10-mustaqil ish (4 soat)
Mavzu: Yurak va qon tomirlarining tuzilishi.
Maqsad: Yurakning ahamiyati va tuzilishi .Qon tomirlarining turlari, joylashishi, kapillyar vena, arteriya aorta tomirlarining tuzilishi. Aorta yoyi va uning tarmoqlari. Katta va kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarning joylashishi. Yurak devorlari, bo’shliqlari, klapanlari va muskullari haqida tushuncha. Limfa va uning tomirlari. joylashishini o’rganish.
Vazifa: Mavzudan kelib chiqqan holda o’z bilimlarini mustaqil bayon eta olish. Ko’rgazma vositalaridan o’rinli foydalanish.
Mustaqil ishning yo’nalishlari:
a) Yurakning kameralari klapnlari ularning ahamiyati va tuzilishi va asosiy funksiyalari.
v) Qon tomirlarining turlari, joylashishi, kapillyar vena, arteriya aorta tomirlarining tuzilishi.va ularning ta’rifi.
s) Aorta yoyi va uning tarmoqlarining joylashishi.
d)Katta va kichik qon aylanish doirasidagi tomirlarning ahamiyati hamda joylashishi.
e) Limfa va uning tomirlari. joylashishini o’rganish.
Mustaqil ish yuzasidan topshiriqlar.
Yurakning toj tomirlari va o’tkazuvchi sistemasi. Yurak va limfa tomirlari, yurak xaltasi va uning topografiyasi. Yurakning filogenezi va tuzilishini mustaqil ravishda o’rganish.
Bola va katta odam yurak tomir sistemasining o’ziga xos xususiyatlarini amaliy tarzda, ya’ni chizib o’rganish.
Qon aylanish doiralari funksiyasi va shikastlanishlari haqida qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumotlarga ega bo’lish.
Mustaqil ishning barcha yo’nalishlari bo’yicha, mustaqil ishning asosiy mazmuniga asoslangan holda, elektron darsliklar, internet tarmog’i va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ma’lumotlardan foydalanib, chizma asosida og’zaki bayon etish.
5. Amaliy ish: “Qon aylanish doiralari ” tasvirlangan tablitsa tayyorlash.
Mustaqil ishning asosiy mazmuni:
Yurak-qon tomirlari sistemasi va ahamiyati.
Tomirlar tizimi organizmda muhim vazifani bajaradi. Ularning ichida suyuqlik (qon, limfa) oqadi. Bu suyuqlik hujayra, to‘qimalar hayoti uchun kerak bo‘lgan ozuqa moddalar va kislorodni (arteriyalar) yetkazib beradi, ulardan organizm uchun keraksiz moddalarni ekskretor a’zolarga (venalar) olib borib tashqariga chiqaradi. Tomirlar ichidagi suyuqlik tarkibiga qarab ikki qismga: qon tomirlar va limfa tomirlarga bo’linadi. Qon tomirlar teri va shilliq pardalar epiteyida, sochlarda, ko‘z olmasining shox pardasida va bo‘g‘imlar tog‘ayida bo‘lmaydi. Qon tomirlar tizimida qon oqadi. Bu tizimga arteriyalar, venalar, mikrotsirkulyator tizim va Yurak kiradi. Bu tizim organizmda modda almashinuvini ta’minlaydi. Qon tomirlar tizimining markaziy a’zosi Yurak hisoblabadi. U ritmik ravishda qonni harakatga keltiradi. Yurakdan boshlanib organizmga tarqaladigan tomirlar arteriyalar deb ataladi. Bu nomni birinchi bo‘lib eramizdan oldingi uchinchi asrda yashagan Gippokrat bergan bo‘lib (aer-havo, tereo-saqlayman) degan ma’noni bildiradi. Hujayra va to‘qimalardan qonni Yurakka olib keluvchi tomirlar venalar deyiladi. Arteriya va venalar o‘rtasidagi mikrotsirkulyator qism: arteriola, prekapillyar, kapillyar, postkapillyar va venulalardan iborat. Odam tanasida ikkita (katta va kichik) qon aylanish doirasi tafovut qilinadi. Kichik (o‘pka) qon aylanish doirasi o‘pkada qonni kislorod bilan boyitish uchun xizmat qiladi. U o‘ng qorinchadan o‘pka poyasi bo‘lib boshlanib o‘pkaga yetib kelib o‘ng va chap o‘pka arteriyasiga bo‘linadi va alveolalarni o‘rab karbonat angidridni alveolaga berib, kislorodni qabul qiladi. Kislorodga to‘yingan qon 4 ta o‘pka venalari orqali chap bo‘lmachaga quyiladi. Katta qon aylanish doirasi chap qorinchadan aorta bo‘lib boshlanadi. Aortadan chiqqan arteriyalar a’zolar va to‘qimalarga tarqaladi. To‘qimalar, a’zolardan chiqqan venalar o‘zaro qo‘shilib ikkita yirik: yuqorigi va pastki kavak venalarni hosil qilib o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.
Bundan tashqari uchinchi (Yurak) qon aylanish doirasi Yurakning o‘zini qon bilan ta’minlaydi. U aortadan chiqadigan yurakning toj arteriyalari bo‘lib boshlanib, Yurak venalari bo‘lib tugaydi. Yurak venalari vena sinusini hosil qilib o‘ng bo‘lmachaga ochiladi.
Arteriya va venalarning o‘rtasida mikrotsirkulyator tizim joylashgan bo‘lib, qon bilan to‘qima o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Bu tizim arterioladan boshlanadi. Uning tarkibiga prekapillyar, kapillyar va postkapillyar kirib venullaga o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |