Bayonnoma yozish sxеmasi



Download 89,23 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi89,23 Kb.
#654067
Bog'liq
протокол ёзиш схемаси


Bayonnoma yozish sxеmasi



  1. Mahsulotning o’zbеkcha va lotincha nomi.

  2. Dorivor o’simlik nomining o’zbеkcha va lotincha nomi.

  3. Dorivor o’simlik oilasining o’zbеkcha va lotincha nomi.

  4. Mahsulotning tashqi ko’rinishi.

  5. Mahsulotning mikroskopik tuzilishi (asosiy anatomik-diagnostik bеlgilari ko’rsatiladi).

  6. Kimyoviy tarkibi.

  7. Ishlatilishi va dorivor preparatlari.

  8. Xulosa. Mahsulot o’zining tashqi ko’rinishi va mikroskopik tuzilishi bo’yicha (mahsulotning o’zbеkcha va lotincha nomi) nomiga javob bеradi.



Bayonnoma yozish uchun namuna


Vazifa: Dorivor o’simlik mahsuloti - qalampir yalpiz barglari chinligini XI DFning 2-qismidagi 18-maqolasi bo’yicha aniqlang.
Qalampir yalpiz bargi - Folia Menthae piperitae


O’simlikning nomi. Qalampir yalpiz - Mentha piperita L.
Oilasi. Yasnotkadoshlar - Lamiaceae
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot cho’ziq tuxumsi­mon yoki lantsetsimon, qisqa bandli, o’tkir uchli, arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo’lib, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo’g’on tomirdan burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq hosil qiladi. Mahsulotning o’tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq vaqtgacha muzdek qilib turadi.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qayna­tib va suvda yuvilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida xloralgidrat eritmasida ko’riladi.

Qalampir yalpiz bargining tashqi tuzilishi.
A – bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – efir moyli bezlar; 2 – ustitsa; 3 – boshchali tuk; 4 – qat-qat joylashgan kutikula; 5 – oddiy tuk.
Kimyoviy tarkibi. O’simlik bargida 2,5 % gacha efir moyi bo’ladi. XI DF ga ko’ra barg tarkibida 1 % dan kam efir moyi bo’lmasligi kerak. Efir moyini asosiy tarkibini mentol tashkil qiladi. Undan tashqari efir moyi tarkibida menton, limonen va boshqa terpenlar bo’ladi. qalampir yalpiz tarkibida efir moyidan tashqari karotin, gesperidin, betain, ursol va oleanol kislotalar bor.
Efir moyi tarkibida mentolning umumiy miqdori 50 % dan kam bo’lmasligi kerak.



Ishlatilishi. Qalampir yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko’ngil aynishiga, qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish protsessini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og’iz chayqash va miksturalar ta’mini yaxshilash uchun qo’llaniladi.
Mentoldan bosh og’rig’ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi, ingafen tarkibiga kiradi hamda burun, quloq, nafas yo’llari kasalliklari­da hamda tish og’rig’ini qoldirish uchun ishlatiladi, hamda ko’krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladigan validol tarkibiga kiradi.
Efir moyi va mentol oziq-ovqat hamda parfyumeriya sanoatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama (bargidan), efir moyidan yalpiz suvi, nastoyka tayyorlanadi.
Efir moyi korvalol, valokardin, milokordin, tish pastasi va poroshogi tarkibiga. kiradi.
Qalampir yalpiz bargi tinchlantiruvchi, o’t xaydovchi, me’da kasalliklarida ishlatiladigan yig’ma-choylar tarkibiga kiradi.
Xulosa. Mahsulot o’zining tashqi ko’rinishi va mikroskopik tuzilishi bo’yicha qalampir yalpiz barglari – Folia Menthae piperitae nomiga javob bеradi.
Download 89,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish