rivojlanganligi, kreativligiga na`muna bo`lib, tasirchan taqdimot tayyorlash kuchli
mahorat talab qiladi. Taqdimot tayyorlash uchun nafaqat zamonaviy texnoligiyalarni
mukammal bilish, balki uni taqdim qilishda notiqlik mahorati, tana harakatlaridan
ustalik bilan foydalanish, nutq vaziyatidan kelib chiqqan holda yuz isfodasiga
e`tibor qilish kabi jihatlar inobatga olinishi kerak. Ana shunda taqdimot mukammal
taqdimotlari, Andrey Abelovning “Ekstrim taqdimot” usuli shular jimlasidandir.
Stiv Jobs o`z taqdimotlarida noodatiy rasmlardan foydalangan va ko`p
hollarda taqdimotda eng asosiy fikrlar ko`rsatilgan bo`lib, Stiv Jobs taqdimotni
namoyish qilishda notiqlik san`atiga hamda audtoriyadagilarga shaxsiy motivatsiya
berishga qaratgan.
“Ekstrim taqdimot” usulida esa taqdimot bir necha bosqichda tayyorlanishi
ko`rsatilgan bo`lib, taqdimotni yaratishdan oldin quyidagi savollarga javob toppish
vazifasi qo`yilgan:
Auditoriyaning eng muhim tinglovchilari kim?
Taqdimotdan ko`zlangan maqsad nima?
Taqdimot qaysi muammoni yechishga qaratilgan?
Muammoni yechimi qaysi dalillarga asoslanadi?
Fikrni tasvirlashda qaysi latifalardan foydalansa bo`ladi?
Dalillar qanday ketma-ketlikda ta`dim etiladi?
Qaysi diagramma turlari ma`lumotlarni optimal darajada yetkazib bera
oladi?
Slayd yaratishda qaysi shablonlardan foydalanish lozim?
Har bir manfaatdorning qizidishini qamrab olish uchun nima qilish
kerak?
Tayyor bo`lgan taqdimotning muvaffaqiyatlari nimalarda bo`ladi?
Yuqoridagi savollarga javob toppish uchun esa tasavvur qilish qobiliyatidan
foydalanish, auditoriyadagi muhitni tasavvur qila olish kerak, deb o`ylaymiz.
Shuningdek, taqdimotni tayyorlash mobaynida taqdimotni zerikali bo`lib qolmasligi
uchun interaktiv usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ya`ni, mavzuga
oid hangomalardan, hikoyalardan foydalanish, hayotiy misollar keltirish va
boshqalar.
Bundan tashqari, ta`sirchan taqdimot namoyish qilish uchun ta`qdimot
nutqini imkoniyat darajasida yod olish va oyna oldida o`zini auditoriyada deb
tasavvur qilgan holda nutqini o`qishi ham foydali bo`ladi. Bu mashqlar auditoriyada
hayajonlanmaslikka, chiroyli nutq qilishga va taqdimotni maromida namoyish
qilishga yordam beradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ta`sirchan taqdimot
tayyorlash shaxsdan yuksak mahorat talab qilib, ushbu ko`nikmani shakllantirish
orqali nutq madaniyati, kerativlik, optimistlik ko`nikmalari rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: