Ббк международный научно-образовательный


Pedagogik muloqot funksiyalari



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana13.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#664502
TuriСборник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
“Образавание и наука в ХХI веке” ISSN2658-7998. 2021.

Pedagogik muloqot funksiyalari.
 
Tarbiyachining pedagogik muloqoti 
ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi:

tarbiyalanuvchilarning psixik holatini mukammal bilishi;

o‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yishi;

ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etishi;


47 

tarbiyalanuvchini erkin fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatishi;

salbiy holatlarni gurux jamoasi bilan birgalikda bartaraf etishi;

do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga o‘rgatish;

o‘zligini anglash, tarbiyalanuvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish.
Muloqot jarayonida tarbiyachi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga 
tayanib tarbiyalanuvchining psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat 
qilishi lozim. Tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, 
unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat 
tarbiyalanuvchi bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, 
tarbiyalanuvchining yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi. 
Tarbiyachi tarbiyaviy faoliyatni tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda tashkil 
etadi. Bunda guruxning faol a’zolari hamda norasmiy liderlari bilan o‘zaro 
muloqotning adolatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: tarbiyalanuvchilarni 
tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda 
tarbiyalanuvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat 
yaratib berish lozim.
Tarbiyachining muloqoti tarbiyalanuvchining o‘zligini anglash funksiyasini 
takomillashtiradi.Bunda 
tarbiyachining 
vazifasi 
muloqot 
asosida 
tarbiyalanuvchilarga o‘zining "Men"ini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil va 
erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan tarbiyachi ijodkorligining noyob 
namunasidir. Pedagog olimlar tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqotiga 
ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot avvalo, tarbiyachining 
shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun 
tarbiyachiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning 
fikricha, tarbiyachining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshiriladi:


48 
1. Prognostik etap: tarbiyachi tomonidan gurux jamoasi bilan bo‘lajak 
muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: tarbiyalanuvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv 
jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: tarbiyachining hatti harakati, pedagogik mahorati 
bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va 
kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Muloqotning har bir bosqichida tarbiyachi nimani bilishi kerak?
Modellashtirish 
bosqichida xonaning barcha andozalarga javob berishi, har bir 
tarbiyalanuvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, tarbiyaviy jarayonda 
uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va 
bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot 
tarbiyachi shaxsiga emas, balki tarbiyalanuvchi shaxsiga ham mos kelishini 
ta’minlash zarur. 
Kommunikativ aloqa 
bosqichida gurux jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb 
etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera 
olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va tarbiyalanuvchilar ongiga 
ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik jarayon 
bosqichida tarbiyachining faoliyati bevosita ta’lim- 
tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, tarbiyalanchilar tashabbusini 
qo‘llab quvvatlash, gurux jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli 
muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira 
olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi.
Natijalar tahlili
da tarbiyachi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va 
kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qo‘llashni 
bilishi lozim, ushbu etapda maqsad, reja va natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-


49 
tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan muloqotni tashkil etish va 
boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, 
shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini rejalashtiradi. Tarbiyachi tarbiya jarayonida 
o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Mashg‘ulot 
jarayonida esa tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni 
tashkilotchi va ijrochi 
rollarida 
bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni 
o‘rganadi. Tarbiyachi mashg‘ulotni rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan
mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tarbiyalanuvchilarni axborot ko‘lamiga jalb 
etishni o‘ylamasligi kerak, balki tarbiyachining yordamiga muhtoj bo‘lgan 
tarbiyalanuvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir 
tarbiyalanuvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro 
hamkorlikni ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda tarbiyachi muloqot asosida tarbiyalanuvchilar bilan 
yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda 
ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu tarbiyachi kasbiy 
faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda tarbiya muammolari tarbiyachi hamda 
tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal 
qilinadi. Bu vaziyatda tarbiyachi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda 
uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
vazifalari va vositalari hamda tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik 
muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi: 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish