Imlo: d -t, p - b undoshlarining imlosi takrorlanadi; kishilarga,
shaharlarga qo'yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Alisher Navoiy qachon, qayerda tavallud topdi? G'iyosiddin
Muhammad kirn? U nimaga katta e’tibor berdi? Alisher yoshligida nima
bilan shug'ullandi? O'quvchilar ona tili darsida grammatik tahlil (sonlarni
aniqlashda) qilish uchun matnning birinchi, ikkinchi qismini daftarlariga
yozadilar.
Bayon darsida matn o'quvchilarga to'liq o'qib eshittiriladi. Endi
o'quvchilar daftardagi parchaga nom beradilar. Shundan so'ng
o'qituvchi matnni ikkinchi marta o'qiydi. O'quvchilar esa rejani
davom ettirib oxiriga yetkazadilar.
Reja:
1. Katta e’tibor.
2. Alisher yetti-sakkiz yoshda.
3. Obodonchilik ishlari.
4. Fidoyilik ibratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |