Mustaqil ishning yo’nalishlari: 1. Hiqildoq haqida umumiy ma’lumotlar.
2. N.K.Axmedovning “Odam anatomiyasidan atlas” kitobidan hiqildoq organlari tuzilishini chizma holda o’rganib, uni tahlil etish.
3. Hiqildoqning organizmda tutgan o’rni, tuzilishi, tanada joylashishi va uning ahamiyati.
Mustaqil ish yuzasidan topshiriqlar. 1. Mustaqil ishning barcha yo’nalishlari bo’yicha, mustaqil ishning asosiy mazmuniga asoslangan holda, elektron darsliklar, internet tarmog’i va ommaviy axborot vositalari orqali olingan ma’lumotlardan foydalanib, chuqur bilimga ega bo’lish.
2. Mustaqil holda o’zlashtirgan bilimlarni va hosil qilingan ko’nikmalarni erkin holda og’zaki ravishda bayon etish.
3. Hiqildoqning qisimlarining tashqi tuzilishi bo’yicha ko’rgazma vositasi tayyorlash (slaydlar).
4.Mazuga doir test variantlari tuzish.
. Mustaqil ishning asosiy mazmuni: Hiqildoq halqumning oldida bo’yinning oldingi qismida til osti suyagining ostida bo’yining 4-5 umurtqalari sathida joylashgan. Uning teshigi Halquming pastki Hiqildoq qismiga ochiladi. Hiqildoq bo’yinning o’rta chizig’i bo’ylab bevosita teri ostida jolashgan. Erkaklarda u aniq seziladigan do’ng hosil qilib, oldinga bo’rtib chiqib turadi. Qalqonsimon tog’ay eng katta tog’aydir. U oldida bir-biri bilan burchak hosil qilib birlashgan ikkita turtburchak plastinkadan tuzilgan.
Hiqildoq qopqog’i elastik tog’aydan tuzilgan bo’lib Hiqildoqka kiradigan joyning yuqorisida joylashadi va ovqat vaqtida uning teshigini yopadi.U egri yupqa tog’ay plastinka bo’lib, pastki tomonda ingichka oyoqcha hosil qiladi.Hiqildoq qopqog’ining tog’ayi ikki tomonda shilimshiq parda bilan qoplangan.U Hiqildoq qopqog’ining yonlari bo’lib, chumchuqsimon tog’ay va Hiqildoq qopqog’i urtasida chap va o’ng tomonda joylashgan ikkita burma hosil qiladi.Bu burmalar chumchuqsimon tog’aylarning uchigacha cho’zilgan bo’lib, Hiqildoq teshigini chegaralab turadi.
Hiqildoq /larynx/. Qalqonsimon tog’aydan pastga halqasimon tog’ay joylashadi, u halqa oldinga, pastki yoy va orqada esa to’rtburchakli katta plastinka hosil qiladi. Bu plastinkalarning yuqorigi chetida chumchuqsimon tog’aylar bilan birikuvchi ikkita kichik bo’g’im yuzasi bor.Halqasimon tog’ay Hiqildoq skeletining asosini tashkil qiladi, undan pastda traxeyaning tog’ayli halkalari yotadi.
Halqasimon tog’ay plastikaning yuqorigi chetida u bilan bo’g’imlar yordamida birikkan holda ikkita chumchuqsimon tog’ay joylashadi. Bu Hiqildoqning eng harakatchan tog’aylaridir. Ularning har biri asosi bilan halqasimon tog’ayga birikadigan peramida shaklida bo’ladi. Uchi yuqoriga erkin yo’nalgan tog’ayning asosida ikkita orqa va oldingi o’simtalar bor.
Orqadagi muskulli o’simtaga Hiqildoq muskullari yopishadi. Oldingi o’simta tovush o’simtasi deb ataladi.Chunki chumchuqsimon tog’aylarning bu o’simtalardan halqasimon tog’ay burchagining ikkinchi yuzasiga qarab o’rtasida tovush yorig’i bo’lgan ikkita tovush payi tortilgan. Nafas oladigan tovush yorig’i kengayadi, gapirganda esa tovush paylarining taranglashishi va bir-biriga yaqinlashishi tufayli Hiqildoq tog’aylari bir-biri bilan turli usulda birikadi. Qalqonsimon tog’ayning pastki tarmoqlari, halqasimon tog’ay va qalqonsimon tog’ayning oldingi egilishiga imqon beruvchi bo’g’imlari yordamida birikadi. Chumchuqsimon tog’aylar ham halqasimon tog’ay bilan bo’g’imlar yordamida birikadi.Shu tufayli ular tik o’q atrofida tovush teshigini kengaytiruvchi va toraytiruvchi harakat qiladi. Halqasimon tog’ayning pastki cheti oldingi tomon halqasimon va qalqonsimon tog’aylar o’rtasidagi pay yordamida birikadi.Tovush paylaridan yuqoriroqda ularga parallel holda qorincha paylari joylashgan. Qorincha va tovush paylari o’rtasida ularning har ikki tomonida Hiqildoq qorincha deb ataladigan uncha katta bo’lmagan chuqurcha bor. Qorinchalar shilimshiq pardasining bezlari tovush paylarini namlab turadigan juda ko’p shilimshiq ajratadi.
Hiqildoqning shilimshiq pardasi qorincha va tovush paylarini urib turadigan joyda shu paylar nomi bilan ataladigan burmalar hosil qiladi. Hiqildoq muskullari ko’ndalang tarang muskul to’qimasidir. Bu muskullar qisqarishi natijasida Hiqildoq tog’aylari harakatga keladi,buning oqibatida tovush tezligi kengayishi vatorayishi mumkin. Tovush paylari esa taranglashadi va bo’shashadi.