Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib aytadigan bo`lsak, turli
sabablarga ko`ra taqdimot qilishning imkoni bo`lmaganda, shaxs tushkunlikka
tushmasligi, vaziyatga kreativ yondashishi lozim. Taqdimot esa auditoriyadagilarda
yaxshi taassurot qoldirish vositasi bo`lib, shaxsiy ko`nikmalari rivojlangan,
intiluvchan, har qanday vaziyatga kreativ baho beruvchi insontaqdimot
namoyishisiz ham atrofdagilarga o`z fikrini tushuntirish usulini topadi.
8-nazari savol.
Sizning hozirgi xatti-harakatlaringiz va odatlaringiz maqsadga erishishga
yordam yoki halaqit berishi mumkin. Shunga ko’ra, ular imkoniyatlar va tahdidlarga
bo’linadi.
Savol: Insonga imkoniyatlari va tahdidlarni aniqlashda yordam beradigan
strategik rejalashtirish usuli bormi, bo’lsa, shu usul haqida ma’lumot bering.
Inson hayotga kelibdiki o’z oldiga ma’lum bir maqsadlarni qo’yib, o’sha
maqsadlarga erishish uchun harakat qiladi. O’z karerasini shakllantirish uchun uzoq
muddatli rejalar tuzadi va ularni amalga oshirish uchun mushohada yuritadi.
Maqsadga erishish uchun bo’lgan harakatlar mobaynida o’zining ustun va
kamchiliklarini hisobga oladi. Ammo, shuni ham etibordan chetda qoldirmaslik
kerakki, insonlarning kundalik turmush tarzi, xatti-harakatlari va odatlari ularning
maqsadga erishish yo’lida yordam berishi yoki halaqit qilishi mumkin. Bundan
kelib chiqib har bir shaxs o’z imkoniyatlari va tahdidlarini aniqlashga yordam
beradigan strategik rejalashtirish usulini tuzib olish kerak. Aynan, insonning kuchli
va zaif tomonlarini ochib beradigan hamda imkoniyat va tahdidlarini aniqlaydigan
tahlil usullaridan biri bu SWOT dir. Bu tahlil orqali har shaxs o’zining kuchli
tomonlarini bilib qo’lidan nimalar kelishiga qaysi sohalarda boshqalardan ajralib
turishiga urg’u berishi mumkin. Zaif tomonlarni bilish esa qaysi jihatlarni
rivojlantirish ustida ishlash zarurligini va qay jabhalarda yordamga muhtoj
ekanligini anglashga ko’maklashadi. Kuchli tomonlar va imkoniyatlar birgalikda
uzoq muddatli istiqbolli karyerani aniqlashtirishga yordam beradi. Mavjud zaif
tomonlar esa sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ehtimolli xatarlar - maqsadga erishish
yo’lida aynan ular ustida ishlanilishi shart bo’lgan jihatlarni o’zida aks ettiradi.
SWOT so’zito’rtso’zningqisqartmasidaniboratbo’lib, bular:
Strengths – kuchlitomonlar;
Weaknesses – zaiftomonlar;
Opportunities – imkoniyatlar;
Threats – xavflar.
Strengths, ya’ni, kuchli tomonlarda shaxsning boshqalardan ajralib
turadigan sifatlari aniqlanadi. Kuchli tomonlar haqida o’ylanilganda professional
ko’nikmalar bilan cheklanib qolmasdan, shaxsning butun bir tajribasi tahlil qilinishi
kerak.
Weaknesses, ya’ni, zaiftomonlarda rivojlantirilishi zarur bo’lgan jihatlar
tahlil qilinadi. Zaif jihatlarni bilish va tafakkur qilish orqali ularning ,iqdorini
kamaytirish yoki boshqarish mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad zaif tomonlarni
anglab ularni samarali boshqarishdan iboratdir. Shuni ham aytib o’tish kerakki,
kishi o’ziga nisbatab o’ta darajada tanqidiy qarashi ham maqsadga muvofiq emas.
Opportunities, ya’ni, imkoniyatlarda kishi o’zining kuchli va zaif tomonlari
yuzasidan mulohoza yuritganidan so’ng, o’zi uchun mavjud bo’lgan yoki boladigan
imkoniyatlarni ham hisobga olishi darkor.
Threats, ya’ni, xavflar vanihoyat har bir shaxs muvaffaqiyatlarini yakson
qiladigan narsalar haqida ham fikr yuritishi lozim. Garchi, xatarlarni boshqarib
bo’lmasada, ularni rejalashtirish va zararni kamaytirish mumkin. Shuning uchun
iloji boricha ko’proq xatolarni aniqlash lozim. Negaki, xatarlar to’g’risida qancha
ko’p bilinsa, ulardan keladigan zarar shunchaga kamtirish imkoni tug’iladi. To’g’ri,
xatarlar haqida o’ylash kishini behalovat qilishi yoki stressga olib kelishi ham
mumkin. Lekin agar ularni oldindan ko’rib chiqilmasda, kishi qarshisida
muammolar paydo bo’lganda esankirab qolishi tayin. Shuni yodimizda tutishimiz
kerakki, xatarlarni boshqarish va ularga tayyor bo’lish ehtimolli zararni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |