Bayonnomasi №15
O’tkazilgan joy 227-xona
O’tkazilgan sana
Qatnashdilar M.Axunboboyev
va guruh talabalari
Kun tartibi :
1.”Mirzo Boburning yurt sog’inchi” mavzusida ma’ruza.
2. Talabalarning mavzu bo’yicha fikr va mulohazalari
Guruh murabbiysi M.Axunboboyev talabalarga” Mirzo Boburning yurt sog’inchi“ haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tdi : Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi.1501—04-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur buladi. Ulug’ bobomizning sertashvish hayoti va jo’shqin faoliyati siyosiy jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining so’nggi davriga to’g’ri keldi. Ushbu davr barcha azob-uqubatlarini boshdan kechirish Bobur Mirzo chekiga tushdi, dastlab sarkarda 12 yoshida otasidan judo bo’lib taxga o’tiradi.O’sha yildan boshlab 2-3 yil hukmronligi qaratdi, davlat ishlarida intizom o’rnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bobur temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, SHayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan og’ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida maqsadiga erisha olmaydi va o’z yurtini tashlab ketishga majbur bo’ladi. O’z yurtidan yiroqda bo’lgan Mirzo Bobur ona yurt sog’inchi va qaytish istagi unga bir umr hamroh bo’lib, hozirgi Afg’oniston, Pokiston va Hindistonning tarixiy hududlarida ulkan saltanat tashkil etadi. Tarix zarvaraqlarida Hindiston davlati Boburiylar sulolasi nomi bilan yuritilgani barchalarimizga ma’lum.Yurt sog’inchi haqida Zahiriddin Muhammad Boburdek hech bir shoir yozmagan bo’lsa kerak.Chunki Vatan ishqi, yurtga qaytish istagi umrining so’nggi damlarigacha uni tark etmadi. Buyuk davlat arbobi shu armon bilan olamdan o’tgani barchamizga ma’lumdir”
Do'stlaringiz bilan baham: |