Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi: E.Sobirov
65-220-02-19
Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari U.Najmiddinovga
Sizning, Buxoro shahar Narshaxiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Negmatovaning murojaatini ko‘rib chiqib, murojaatda ko‘rsatilgan hududlarda arxeologik qazuv va qidiruv ishlari olib borilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan xatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
Arizi muallifa N.Negmatovaning tomonidan taklif etilayotgan Buxoro viloyatining qator hududlarida joylashgan Xoqi poyi Buxoro, Bibi Kapudpo‘sh, Xo‘ja G‘arib, Xo‘ja Qo‘shni, Childuxtaron, Boboyi Kalon kabi bir qator qabristonlarda arxeologik tadqiqot ishlari to‘g‘risida viloyat madaniy meros boshqarmasida ma’lumotlar mavjud emas.
Shuningdek, ushbu hududlarda turizmni rivojlantirish masalasida viloyat Turizm va sport boshqarmasiga murojaat etish maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.
Boshqarma boshlig‘i Sh.Mahmudov
Ijrochi:E.Sobirov
65-220-02-19
Buxoro tumani, “Talaliyon” MFY, “Ko‘l Yurun” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sharipov va boshqalarga
Sizning, “Talaliyon” MFY, “Ko‘l Yurun” qishlog‘ida joylashgan “Nazar Eshon” masjidini madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilishida amaliy yordam berishni so‘rab yozgan murojaatingiz Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida, atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida, “Nazar Eshon” masjidi qurilishida ishlatilgan materiallari hamda qurilish uslubi jihatidan XVIII asrga mos keladi. Bugungi kunda, masjid mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qayta ta’mirlangan. Ta’mirlash davrida masjidning kirish qismidagi yog‘och eshiklari zamonaviy alyumin romlar bilan almashtirilgani hamda ushbu eshiklari mazkur hududda saqlanib kelinayotgani aniqlandi.
O‘zbekistan Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tug‘risida” 269-II-sonli qonuni 12-moddasining ikkinchi xatboshisida Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan ob’ektlarni Moddiy madaniy meros ob’ektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro‘yxatiga kiritish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan kundan e’tiboran mazkur ob’ektlar aniqlangan madaniy meros ob’ektlari jumlasiga kiritiladi deb belgilangan.
Shunga ko‘ra, Sizdan, “Talaliyon” MFY, “Ko‘l Yurun” qishlog‘ida joylashgan “Nazar Eshon” masjidi to‘g‘risida ilmiy asoslangan, tarixiy ma’lumotlarni Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida taqdim etishingizni so‘raladi.
Shuningdek, “Nazar Eshon” masjidining yog‘ochdan ishlangan qadimiy eshiklarini joyiga qayta o‘rnatilishiga qadar ishonchli muhofaza qilish choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |