Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: A.Jo‘raev
Tel:224.24.60
Madaniy meros agentligiga
Sizning 2022 yil 21 apreldagi Shofirkon tumani, “Bog‘i afzal” MFY hududida joylashgan “Vardonze” qo‘rg‘oni arxeologiya yodgorligining muhofaza hududini texnika yordamida takroran surib, kelgusida poliz ekinlari uchun erlar tayyorlanayotganligi to‘g‘risidagi 01-12/1066-sonli xatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, hozirgi kun xolatiga ko‘ra “Vardonze” qo‘rg‘oni arxeologiya yodgorligining muhofaza hududida texnika yordamida takroran surish va poliz ekinlari uchun er tayyorlash ishlari olib borilganligi xolati kuzatilmaganligini bildiramiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori B.Nasimovga
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 12 sentyabrda qabul qilingan "Muzeylar to‘g‘risida"gi O‘RQ-177-sonli Qonuniga 2021 yil 26 noyabrdagi "Muzeylar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga Qo‘shimchalar kiritish haqida O‘RQ-732 Qonuni asosida quyidagi qo‘shimchalar kiritilgan.
1) quyidagi mazmundagi 27-1-modda bilan to‘ldirilsin:
"27-1-modda. Muzeylarning faoliyat turlari
Muzeylar qonunchilikda taqiqlanmagan hamda ushbu Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin. Bunda muzeylar tomonidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi ta’minlanishi kerak";
2) 28-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
"Davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi va ushbu mablag‘lar hisobiga byudjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi" deb belgilangan.
Shunga ko‘ra, Qonunning 24-moddasida nazarda tutilgan muzeylarni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
“BUXOROSINEMA” MChJ rahbari R.Rasulovga
Ma’lumot uchun: Buxoro viloyati hokimligiga
Sizning, Buxoro viloyati hokimi nomiga Buxoro viloyati tumanlari va Buxoro shahrida joylashgan tarixiy obidalarida film suratga olish ishlariga ruxsat berishni so‘rab yozgan murojaatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Boshqarma tomonidan “Mir Arab” madrasasining 500 yilligiga bag‘ishlangan Mir Arab oliy madrasasi tarixi, uning O‘rta Osiyoda tutgan o‘rni haqida hikoya qiluvchi “MADRASAI OLIY” BAS-BUL-AJAB deb nomlangan xronikal xujjatli filmni o‘rnatilgan tartibda suratga olish ishlariga e’tiroz yo‘qligini bildiramiz.
Shunga ko‘ra, Sizdan tasvirga olinishi rejalashtirilgan Buxoro shahri va tumanlarda joylashgan tarixiy obidalarning ro‘yxatini boshqarmaga taqdim etishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |