Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Buxoro viloyati hokimligiga
Buxoro viloyati hokimligining 2022 yil 18 iyuldagi 818-sonli xatida ShHTga a’zo davlatlar rassomlaridan iborat delegasiyaning 2022 yil
15-30 iyul kunlari Respublikamizga tashrifi doirasida 21-22 iyul kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi nazarda tutilgan.
ShHTga a’zo davlatlar rassomlaridan iborat delegasiyaning joriy yil
21-22 iyul kunlari tashrifi doirasida Buxoro viloyatida joylashgan madaniy meros ob’ektlari va diqqatga sazovor joylarga kirishda amaliy yordam berilganligini ma’lum qilamiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
65 2242460
Madaniy meros agentligiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27-maydagi PQ-261-son qarori 1- ilovasi 1.1- bandida belgilangan “2022-2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”ga muvofiq Buxoro davlat muzey qo’riqxonasida tashkil etilgan “Open Air Fest” ko’ngilochar dasturi to’g’risida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”ning 1.1-bandida belgilangan xizmatlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilganini ma’lumqilamiz:
Joriy yilning 15-iyul kuni “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi “Sitorai Moxi-Xosa” xalq amaliy bezak san`ati muzey filialida “Open Air Fest” ko‘ngilochar dasturi doirasida. Tadbirda 50 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy sayyohlar tashrif buyurishdi. Tashrifchilar uchun tungi muzey bo‘ylab mazmunli ekskursiya o’tkazildi.
15-iyul kuni “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi “Sitorai Moxi-Xosa” xalq amaliy bezak san`ati muzey filialida tashrif buyurgan mehmonlar va sayyohlar uchun “Muzeyda tun” ko‘ngilochar dasturi o’tkazildi.Tadbirga 50 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy sayyohlar tashrif buyurdilar.
Yuqorida qayd etilgan barcha tadbirlar “Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi” ashyolariga zarar yetkazmaslik maqsadida texnik va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi.
Tadbir bo‘yicha fotolavhalar ilova qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlarning manzilli rejasi”ning 1.2-bandida belgilangan xizmatlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilganini ma’lum qilamiz:
Joriy yilning 16-iyul Sitorai Moxi-Xosa xalq amaliy bezak san’ati muzey filialida miniaturist rassom Rahimov Nodir tomonidan o’tkazilgan mahorat darsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |