16-§. Leksemaning semantik ko‘lami
Tayanch tushunchalar
sema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, birlashtiruvchi
belgi, farqlovchi belgi, relevant belgi, irrelevant belgi
O‘zlashtiriladigan tushunchalar
Hosila
semema,
metafora,
sinekdoxa,
metonimiya,
vazifadoshlik
Bir sememali va ko‘p sememali leksemalar.
Formal
tilshunoslik bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zni farqlaganligi kabi
nazariy leksikologiyada bir sememali va ko‘p sememali leksema
ajratiladi. Bunda formal tilshunoslik, terminologik jihatdan izchil
bo‘lmasa-da, so‘zning lison va nutqdagi o‘rniga rioya qiladi.
Nazariy leksikologiya nuqtayi nazaridan nutqda qo‘llangan so‘z
har doim bir ma’noli. Chunki so‘z leksemaning bir martalik
ko‘rinishi bo‘lib, u leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga
ega.
Leksema bir tushunchani ifodalasa, u bir sememali leksema
deyiladi. Masalan,
qalam
leksemasi bir tushunchani ifodalaydi va
shu sababli bir sememali leksema hisoblanadi. Bunda ularning
omonimik munosabati e’tiborga olinmaydi. Ammo leksema nutqda
ko‘chma
ma’noda
qo‘llanishda
har
xil
tushunchalarni
ifodalayverishi mumkin. Lekin ma’no va tushuncha orasidagi
munosabat ijtimoiy shartlanganlik va barqarorlik kasb etmasa,
leksemaning ko‘p sememaliligi haqida hukm chiqarib bo‘lmaydi.
Masalan,
Qashqirlar tog‘-toshlar aro izg‘ishardi
gapidagi
qashqir
so‘zi jangari to‘dani tashkil etgan kishilarni ifodalamoqda. Ushbu
qo‘llanishda
qashqir
so‘zi “tog‘da yashovchi o‘ta yirtqich bo‘ri”
153
ma’nosini emas, balki “tog‘da uya qurgan yirtqich kishilar”
ma’nosini ifodalamoqda va leksema ongimizda ushbu ma’no bilan
emas, balki oldingisi bilan yashaydi. Demak, bu ma’no nutqiy
bo‘lib, tushuncha bilan vaqtinchalik bog‘lanishga ega.
Jamiyat taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no vaqtincha
ifodalagan tushunchasi bilan doimiy aloqadorlik kasb etib, bora-
bora ijtimoiylashib, qo‘llanishi barqaror tus olib boradi va hosila
nutqiy ma’no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema birdan
ortiq sememali leksemaga aylanib boradi.
Leksema ko‘p sememali bo‘lsa, har bir sememada boshqa-
boshqa tushuncha aks etgan sememalarda farqli semalar mavjud,
har bir sememaning nutqiy voqelanishidagi qurshovi o‘ziga xos,
har bir sememasi asosida bog‘lanuvchi birliklar paradigmasi
turlicha bo‘ladi. Quyida bir leksemaning lisoniy mohiyati –
sememalari tiklanishiga diqqat qilamiz.
Bosh
leksemasi birdan ortiq paradigmatik va sintaktik
qurshovda kelish imkoniyatiga ega. Birinchi qurshovda leksema
ega, to‘ldiruvchi kabi vazifalarda keladi va harakat, holat kabilarni
ifodalovchi otlar bilan birikib, ot + fe’l qurshovi hosilasi sifatida
namoyon bo‘ladi: 1.
Boshim lo‘qillab og‘riyapti. 2. Kirganimda
boshini changallab o‘tirar edi.
Bunda leksemaning
“
tananing
bo‘yindan yuqori qismi” sememasi voqelangan. Shuningdek,
leksema, ushbu ma’nosi bilan
qo‘l, oyoq
leksemalari bilan
birgalikda
tana
leksemasi sistemasi tarkibiga kiruvchi unsur
hisoblanadi.
Ayni paytda
kalla
leksemasi bilan sinonimik qator
hosil qiladi.
Bosh
leksemasining ushbu ushbu sememasi asosida
es, aql,
hush
leksemalari bilan sinonimik munosabat,
ruh, jon
leksemalari
bilan paradigma hosil qiladi.
Boshi kompyuter, boshi ishlaydi
kabi
sintaktik birikuvlar hosil qiladi.
Demak, leksemaning birinchi sememasi “Tananing bo‘yindan
yuqori qismi”, 2-sememasi “odam miyasining xususiyati”
mazmuniga ega.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, leksemaning sememamalir miqdori
uning paradigmatik, ma’nodoshlik va sintagmatik munosabatlari
asosida aniqlanadi. Leksemalarning semantik ko‘lamini bilish
154
izohli lug‘atlarni tuzishda juda zarur. Mavjud izohli lug‘atlardagi
so‘zlar ma’nolarining behad ko‘pligi (ba’zan 30 tagacha
ma’nolarning ajratilishi) lug‘atlar tuzilayotgan paytlarda o‘zbek
semasiologiyasi hali o‘zining leksema sememalarini izchil ajratish
darajasida
rivojlanmasligi
bilan
bog‘liq
edi.
O‘zbek
tilshunosligining bugungi taraqqiyot darajasi mutlaqo yangi
tipdagi, zamonaviy izohli lug‘atlarni tuzishni taqozo etmoqda.
Har qanday leksema, xoh u bir sememali, xoh ko‘p sememali
bo‘lsin, nutqda ko‘p ma’noli bo‘ladi. So‘z esa nutqda hamisha bir
ma’noli.
Do'stlaringiz bilan baham: |