Baxtiyor mengliyev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/258
Sana17.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#381064
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258
Bog'liq
Baxtiyor mengliyev

Sintagmatik  munosabat
.  Yana  yuqoridagi  qulf  va  kalitlar 
haqidagi  misolga  qaytamiz.  Kalitlararo  munosabat  paradigmatik 
munosabatga  qiyoslangan  edi.  Qulf  va  kalit  orasidagi  munosabat 
sintagmatik  munosabatga  o‘xshaydi. 
Kitob...  berdi 
gapi  tarkibiga 
kirgan  tushum  kelishigi  shakli 
kitob
  so‘zi  bilan  sintagmatik 
munosabat asosida sintaktik aloqaga kirishgan. 
Til 
birliklarining 
chiziqsimon, 
ketma-ketlik 
aloqasi 
sintagmatik  munosabat 
deyiladi.  Aslida  sintagmatik  munosabat 
ham  lisonda  imkoniyat  sifatida  yashaydi.  Masalan,  [
kitob

leksemasining qanday  so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga 
birika  olish  (valentlik)  imkoniyati  uning  lisoniy  mohiyatida 
mavjud.  
Sintagmatik  munosabatni  sintaktik  aloqadan  farqlash  lozim. 
Sintagmatik  munosabat  lisoniy  birlikning  valentlik  (birikish, 
biriktirish)  imkoniyati  bo‘lsa,  sintaktik  aloqa  bu  imkoniyatning 
nutqiy  voqelanishi.  Gap  tarkibidagi  bo‘laklarning  nutqiy  hokim-
tobelik  aloqasi  leksemalarning  lisoniy  sintagmatik  munosabati 
asosida  sintaktik  aloqa  sifatida  shakllanadi.  Masalan, 
o‘qimoq
 
leksemasi 
kitob
  leksemasi  bilan  birikish  imkoniyatiga  ega.  Bu 
62


imkoniyat 
kitobni  o‘qimoq,  o‘qilgan  kitob,  Kitob  o‘qildi
  nutqiy 
hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan. 
Demak,  sintagmatik  munоsabat  va  sintaktik  aloqani  butunlay 
boshqa-boshqa  hodisalar  deb  ham,  shuningdek,  bir-biriga  aynan 
tenglashtirish,  bir-birini  qoplovchi  tushuncha  sifatida  qarash  ham 
mumkin  emas.  Sintagmatik  munosabat  va  sintaktik  aloqa  butun-
bo‘lak  munosabatida.  Boshqacha  aytganda,  sintaktik  aloqa  – 
sintagmatik munosabatning bir ko‘rinishi. 
Demak, 
lisoniy 
birliklarning 
shartli 
vertikal 
aloqasi 
paradigmatik  munosabat  bo‘lsa,  gorizantal  aloqasi 
sintagmatik
 
munosabat deyiladi.
 
 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish