaga ko‘ra uzluksiz to‘sinsimon plita yoki kontur bo‘ylab tayangan plitadek hisoblanadi.
O‘lchami 3x6 m va 3x12 m, 3x18m, 3x24 m bo‘lgan «2T» ko‘rinishli yopmalar tayyorlanishi oson va narxi arzon plitalar hisoblanadi (16-rasm).
16-rasm. Tom yopma plitalar konstruksiyalari.
1-montaj halqasi, 2-zo‘riqtirilgan armatura.
Yirik o‘lchamli gumbazsimon temirbeton plita qisqa silindrik qobiq va segment shaklidagi oldindan zo‘riqtirilgan qovurg'a-diafragmadan iborat (16-rasm). Asosiy ishchi armatura diafragmaning pastki qismiga qo‘yiladi. So‘ngi yillarda yirik o‘lchamli P shakli top yopmasilari ham ishlatilmoqda, ularning o‘lchamlari 3x18, 3x24 m (16-rasm, g) tashkil etadi.
2. Temirbetonli tom stropil to‘sinlari
Oralig'i 6, 9, 12 va 18 m bo‘lgan tomlarni yopishda ishlatiladi. Tomning profiliga ko‘ra ikki nishabli, bir nishabli va parallel belbog'li yuqori tokchasi siniq yoki egri chiziq shaklli turlari bo‘ladi (17-rasm, a…d). Betonni tejash maqsadida to‘sinlar kesimi tavr (l=6,9 m), qo‘shtavr (l=12, 18 m) shaklida qabul qilinadi. Tom yopma plitalarni tayanch sharti va ustunning tashish va montaj paytida ustuvorligini ta'minlash maqsadida (1/50 … 1/60) l , bu esa 2040 sm tashkil etadi.
17-rasm. Stropil to‘sinlar konstruksiyalari (a … j) va ko‘rinishabli to‘sinlar hisobiga doir (z)
1-zo‘riqtirilgan armatura, 2-tayangan karkas, 3-qo‘yilma detal mixi, 4-ko‘ndalang armatura turlari.
Vertikal devor qalinligi, to‘sin oralig'ining o‘rta qismida, tayyorlash sharoiti va ko‘ndalang armaturani joylashtirish shartiga ko‘ra (6-8 sm) belgilanadi. Tayanch kesimlarning mustahkamligi va yoriqbardoshligini ta'minlash maqsadida tayanchlarda devor qalinligi oshiriladi. Oralig'i 12-18 m to‘sinlar oldindan zo‘riqtiriladi. To‘sinlar sharnirli tayangan bir oraliqli elementlar kabi hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |