Begmuxammedov botirbek murodillayevichning bitiruv malakaviy ishi


Sassiq kovrak jinlarga ozor yetkazadi –



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana25.11.2022
Hajmi3,13 Mb.
#872609
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
kovrak osimligining laboratoriya hayvonlari serpushtligiga tasiri

Sassiq kovrak jinlarga ozor yetkazadi – 
xoh u musulmon jin bo’lsin, xoh kofir. 
Bu o’simlik ularni dardga yoki o’limga giriftor qilishi mumkin.Shu yerda 
diqqatizni qaratmoqchiman: bosh, asab va tomirlarni davolovchi barcha vositalar 
ruhiy kasalliklarni davolashda ham albatta kor qiladi. Masalan, issiq-sovuq, sehr, 
ko’z va xasad tufayli jin tekkan kishilarni davolashda va odamlarga ziyon 
yetkazuvchi uy jinlariga qarshi bu vositalarning foydasi bordir. Sassiq kovrakning 
ushbu foydali tomonini u bilan hyech qachon ish ko’rmagan kishilargina rad 
etishadi. Kovrak hatto ilonlarga aziyat yetkazadi. Shuningdek, ba’zi hollarda u 
Islom ruxsat bergan davo vositasi va katalizatorga aylanishi mumkin. 
Sassiq kovrakning foydasi
Sassiq kovrak – “anjudan” nomli o’simlikning shirasi bo’lib, Misrda uni “abu 
kabir” deb atashadi. Eng sifatli kovrak yelim-smolasi – bu qizil, kuchli hidi 
(sarimsoq va piyoz isi kabi) bor kovrakdir. Ba’zilar uni ana shu hidi sababli xush 
ko’rishmaydi. Boshqa kovrak turlarining bundan ham kuchli va noxush hidi 
bo’ladi. Kovrak o’ziga tortish kuchiga ega bo’lib, go’sht hajmini kichraytiradi va 
uni titkilab tashlaydi. Boshqa daraxt shiralariga nisbatan uning tabiati eng issiq va 
siyrak, shuning uchun u kuchli so’rish ta’siriga egadir. Kovrakning foydasi ko’p – 
qadimda odamlar uning ba’zi foydali tomonlari haqida yaxshi bilishgan, qolgan 
foydasi haqida esa deyarli hyech qanday ma’lumot yo’q. 
1.
Sassiq kovrak shilimshiq chiqaradigan, balg’am tashlatadigan ta’sirga ega, 
ko’krak qafasini tozalab, ovozni tiniqlashtiradi (agar uni suvda eritib ichsa, 


81 
xirillagan ovoz ochiladi; bundan tashqari u surunkali yo’tal va xronik ovoz 
xirillashiga qarshi yordam beradi). 
2. 
Xiltit yallig’langan murtaklarni davolashda yordam beradi. Bu uchun uni asal 
bilan aralashtirib og’iz ichkarisiga surtish kerak. Agar iste’mol sirkasi bilan xiltit 
aralashtirib, bintni unda ho’llab olib, tomoqqa bog’lab qo’yilsa, u tomoqdagi 
balg’amlarni chiqaradi. 
3. 
Zaharga qarshi dori. Kovrakni zahar ta’siriga qarshi himoya sifatida ichish 
mumkin. Shuningdek, zaharlangan o’q uchi yetkazgan ochiq jarohatlarga ham uni 
surtib zahar ta’sirini yo’q qilish mumkin. Chayon chaqqanda esa uni iliq o’simlik 
moyiga aralashtirib, chaqqan joyga surtish kerak. 
4.
Kovrak ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi, katarakta, ko’z kasalliklari va 
shishlarini davolaydi. Agar tez-tez yoshlanadigan ko’zlarga uni asal bilan 
aralashtirib surma kabi sursa, u ko’z yoshlarining tez-tez kelishi oldini oladi. Agar 
uni yemirilgan tishga qo’ysa, u og’riqni sekinlashtiradi. 
5.
U quloq og’riqlarini (quloqning shang’illashi) va surunkali qulog’i og’irlik 
(karlik)ni davolaydi. Bu uchun uni moyda qaynatib quloqqa tomizish lozim. 
6.
Kovrak artrit va bo’g’im og’riqlarini davolashda yordam beradi. U asab 
kasalliklarini davolashda samarali vosita hisoblanadi. Masalan, yuz falaji bor 
bemorlarga uni yuz terisiga surtib singdirmoq kerak, oddiy falajlik va bel 
og’riqlarida, asablar zaiflashganda ham yordam beradi. Agar uni suyuq dori 
sifatida ichsa, yoki malham dori sifatida surtsa, u ishias, son va boldirlardagi 
og’riqlarni bartaraf etadi. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish