11-MA’RUZA
Mavzu. MultiSim loyihalash dasturining maqsadi va vazifalari. MultiSim loyihalash dasturining asosiy komponentalari Multisim dasturining interfeysi Maqsad: Multisim dasturi bilan to„liq tanish, uning elementlar bazasidagi mavjud resurslarni topish, ulardan foydalanib elektr zanjirlarini yig„ish, ularda kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish
. Multisim dasturi haqida
Multisim (EWB) dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi, o„lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-radioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (Файл), tahrirlash menyusi (Редактор), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Вид), sxemalarni tahlil qilish menyusi (Моделирование), oynalar bilan ishlash menyusi (Oкнo), yordam fayllari bilan ishlash menyusi (Справка).
Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo„lgan knopkalar mavjud. Knopkalar bosilganda ularga mos bo„limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo„limi ochiladi.
Dasturning bosh oynasi 1.1-rasmda keltirilgan. Ko„rinib turganidek, dastur standart interfeysga ega. Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o„zgartirishlar kiritiladi.
Belgilar (ikonalar) oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi.
Keyingi, ya‟ni sxema oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va o„lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diods) va o„lchash asboblarini (Inctrumentary) tanlash oynalari 1.2-rasmda ko„rsatilgan.
Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to„xtatish (Pusk/Stop) hamda pauza (pauza) knopkalari dastur oynasining yuqori o„ng burchagida joylashgan. Pusk/Stop knopkasiga ega. Ulardan birini bosish yo„li bilan sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki to„xtatish mumkin. Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (1.1-rasm). Multisim dasturiga kirilgandan so‟ng bosh sahifa mana shu kurinishda ochiladi; so‟ng kerekli elementlarni asboblar panelida joylashgan “Источники” tugmasidan olinadi;
“Elektr manbalari” olish yuqorida ko‟rsatilgan ishlarni bajaramiz va shu ochilgan oynadan “Power Sources” tugmasini ustiga bosamiz;
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga muvofiq emas. Chunki ma‟lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin. EWB dasturida ishlash quyidagi uch etapni o„z ichiga oladi: sxemani tuzish; sxemaga o„lchov asboblarini ulash; sxemani aktivlashtirish, ya‟ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni hisoblash. Dasturning bosh oynasi 1.1-rasmda keltirilgan. Ko„rinib turganidek, dastur standart interfeysga ega. Komandalar menyusi oynasi dastur oynasining yuqori qismida joylashgan.
Sxema oynasi dastur oynasining markaziy qismini egallaydi. Ushbu oynada elektr zanjirlar hosil qilinadi va ularga kerakli o„zgartirishlar kiritiladi. Belgilar (ikonalar) oynasi sxema oynasining yuqori qismida joylashgan. Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi. Keyingi, ya‟ni sxema oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va o„lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diods) va o„lchash asboblarini (Inctrumentariy) tanlash oynalari 1.2-rasmda ko„rsatilgan
Sxemani uzoq vaqt davomida aktivlashgan holatda ushlab turish maqsadga muvofiq emas. Chunki ma‟lumotlarni uzoq vaqt davomida intensiv qayta ishlash natijasida hisoblashlardagi xatoliklar ortib ketishi mumkin.
Multisim dasturida
ishlash quyidagi uch etapni o„z ichiga oladi: 1.3-rasm.
Multisim dasturining bosh oynasi
sxemani tuzish;
sxemaga o„lchov asboblarini ulash;
sxemani aktivlashtirish, ya‟ni tadqiq qilinayotgan qurilmadagi jarayonlarni hisoblash
Файл menyusi
Fayl menyu fayllar bilan ishlash uchun mo„ljallangan. Fayl menyusining tashqi ko„rinishi quyidagicha Файл/Новый
Ushbu amal bajarilganda joriy sxema yopiladi va yangi nomsiz oyna ochiladi. Undan yangi sxema tuzish uchun foydalaniladi. Sukut bo„yicha yangi sxemaning nomi Sxema1.ms12 bo„ladi.
Файл/Открыть
Mavjud faylni ochadi. Faqat *.msl0,".ms9,'.mp8/.prz.cir'.dsn/png .ewb /msl2) ('.msll) XML files (-jcml) kengaytmali fayllarni ochish mumkin. Файл/Сохраныть как Joriy faylni saqlaydi. Saqlanadigan faylning joyi va nomi ko„rsatiladi. Saqlanadigan faylga . ms12 kengaytma avtomatik ravishda beriladi. Файл/Сохранить
Joriy sxema yangi nom bilan saqlanadi. Dastlabki sxema (original) o„zgarishsiz qoladi. Ushbu komandadan sxemaning nusxasida eksperimentlar qilish uchun foydalanish mumkin
Файл/Импорт
Komanda sxemalarning nostandart fayllarini (.net yoki .cir kengaytmali) standart Multisim ko„rinishiga o„tkazadi. Файл/Экспорт Sxema faylini .net, .ccr, .cmp, .cir, .plc kengaytmalardan birida saqlaydi. Файл/Принт
Komanda sxema yoki asboblarni qisman yoki to„liq bosmaga chiqarish uchun mo„ljallangan. Ushbu amalni bajarish uchun elementlar qanday tartibda bosmaga chiqariladigan bo„lsa shunday tartibda tanlanishi (ajratilishi) kerak.
Файл/Выход
Electronics Workbench paketi bilan ishlashni tugallash.
Fayl/Install (Windows)
Multisim dasturining qo„shimcha komponentlarini o„rnatish. Buning uchun Multisim dasturining qo„shimcha komponentlari yozilgan disk zarur bo„ladi. Redaktor menyusi
Redaktor menyusi
tahrirlash amallarini bajarish imkoniyatini beradi.
Redaktor/Udalit
Sxema yoki matnning ajratilgan komponentlarini o„chirib tashlash. Bunda o„chirilgan komponentlar almashtirish buferiga olinadi, u yerdan kerakli joyga qaytadan qo„yish mumkin.
Redaktor/Vrezat
Ajratilgan komponentlarning nusxasini almashtirish buferiga olish.
Redaktor/vstavit
Almashtirish buferiga olingan komponentlarning nusxalarini aktiv oynaga qo„yish.
Redaktor/Udalit
Ajratilgan komponentni yo„qotish. Ushbu komanda yordamida yo„qotilgan informatsiya qayta tiklanmaydi.
Edit/Copy as Bitmap
Rastrli tasvirning nusxasini almashtirish buferiga olish. Keyin ushbu tasvirdan matnli protseccorlarda yoki tasvirlarni qayta ishlash dasturlarida foydalanish mumkin. Rastrli tasvirning nusxasini olish uchun quyidagi amallar bajariladi:
a) Edit/Copy as Bitmap tanlanadi (kurcor srosshair ga o„zgaradi);
b) sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda nusxasi olinadigan elementlarning hammasi belgilanadi. v) sichqonchaning chap tugmasi qo„yib yuboriladi.
Edit/Show Clipboard
Almashtirish buferini aks ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |