Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi raxbari S.Xodjaevga
Ma’lumot uchun: Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasiga
Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi o‘z murojaatida Ark qo‘rg‘oni hududidagi “Xonoqo” masjidi avariya holatida ekanligi, gumbaz qismi yiqilib ketmasligining oldini olish maqsadida, restavrasiya ishlari bajarilishiga qadar zaruriy choralar, tirgaklar qo‘yilishida amaliy yordam berishni so‘ragan.
Shunga ko‘ra, Sizdan Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazining mutaxassislari ishtirokida “Xonoqo” masjidi o‘rganib chiqib, xulosa berishingizni so‘raymiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
65 2242460
IRIS ENGINEERING TOURISM and TRADE COMPANY shirkatining, Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bo‘yicha vakili Omer Alemdarga
Ma’lumot uchun: Madaniy meros agentligiga
Madaniy meros agentligining 2022 yil 2 iyundagi 01-07/1551-sonli xatida YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Buxoro tarixiy markazi” hududida qurilishi rejalashtirilgan “Shaxriston hunarmandlar markazi”ning yangilangan loyihasi bo’yicha ICOMOS tomonidan texnik xulosa olinganligi hamda texnik xulosada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etib, agentlik huzuridagi ilmiy ekspert kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etishni so‘ragan.
Shunga ko‘ra, Sizdan “Shaxriston hunarmadlar markazi”ning yangilangan loyihasi bo‘yicha ICOMOS tomonidan berilgan texnik xulosada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Madaniy meros agentligi huzuridagi ilmiy ekspert kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etishingizni so‘raymiz.
Boshqarma boshlig’i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel: 224-24-60
Qorako‘l tumani, “Qozon” MFYda joylashgan “Xo‘jalar” masjidi imom xatibi J.Abduxamidovga
Sizning 2022 yil 19 maydagi “Qozon” MFYda joylashgan “Xo‘jalar” masjidini yiqib, o‘rnida yangi masjid qurishga ruxsat berishni so‘rab yozgan xatingiz viloyat madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
4 oktyabrdagi 846-sonli qaroriga binoan Buxoro viloyatida moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ruyxati tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatdan “Qozon” MFYda joylashgan “Xo‘jalar” masjidi o‘rin olmagan. Biroq ,“Xo‘jalar” masjidi davlat muhofazasiga olish bo‘yicha “Qozon” MFY tomonidan muqaddam murojaat etilgan bo‘lib, boshqarma mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganib chiqilgan hamda tarixiy badiiy qimmatga ega ekanligi aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizga “Xo‘jalar” masjidini Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ruyxatiga kiritish, asrab avaylash va kelajak avlodlarga etkazish maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |