VARIANT 21
Matnda so`z turkumlarining bir-biriga o`tish tamoyillari (transpozitsiya).
Qiymat nazariyasi (lisoniy qiymat, ma’no, ifodalanmish, ifodalovchi, belgi).
Belgi, ifodalanish, ifodolovchi. Aksariyat kishilar tilni nomenklatura, boshqacha aytganda, har bir ma`lum narsa va hodisaga mos nomlar majmui deb tushunadilar. O`z fikrini asoslash uchun do` Sossyur daraxt va otning suratlari va ularning lotincha nomlarini keltiradi (Bu narsalar ko`rsatiladi).
F.do` Sossyur bunday tasavvurni ko`p tomondan tanqid qilish mumkin, chunki u nomning tabati qanday - tovushiy yoki ruhiy xarakterda ekanligi haqida hech qanday tasavvur bermaydi deb yozadi: daraxtni ifodalovchi arvor so`zini ham tovushiy va ham ruhiy (psixik) tomondan o`rgansa bo`ladi. Nomni narsa bilan bog`lovchi aloqa, kishilar o`ylagandek, jo`n emas. Shunga qaramasdan, bu fikr haqiqat tomon yetaklaydi: til birligi ikki unsurning qo`shilishidan hosil bo`ladigan qandaydir - yoqlama (dualistik xarakterdagi) narsadir. Uning har ikki tomoni ham ruhiy tabatli bo`lib, ongimizda assotsativ aloqa yordamida bog`lanadi. Anna shu holatni-lisoniy belgi tabiatini bilishda assotsiativ (fikriy) bog`lanishning rolini alohida ta`kidlaydi. F.do` Sossyur haq: lisoniy belgi narsa bilan uning nomini emas, balki tushuncha va akustik obrazni bog’laydi. Akustik obraz moddiy (jarang) ham, sof fizik buyum (narsa) ham emas, jarangning 1 psixik belgisi (alomati, asari his-tuyg`u organlari yordamida hosil qilinadigan tasavvurdir. F.do` Sossyur akustik obrazning hissiy (his etish mumkin bo`lgan) hodisa ekanligini, agar biz uni "moddiy" deb atasak, bu faqat shu sababli bo`lishi mumkinligini, uni assotsiativ juftlikning ikkinchi tomoni-nisbatan mavhum bo`lgan tushunchaga qarama-qarshi qo`yish uchun qilish kerakligini alohida uqtiradi. Yuqorida bayon qilinganlardan do` Sossyur muhim xulosa chiqaradi: lisoniy belgi-ikki tomonlama (tomonli) ruhiy mohiyat uni quydagicha tasvirlaydi: Bayon qilinganlardan do` Sossyur muqim bir terminologik masalani ko`tarib chiqadi: Belgi deganda tushuncha va akuistik obrazning o`zaro bog`lanishini tushunmoq lozim. Bu termin, ya`ni belgi umumtilda faqat akustik obrazni ifodalaydi. Biroq,-deb yozadi muallif, - arvor o`zida "daraxt" tushunmasini ham mujassam etadi. Belgini to`g`ri tushuntirish uchun do` Sossyur tushuncha va akuistik obrazni ifodalanish va ifodalovchi terminlari bilan almashtirishni taklif qiladi.
Belgining ixtiyoriyligi masalasini do` Sossyur, aksariyat olimlar ta`kidlaganidek, asosiz ko`tarib chiqmang. To`g`ri, u "opa" tushunchasi fransuz tilidagi s-a-r tovushlarining ketma-ketligiga hech qanday aloqasi yo`q, degan fikrni bildirgan. Ammo do` Sossyur ixtiyoriy so`zining o`zini ham izohlash kerak degan fikrni bildiradi. Ammo do` Sossyur ixtiyoriy so`zning o`zini ham izohlash kerak degan fikrni bildiradi. Ixtiyoriylikni ifodalovchini so`zlovchi erkin tanlanadi ma`nosida tushunmaslik kerak. Boshqachà aytganda, do` Sossyur ixtiyoriylik deganda asoslanmaganlikni, ya`ni belgi mazkur ifodolovchiga nisbatan ixtiyoriy ekanligini tushunadi. O`z fikrini isbotlash uchun muallif tovushga taqlid so`zlar va undovlarni misol qilib ko`rsatadi.
Fonologik tiplar (fonemaning ta’rifi, fonema nutq zanjirida, tovushlarni nutq zanjirida o`rganish zaruriyati).
Do'stlaringiz bilan baham: |