Nazorat uchun savollar:
SQL tili tushunchasi?
SQL funksiyasi qanday ishlatilati?
Guruhlash funksiyalarini sanab bering?
Hisoblash funksiyalarini sanab bering?
Tartiblash funksiyalarini sanab bering?
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1.Ramez Elmasri, Shamkant B.Navathe. Fundamentals of Database Systems (7th Edition). Pearson. USA, 2015.
2.M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. Т.: "O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2013 y.
3.Holmatov T.X., N.I.Tayloqov. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta'minoti. O‘quv qo‘llanma. Т.: "Mehnat", 2000 y.
4.S.S.Qosimov Axborot texnologiyalar O‘quv qo‘llanma. T.:"Aloqachi", 2006 y.
5.M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T.:, "Noshir", 2009 у.
6.A.Sattorov. Ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi Access (Windows 9x/2006). O‘quv qo‘llanma. Т.: "Fan va texnologiya", 2006 y.
7.Фуфаев Э.В, Фуфаев Д.Э. Базы данных.Уч.пос.,Москва, "Академия", 2005 г.
2-MAVZU: SQL – TILIDA SO’ROVLAR.
REJA:
1. SQL tili.
2. SQL tili so’rovlar..
3. So’rovlar qo’llash imkoniyati
Tayanch so‘z va iboralar. SQL, SQL tili, funksiyal, structured query language, mbbt, "klient-server" oracle, interаktiv, ddl, dml, dcd, select. va h.k.
SQL tilining vazifasi
SQL tili foydalanuvchi relyatsion ma’lumotlar bazasi bilan muloqat qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi 3 ta qismdan iborat:
DDL (Data Definition Language) – ma’lumotlarni aniqlash tili. Ma’lumotlar bazasini (jadvallarini, indekslarini va x.k.) yaratish va uning sxemasini taxrirlash uchun mo‘ljallangan..
DCL (Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasi ob’ektlariga murojatini chegaralash operatorlaridan iborat.
DML (Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni qayta ishlash tili. Ma’lumotlar bazasi jadvallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun mo‘ljallangan.
Bu tillar ma’lumotlarni qism tillari yuqori darajali dasturlash tillari deyiladi, chunki ularni tarkibida barcha xisoblarni bajarish uchun zarur bo‘lganda bo‘ladigan til kostruksiyalari bo‘lmaydi (shartli o‘tish amallari, yoki sikl operatori)
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni yaratishi lozim:
strukturasini to‘la tavsiflagan xolda ma’lumotlar bazasini va jadvallarini yaratish;
ma’lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, jadvallardan ma’lumotlarni kiritish, taxrirlash, va o‘chirish;
oddiy va murakkab so‘rovlarni bajarish.
Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi til yuqoridagi amallarni bajarish uchun foydalanuvchilardan kam urinishlarini talab qilishi, hamda komandalarining sintaksisi va tuzilishi o‘zganish uchun ososn va tushunarli bo‘lishi kerak. Nixoyat bu til universal bo‘lishi kerak. Bu bir MBBT dan boshqasiga o‘tganda komandalarni bir xil strukturasi va sintaksisidan foydalanishni ta’xminlaydi. SQL tili bu talablarni barchasini qanoatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |