Boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Sharofiddinov
Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibidagi muzey va filiallarning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati o‘rganib chiqildi.
Bunga ko‘ra, muzey qo‘riqxonasi tizimidagi muzeylarda
Sizning 2022-yil 19-sentabrdagi
01-07/2949-sonli xatingizga:
YuNESKOning “Tarixiy shaharlar manzaralari to‘g‘risida”gi tavsiyanomasini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus so‘ravnoma ilovada ko‘rsatilgan elektron shaklda boshqarma mutaxassislari tomonidan to‘ldirilib, belgilangan tartibda yuborilganligini ma’lum qilamiz.
Boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Sharofiddinov
Ijrochi: E.Sobirov
Tel:93.961.77.71
Buxoro shahar Poyi Ostona ko‘chasi 19 uyda yashovchi fuqaro M.Raxmonovaga
KO‘RSATMA XATI
Madaniy meros agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan YuNESKO Umumjahon meros ro‘yxatiga kiritilgan “Buxoro tarixiy markazi” xududida joylashgan madaniy meros ob’ektlari ko‘zdan kechirilganda Siz tomoningizdan Davlat muhofazasiga olingan “Bozori Kord” hammomi va unga tutash huddudda savdo sotiq faoliyat bilan shug‘ullanayotganingiz, hammom ro‘parasida sizga tegishli savdo do‘koni borligi aniqlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizdan “Bozori Kord” hammomi va unga tutash huddudda savdo sotiq faoliyatini to‘xtatib, hammom devoriga o‘rnatilgan qurilmalarni o‘z ixtiyoringiz bilan bartaraf qilishingizni hamda o‘zingizga tegishli savdo do‘konida faoliyat olib borishingizni so‘raymiz.
Agarda, Siz ushbu nazorat talablariga amal qilmasdan o‘zboshimchalik bilan harakatni davom ettirgan taqdiringizda, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 avgustdagi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-560-sonli Qonunining 2-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 64-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik mavjudligini bildiramiz.
64-modda. «Moddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk ob’ektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob’ektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob’ektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Siz tomoningizdan “Bozori Kord” hammomi va unga tutash huddudda savdo sotiq faoliyatini to‘xtatib, hammom devoriga o‘rnatilgan qurilmalarni o‘z ixtiyoringiz bilan 5 (besh) kun muddatda bartaraf etishingizni so‘raymiz, aks holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |