SELECT AVG(AMOUNT) FROM ORDERS Masalan, oraliq natijani topish lozim bo‘lsin. Bu holda guruxlanishli so‘rov yordam beradi. YA’ni SELECT operatorining GROUP BY ifodasi. Avval GROUP BY ifodasi qatnashgan quyidagi so‘rovni ko‘ramiz: Xaar bir xizmatchi uchsun buyurtma o‘rtacha narxi qancha?
SELECT REP, AVG(AMOUNT) FROM ORDERS GROUP BY REP REP maydoni bu xolda guruxlash maydonidir, ya’ni REP maydonning xamma qiymatlari guruxlarga ajratiladi va xar bir gurux uchun AVG(AMOUNT) ifodasi xisoblanadi! YA’ni quyidagilar bajariladi:
So‘rovlar xar bir xizmatchaga bittadan guruxga ajratiladi.Xar bir guruxda REP maydoni bir xil qiymatga ega.
Xar bir gurux uchun guruxga kiruvchi xamma satrlar bo‘yicha AMOUNT ustuni o‘rta qiymati xisoblanadi va bita natijaviy satr xosil qilinadi. Bu qator gurux uchun REP ustuni qiymati vash u gurux uchun so‘rov o‘rta qiymatini o‘z ichiga oladi.
SHunday qilib, GROUP BY ifodasi qo‘llanilgan so‘rov, "GURUXLANISHLI SO‘ROV " deb ataladi! SHu ifodadan keyin kelgan ustun "guruxlash ustuni " deyiladi. YAna bir necha guruxlanishli so‘rovlarni ko‘rib chiqamiz.
Xar bir ofis uchun sotuvlarning rejalashtirilgan xajmi diapazoni qancha?
SELECT REP_OFFICE, MIN(QUOTA), MAX(QUOTA) FROM SALESREPS GROUP BY REP_OFFICE YAna bir so‘rov: Xar bir ofisda qancha xizmatchi ishlaydi?
SELECT REP_OFFICE, COUNT(*) FROM SALESREPS GROUP BY REP_OFFICE YAna bir guruxlanishli qiziqarli so‘rov: Xar bir xizmatchi nechta mijozga xizmat ko‘rsatadi?
SELECT COUNT(DISTINCT CUST_NUM), 'CUSTOMERS FOR SALESREPS', CUST_REP FROM CUSTOMERS GROUP BY CUST_REP Bu erda 'CUSTOMERS FOR SALESREPS' psevdomaydonning ishlatilishiga e’tibortbering. So‘rov natijalarini bir nechta ustun bo‘yicha guruxlash mumkin. Masalan, quyidagicha: Xar bir xizmatchi uchun xar bir klient bo‘yicha buyurtmalar umumiy sonini xisoblash.
SELECT REP, CUST, SUM(AMOUNT) FROM ORDERS GROUP BY REP, CUST Lekin ikki ustun bo‘yicha guruxlashda natijalar ikki darajasiga ega guruxlar va ostki guruxlar yaratish mumkin emas. Lekin tartiblashni qo‘llash mumkin. SHu bilan birga GROUP BY ishlatilganda so‘rov natijalari avtomatik tartiblanadi. Quyidagi so‘rovni ko‘ramiz: Xar bir xizmatchi uchun xar bir klient bo‘yicha buyurtmalar umumiy sonini xisoblash; so‘rov natijalarini klientlar va xizmatchilar bo‘yicha tartiblash.