(foizlarda)
Transport vositalari
|
Sug'urta summalarining qabul qilingan hajmidan sug'urta mukofotlari tariflari (qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravari
miqdori)
|
|
Yuridik shaxslar
|
Jismoniy shaxslar
|
Yengil avtomobillar, avtobuslar
|
1,5
|
1
|
Yuk avtomobillari
|
2
|
1,5
|
Trolleybuslar, tramvaylar
|
1
|
-
|
Traktorlar, kombaynlar va boshqa o'zi yurar mashina va mexanizmlar
|
1
|
1
|
Maxsus yengil avtomobillar va
|
1
|
1
|
mikroavtobuslar
|
|
|
Mototransport
|
0,5
|
0,5
|
Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgar
|
igini sug'urtalashning o'ziga
|
xususiyatlari mavjud. Bunda sug'urta tashkiloti va sug'urtalovchidan tashqari uchinchi shaxs ham ishtirok etadi.
Ammo fuqarolik javobgarligi sug'urtasi bo'yicha shartnoma sug'urtalovchi va sug'urtalanuvchi (transport vositasi haydovchisi) o'rtasida tuziladi. Uchinchi shaxs esa shartnomada ishtirok etmaydi, ammo sharnoma uning foydasiga tuziladi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki avtotransport haydovchilariga nisbatan sud orqali belgilangan jabrlanuvchiga to'lanishi lozim bo'lgan zarar miqdori haydovchining bir yillik ish haqining yarmidan ko'pini tashkil etadi.
2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo'lishining qo'shimcha shartlari to'g'risida" 2000 yil 12 yanvar 11-sonli qaroriga binoan, Qozog'iston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o'ziyurar mashina va mexanizmlarining O'zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga tegishli litsenziyaga ega bo'lgan sug'urta tashkilotlarining haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sug'urtalanganligi to'g'risidagi polisi mavjud bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi. Davlat bojxona qo'mitasi O'zbekiston Respublikasining sug'urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa o'ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug'urtasini amalga oshiradi. Bu javobgarlik sug'urta turini joriy etishga asosiy sabab shuki, chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda qo'yidagi chora-tadbirlar joriy qilingan: Qozog'iston Respublikasida - tashuvchining yo'lovchi oldidagi fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sug'urta yig'imlari qo'llanilayotganligi; Turkmanistonda - Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan yig'imlarga teng bo'lmagan yig'imlar belgilangan.
Shuni e'tiborga olgan holda 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalaridan kirib keladigan transport vositalari uchun avtofuqarolik javobgarligining majburiy sug'urtasi joriy etildi. Quyida ana chegaradosh mamlakatlar hududidan kirib kelgan transport vositalari haydovchilardan undiriladigan sug'urta mukofotlari miqdori keltirilgan (2-jadval).
Sug'urta summasi miqdori Qozog'iston Respublikasi avtotransporti uchun:
mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun - 400 AQSh dollari;
o'lim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun - 600 AQSh dollari.
2-jadval
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash shartnomalari bo'yicha bir oygacha muddatga O'zbekiston Respublikasi hududiga kiradigan bitta avtotransport vositasidan undiriladigan sug'urta
tarif stavkalari16
(foizlarda)
Do'stlaringiz bilan baham: |