1. Nisanu 30. 7. Tashritu 30.
2. Ayru 29. 8. Araxsamna 29.
3. Sivanu 30. 9. Kislivu 30.
4. Duuzu 29. 10. Tebetu 29.
5. Abu 30. 11. Shabatu 30.
6. Ululu 29. 12. Addaru 29.
Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog'liq edi. «Nisanu» - harakat qilmoq,
qadam tashlamoq, «Ayru» - yorqin, yorug', «Abu» - adovat, «Tashritu» - boshlanish, «Tebetu» -
loyqa, «Shabatu» - vayronagarchilik (yomg'ir natijasida), «Addaru» - bulutli degan ma'nolarni
bildirgan. Bobilliklar kalendardagi «baxtli» va «baxtsiz» kun tushunchasiga katta e'tibor
berishgan. Ularda dastlab besh, so'ngra yetti kunlik haftalar bo'lgan. Besh kunlik hafta
«xamushtu» deb atalgan.
Bobilliklar yarim kechasini kunning boshlanishi hisoblaganlar. Shuning uchun Quyosh
botgandan so'ng yangi Oy ko'rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Musulmon va
yahudiylarning ham kalendarlarida shu tamoilga amal qilingan.
Bobilda Xammurapi hukmronligi davrida Oy kalendaridan oy-quyosh kalendariga o'tildi.
Ular aniq hisob-kitoblarsiz qo'shimcha oylarni joriy qildi
30
. Ular ikkinchi ululu oyini qo'shadi.
Bobilda bu usul eramizdan avvalgi VI asrgacha qo'llanilgan. Bobilda eramizdan avvalgi VI asrga
kelib Kleostat siklidan «oktaeterida»dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi,
beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Eramizdan avvalgi IV asrga kelib
Kleostat siklining o'rnini Meton sikli egallaydi. Unda har 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19-
yillar) embolistik oy joriy qilinadi. Bobilda Oy-quyosh yili 22-mart-20-aprel oralig'ida
boshlangan. Mazkur Bobil kalendari keng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi XII asrda Ossuriya,
keyinroq, Ahamoniylar, Salavkiylar, Parfiyaliklar qabul qilganlar.
Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan. Oy jismlari harakatini kuzatish
maqsadida minoralar (zikkuratlar) bunyod etildi. Eramizdan avvalgi 700-yillarda Bobilda
astronomiya fanidan «Mulapin» deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar
eradan foydalanalmagan. Voqealar podsholarning hukmronligi davriga qarab hisoblangani bois
noqulayliklar tug'dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar
erasini (er.avv. 747-743 yillarda hukmronlik qilgan) aytishimiz mumkin. Nabonassar
ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu
Yulian kalendari bo'yicha er.avv. 747-уil 26-fevralga to'g'ri keladi). Nabonassar erasi bir qator
davlatlarda qo'llanilib kelingan
30
Xammurapi farmonlaridan birida «Kalendar yilimiz orqada qolib ketmoqda. Shuning uchun
keyingi oy ham eluli (ikkinchi ululi) oyi hisoblansin. Tishritu oyi bir oy keyinga surilsin», - deb
buyruq beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |