Baxorda daraxtlarni uyg’onishi hayvonlar va hashoratlar haqida suxbat o’tkazish va tabiat qo’ynida turli xildagi o’yinlarni tashkil eshitishni mazmunini yoritib berish



Download 20,4 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi20,4 Kb.
#730443
Bog'liq
Baxorda daraxtlarni uyg’onishi hayvonlar va hashoratlar haqida suxbat o’tkazish va tabiat qo’ynida turli xildagi o’yinlarni tashkil eshitishni mazmunini yoritib berish


Baxorda daraxtlarni uyg’onishi hayvonlar va hashoratlar haqida suxbat o’tkazish va tabiat qo’ynida turli xildagi o’yinlarni tashkil eshitishni mazmunini yoritib berish

Reja:


  1. Baxorda daraxtlarni uyg’onishi

  2. Hayvonlar va hashoratlar haqida suxbat

  3. Tabiat qo’ynida turli xildagi o’yinlar


Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri / З. Р. Топволдиева. Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning foydali taraflari qisqacha bayon etilgan. Shuningdek, o‘yinning psixologik ta’sirini yoritish orqali ilmiy asosda tushunchaga ega bo‘lish imkoniyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: o‘yin, tabiat, ruhiyat, faoliyat, muomala, o‘yinchoq, estetika, ijodiy o‘yinlar O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. O‘yin nafaqat kattalar balki bolalar hayotida ham alohida o‘rin tutadi. Uni “bolalikning hamrohi” deb atash qabul qilingan. O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotining mazmunini tashkil etadi. O‘yin mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada olib boriladigan jarayondir. O‘yinda shaxsda mavjud jihatlar ishga tushadi, ya’ni bola gapiradi, sakraydi, harakat qiladi, idrok etadi, diqqatini jamlaydi, o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdagi amaliy metodda o‘yin asosiy rol o‘ynaydi. Tabiatning oddiy voqea — hodisasi va narsa (predmet) lari haqida bolalarning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma — xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. N. M. Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z — o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit talab etiladi: − taassurotlar tarkib topishi; − har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; − bolalarning kattalar bilan tez — tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalanish mumkin. Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalar bilimini umumlashtirish hamda sistemaga solishga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, bolalarni mavjud bilimlardan yangi sharoitlarda foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni aktivlashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi, Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol — bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Predmetli o‘yinlar barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib xaltacha», «Mevalar va ildiz», «Butoqdagi kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlarda bolalar aktiv muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyati hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanadi va boyitiladi. Predmetli o‘yinlarni bolalarning barcha yoshdagi gruppalari bilan ham, shuningdek yoshini hisobga olgan holda, bir oz murakkablashtirib individual holda ham o‘tkazish mumkin. Stol — bosma o‘yinlari — «Zoologiya lotosi», «Botanika lotosi», «Yilning to‘rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», juft rasmlar va shu kabilardir. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini sistemalashtirish, aytilayotgan so‘zga ko‘ra predmetning obrazini tiklash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi. Og‘zaki o‘yinlar («Nima uchadi, yuguradi, sakraydi», Suvda, havoda, yerda» «Kerak — kerak emas» va shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilmasligi tufayli juda maqbuldir. Ular u yoki bu predmetning funkstiyalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish maqsadida o‘ynaladi. Bu o‘yinlar diqqatni, zehnlilikni, reakstiya tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi. Uni kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik harakteridagi harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalari aks ettiriladi. Bular «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushuk va sichqonlar» va shu kabi o‘yinlardir. Bolalar bu o‘yinlarda harakatlarga, tovushlarga taqlid qilib, bilimlarni chuqurroq egallaydilar; o‘yindan zavqlanish bolalardagi tabiatga bo‘lgan qizishni chuqurlashtiradi. Ijodiy o‘yinlar. Uyinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar, kattalarning tabiatdagi mehnati (parrandachilik fabrikasi, qoramolchilik fermasi, teplista va shu kabilardagi ishlar) haqidagi bilimni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi, ular kattalarning tabiatdagi mehnatining ahamiyatini anglab oladilar. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish zarur: o‘yinchoqlar nabori — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar kiritiladi. Ijodiy o‘yin turlaridan biri tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan qurilish o‘yinlaridir. Bunda bolalar ijod qilar ekan,. materiallarning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his — tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarning xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrof — muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o‘yinchoqlardan shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Shu tarzda rolli o‘yinlar o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bola obrazlarni sezishi, o‘yin mazmunini tushunishga harakat qilishi talab etiladi. Xulosa qilib aytganda, O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning bolaning xulq — atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni rivojlantiradi. Adabiyot: Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N. M., A’zamova M. N. Maktabgacha pedagogika. “Tafakkur”nashriyoti.2019. Mirzayev T.,G‘afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2001. Djanpeisova G. E., Rasulxo‘jayeva M. A., Qosimova D., Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. Toshkent 2019. Hasanboyeva O., Jabborova X., Nodirova Z., Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. “Cho‘lpon” NMIU 2016. Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti. 2006. Зокирова С. М. (2014). Вопрос слововой комбинации в языках различных структур на примерах узбекского и таджикского языков // Путь науки , 135

Пожалуйста, не забудьте правильно оформить цитату:
Топволдиева, З. Р. Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri / З. Р. Топволдиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 27 (317). — С. 388-390. — URL: https://moluch.ru/archive/317/72397/ (дата обращения: 22.12.2021). uyuk Britaniyada BBC telekanali hasharotlarga bag‘ishlangan, Life in the undergrowth («Butalardagi hayot») deb nomlangan yangi ilmiy ommabop serialni namoyish qilishni boshladi. Eng zamonaviy telekameralar yordamida mualliflar shu paytgacha inson nigohi ilg‘ay olmagan sahnalarni suratga olishga muvaffaq bo‘lishganki, ularni tomosha qilar ekan, kishi o‘zini boshqa olamga tushib qolgandek his qiladi.Yangi hujjatli serial haqida xabar berar ekan, Britaniyaning The Mirror gazetasi hasharotlar hayotidan 25 ajabtovur faktni e’lon qildi: 
1. Hasharotlar – bundan 400 mln. yil ilgari Yerda paydo bo‘lgan ilk jonli mavjudotlardir. O‘shandan buyon ular beshta ommaviy halokatlarni boshdan kechirishdi va tiranozavrlardan ko‘ra yashovchanroq ekanliklari ma’lum bo‘ldi. 
2. Hozir dunyoda asalarilarning 20 mingga yaqin turi mavjud. 500 gramm asal yig‘ish uchun bitta ari uyasidan gulgacha 10 mln. marta uchib borishiga to‘g‘ri keladi. 
3. Urg‘ochi suvarak bir yil davomida 2 milliondan ziyod tuxum qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari suvarak to‘qqiz kun boshsiz yashay oladi. 
4. Bir yil davomida o‘rgimchaklar iste’mol qiladigan barcha hasharotlarning og‘irligi yer yuzida yashovchi barcha insonlar vaznidan og‘ir bo‘ladi. 
5. O‘rgimchaklarning 35 mingga yaqin turi ma’lum va hamma vaqt yangi-yangi turlari kashf qilinayapti. 
6. Qor chayonlarining qonida antifriz mavjud, shuning uchun ular tselsiy bo‘yicha minus 6 gradus haroratda ham yashay oladilar. Biroq bunday chayonni qo‘lga olsangiz o‘lib qoladi. 
7. Urg‘ochi uxovyortkada ikkita penis bo‘lib, har birining uzunligi uning o‘zining bo‘yidan ortiqroq. Bu organlar juda mo‘rt bo‘lib, tez sinadi. Shuning uchun hasharotlar zahira organlar bilan tug‘iladilar. 
8. Chumolilar hech qachon uxlamaydi. Yer yuzida qancha turda qush bo‘lsa (9000), chumolilarning ham deyarli shuncha (8800) turi mavjud. 
9. Kapalaklar ta’mni orqa qismi yordamida sezadi. Qanotlarining rangi nurni akslantiruvchi pardalar yordamida hosil bo‘ladi. 
10. Aborigenlar g‘o‘la lichinkalarini qaynoq suvga bulab «vitchetti» tayyorlaydilar. Shu tariqa ularning ta’mi quymoqnikiga o‘xshab qoladi. 
11. Asalarilarning beshta ko‘zi mavjud. Uchtasi boshning yuqori qismida, ikkitasi esa oldinda bo‘ladi. Asalari qanotlarini bir daqiqada 11.400 marta qoqadiki, bu o‘ziga xos g‘o‘ng‘illashga o‘xshab eshitiladi. 
12. Hozir qo‘ng‘izlarning 400 mingga yaqin turi ma’lum. Eng yirik titan qo‘ng‘izning bo‘yi 17 sm.ga yetishi mumkin. 
13. Ninachi eng tez uchuvchi hasharot hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi. 
14. «Vitchetti» lichinkalarini tiriklay iste’mol qilgan yaxshi. Katta yoshli kishi o‘nta yirik lichinkaga to‘yadi. 
15. Hasharotlar oqsil, uglevodlar, vitamin va minerallarga boy taom hisoblanadi. Tailandda ular delikates taom sanaladi, u yerda qovurilgan qora chigirtka va chigirtkalarga talab katta. 
16. Amarobia o‘rgimchaklarining bolalari tug‘ilganlaridan so‘ng o‘z onalarini yeyishadi. Ba’zi urg‘ochi o‘rgimchaklar juftlashish jarayonidayoq erkak o‘rgimchaklarni yeyishni boshlashadi. Shu tariqa marhum ota o‘z avlodi uchun oziq hisoblanadi. 
17. Qora chigirtkalarning quloqlari oldingi oyoqlarida joylashgan. Bundan tashqari ularga qarab haroratni bilish mumkin: buning uchun bir daqiqada necha marta chirillashini aniqlash, uni ikkiga bo‘lish, so‘ng chiqqan songa to‘qqizni qo‘shish va natijani ikkiga bo‘lish kerak. Hosil bo‘lgan son haroratni tselsiy graduslarida ko‘rsatadi. 
18. Barcha hasharotlarning taxminan uchdan bir qismi yirtqich hisoblanadi va ularning aksariyati o‘limtik va qoldiq ovqatni yemay, o‘zi ov qiladi. 
19. Beshiktebratar o‘z tanasining uzunligidan 40 baravar uzoqroqqa sakrashi mumkin, burgalar esa 130 barobar. 
20. Sayyoramizning inson o‘zlashtirgan har bir kvadrat milida 26 mlrd.dan ziyod hasharot yashaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yana fanga noma’lum hasharotlarning 5-10 mln.ta turi mavjud.
Download 20,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish