Darslik bilan ishlash metodi.
Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash metodi asosiy ‘rints’lardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, texnika yoki san’at sohasini egallab bo’lmaydi.
Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o’qish-o’rgatuvchi ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo’lgan ilmiy va ilmiy-ommabo’ adabiyotlarni mustaqil o’qib-o’rganish madaniyatini tarkib to’tirish bilan birga u bolalarni ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega.
Darslik bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:
dars jarayonida darslik va o’quv adabiyoti bilan ishlash;
darslik va o’quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil ishlash.
Demonstratsiya, illyustratsiya va ekskursiya (sayohat) metodi
Demonstratsiya va illyustratsiya o’quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali bevosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O’rganilayotgan buyum va hodisalarni tiniq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o’quvchilarning olgan bilimlari chuqur va ‘uxta biladi.
Illyustrativ-tasvirlash. Rasmlar ko’rsatish. Maktabda qo’llaniladigan ko’rsatma ma’lumotlar ikki turda bilishi mumkin.
1. Tabiiy ko’rsatma materiallar: o’simliklar, hayvonlar, foydali qazilmalar, ularning to’’lamlari, fizik asbob va boshqalar.
2. Tasviriy ko’rsatma materiallar.
II. Noan’anaviy ta’lim metodlari.
1. Konferentsiya darsi.
2. Seminar darsi.
3. Texnika vositalari yordamida dars o’tish.
4. Ilmiy-fantastik kitoblar ustida ishlash.
5. O’ylab to’ (evrika).
6. O’yinchoqlar yordamida dars o’tish.
7. Darsda kasbga yo’naltirish.
8. Eks’erimental dars o’tish.
9. Bahs-munozara darsi.
10. Har xil yozma ishlar.
11. Integratsiya (fanlararo bog’lanish) darsi.
Konferentsiya darsi
O’quvchilarning ijodiy ishlashga ko’mak beruvchi usullardan biri, maktablarda konferentsiya darsini tashkil etish va o’tkazishdir.
Konferentsiya darsi quyidagi yo’nalishda bo’ladi:
a) an’anaviy shaklda konferentsiya darsi;
b) maxsus mavzuni ilmiy jihatdan o’rganish;
v) kasbga qiziqtirish darsi.
Konferentsiya darsi o’quvchilarning kitob ustida mustaqil ishlashga, olam yangiliklari bilan tanishtirish va o’quvchilarning bilish faoliyatini kengaytirishga katta yordam beradi.
Konferentsiya darsining muvaffaqiyatli o’tishi uning sifatiga, tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Bunday tayyorgarlikka quyidagi bosqichlar kiradi:
konferentsiya darsining vazifalari va unda muhokama qilinadigan savollar doirasini aniqlash;
o’qituvchining tegishli adabiyotlarni o’rganishi;
o’quvchilar o’rtasida ma’ruzani to’g’ri taqsimlash;
o’quvchilar uchun qo’shimcha moslamalar berish;
Seminar darsi
O’quvchilarda mustaqil bilim olish va kitob ustida ishlash ko’nikmasini hosil qilishda seminar darsi yaxshi natija beradi.
Seminar darsi hozirgi zamon talabiga javob beradigan dars turlaridan biri bo’lib o’quvchilarni mustaqillikka o’rgatadi, qo’shimcha adabiyotlar, jurnallar, ommabo’ kitoblar, ma’lumotnoma (s’ravochnik) lardan foydalanishga odatlantiradi. O’quvchi o’rgangan materiallarini xulosalash, texnika va turmushga bog’lash, muammoli savollarni to’g’ri hal qilishda ijodiy yondashishga harakat qiladi.
Seminar darsining maqsadi o’quvchilarni adabiyotlardan, qo’llanmalardan mustaqil kons’ekt olishga, o’quv ‘redmetini chuqurroq o’rganish, egallagan bilimlarini umumlashtirishga o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |