2.3 Detallarni pardozlash
Detalning ishlov berilgan yuzasi pardozlangandan keyin tozaligi 14- sinfgacha to`g`ri keladigan kuzgudek yaltiroq yoki xiraroq shaklda bo`ladi, ya`ni nafis dovodkalashda tayyorlanmaning yuzasi tozalangan va silliqlangan bo`ladi. Moylash-sovitish suyuqligi sifatida 5—10 % mashina moyi aralashtirilgan kerosin ishlatiladi. Jilolash dastgohlari. Jilolash dastgohlari ham sanoat korxonalarida turli jarayonlarni bajarish uchun ishlatiladi, jilolash dastgohlari detallar o`lchamlarining aniqligiga rioya qilmay, chiroyli, yaltiroq yuza hosil qilish zarur bo`lgan hollarda; detallarni pardozlash, shuningdek, xromlangan, nikellangan va boshqa materiallar bilan qoplangan yuzalarni yaltiratish uchun ishlatiladi. Jilolashda – har xil ip, gazlama, namat, fetra va jun (kigiz) qoplangan yumshoq doiralardan foydalaniladi. Jilovlovchi material doira sirtiga jilolash pastasi (vena ohagi yoki xrom oksidi aralash pastalar, shuningdek, GOI pastalar) tarzida surtiladi. Jilolashda jilo beruvchi doiraning tezligi 35 m/s ga etadi. Detallarni abraziv zarralari aralashtirilgan suyuqlik bilan ham jilolash mumkin. Bunday holda suyuqlikka yaxshilab aralashtirilgan mayda abraziv donalari oqim tarzida 80 kn/m2 bosim ostida ishlov beriladigan yuzaga yo`naltiriladi, bunda abraziv donalari yuzaning tarmoqchalarini tekislaydi va g`adir-budurligini kamaytiradi. Bu usul istalgan shakl va o`lchamdagi shakldor yuzalarga ishlov berish uchun qo`llanilishi mumkin. Odatda, suyuqlik (suv) dagi abraziv donalar miqdori og`irlik jihatidan 30—40 % ga teng bo`ladi. Jilolash (yaltiratish) usulidan ishlov berilayotgan detal yuzasini kuzgudek yaltiroq qilish uchun foydalaniladi. Jilolash namat, kigiz, rezina va parusinadan yasalgan yumshoq elastik doiralar yordamida amalga oshiriladi. Doiralarning yuzasiga elektrokorund, kremniy-karbidning abraziv kukuni yoki pasta elim yordamida surtiladi. Pasta sifatida xrom, oksid, krokus, vena oxagi, kukun ishlatiladi. Jilolangan yuzalarning tozaligi 7 dan 12 sinfga to`g`ri keladi.
Jilolash usulidan, ko`pincha detallarning yuzalariga bezak pardozi berish, shuningdek, galg`vanik qoplash (xromlash, nikellash va hokazo kabilar) oldindai yuzalarga tayyorgarlik berish jarayoni sifatida foydalaniladi.
III.Asosiy qism
3.1. Elektrodvigatel tanlash bo’yicha umumiy ma’lumotlar.
“Elektr yuritma asoslari” fanidan kurs loyihasiga topshiriq elktr yuritmasi (EY) loyihalanishi lozim bo’lgan ishchi mexanizmning ish rejimi va yuklanishi bo’yicha berilgan. Elektrodvigatel (ED) tanlashda texnologik jarayon talablari hisobga olinishi kerak, ular quyidagilardan iborat:
Elektrodvigatelni himoyalanganlik darajasi;
Aylanish tezligi;
Tarmoq kuchlanish kattaligi;
Tok turi (o’zgarmas, o’zgaruvchan);
Konstruktiv xususiyatlari;
So’vutish tizimi;
Klimatik tayorlanishi;
EDni ishlash rejimi;
Statik yiklama turi va boshqalar.
Elektrodvigatel tanlashda asosiy mezon bu ishchi mexanizmga talab etilgan va to’g’ri aniqlangan quvvat hisoblanadi. Ana shu talab etilgan quvvat bo’yicha EDni quvvati olinadi. Talab etigan quvvatdan past quvvatli dvigatelni qo’llash mexanizmni normal ishlshini buzulishiga, uni ish unumdorligini pasayishiga, avariyaga va ishdan chiqishiga olib keladi. Oshirilgan quvvatli dvigatelni ishlatish esa ortiqcha xarajatlarga va f.i.k. pasayishiga sabab bo’ladi. O’zgaruvchan tok dvigatellarida esa quvvat koeffitsenti cosϕ ni kamayishiga, transformatorlarni quvvatini oshirilishiga va energiya isroflarini ortishiga olib keladi.[5]
Elektr yuritmani quvvati ishchi mexanizmni hisobiy quvvati bo’yicha tanlanadi, bunda uzatish qurilmasi (reduktor)dagi isroflarni hisobga olish zarur. Shuningdek dvigatelni ishlash rejimi ham hisobga olinishi kerak. Bundan tashqari dvigatelni quvvatiga uni ishga tushirish, tormozlash va tezligini rostlashdagi, static yuklamalarni o’zgarishidagi o’tkinchi jarayonlar ta’sir etishini yodda tutish lozim. Tanlangan dvigatelni o’tkinchi jarayonlari va dinamik yuklamalari hisoblanib tekshiriladi, ya’ni
M = Mc + J(dω/dt)
Bu erda, M – dvigatel validagi moment, Mc – ishchi mexanizmni static moment, J(dω/dt) – o’tinchi jarayonlarda hosil bo’ladigan dinamik moment.[9]
Do'stlaringiz bilan baham: |